SABAB ERGASH GAPLI QOSHMA GAP
reja:
1. Sabab ergash gapli qoshma gapning ta'rifi.
2. Sabab ergash gapni bosh gapga boglovchi vositalar va gap
komponentlarining orinlashish tartibi.
3. Ergash gapli qoshma gapga doir tahlil namunasi.
Bosh gapdagi voqea-hodisa yoki harakatning yuzaga kelish sabab-larini anglatadigan ergash gap sabab ergash gap deyiladi. Masalan, Ob-havo noqulay kelganligi uchun, chigit ekish kechikdi gapidagi ergash gap (birinchi komponent) bosh gapdagi voqelikning yuz berish sababini anglatgan.
Sabab ergash gapni, kesimi shaklan bosh gapga nisbatan tobe yoki mustaqilligi nuqtai nazaridan, ikkiga ajratish mumkin: a) kesim shakli orqali bosh gapga boglanadigan ergash gaplar, b) boglovchilar orqali bosh gapga boglanadigan ergash gaplar.
Kesim shakli orqali bosh gapga boglanadigan sabab ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar bilan birikadi:
1. uchun: Dunyoni tark etmagayman, dunyoda sen bor uchun (U.). Kichik ariqqa hali suv kelmagani uchun, Gulnora chelak kotarib katta ariqqa jonadi (O.).
2. sababli:. Snaryadlar birin-ketin portlaganligi sababli, yer larza-ga keldi (I.R.). Kuzgi shudgor sifatli bolganligi sababli, hosil yaxshi boldi (gazeta).
3. tufayli: Dushman keltirgan talofat tufayli, temir yol izdan chiqqan edi (O.). Dol yoqqanligi tufayli, kochat zararlangan edi (O.).
4. -gan (lig)+idan: Jim keta berish noqulay bolganligidan, Saida gap boshladi (A.Q.). Bu kun chorshanba bolganidan, bozor, ayniqsa, qizigan (O.). Nuri gapga e'tibor qilmaganidan, Yormat endi qizga qarab sozlay boshladi (O.).
5. -mi. Bu shakl bilan shakllangan ergash gaplar gumon, noaniq sabab anglatadi: Atrofda noxush voqealar yuz berayotganligidanmi, shoirning kongli gash edi (O.). Kim biladi, oqish unga juda ham oson korindimi, hech kim bilan kengashmay, idora eshigiga shunday bir e'lonnoma osib qoydi (A.Q.).
Dostları ilə paylaş: |