PAYT ERGAІІІ GAPLI QO’ІІSHA GAP
reja:
1. Payt ergash gapli qo’shma gapning ta'rifi.
2. Payt ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi vositalar va kompo-
nentlarning o’rinlashish tartibi.
3. Payt ergash gapli qo’shma gaplarga doir tahlil namunasi.
Bosh gapdagi voqea-hodisa yoki harakatning yuzaga kelish vaqtini, bajarilish paytini anglatadigan ergash gap payt ergash gap deyiladi. Payt ergash gapli qoshma gapda voqea-hodisa yoki harakatning bir vaktda yoki ketma ket sodir bolishi ifodalanadi: Tut garq pishganda, koz tutdik (O.). U gazabdan yalliglangan kozlari bilan qosh ostidan unga tikilib turarkan, roparasida, negadir, Xolmat Yunusovich gavda-landi (Asq.M.). Saida kelib chamadonini soriga qoygandan keyin, Qalandarov sorashgani qol uzatdi (A.Q.). Darvozadan chiqib katta yolga bir oz yurilgach, ular chap tomondagi tokzor kochaga burilishdi (A.Q.). Boshliq ozini bosguncha, u fikrini bir joyga toplab oldi (Asq.M.) gaplarining birinchi va ikkinchisida voqelik bir vaqtda, uchinchi va tortinchisida ketma-ket, beshinchisida bosh gapdagi voqelik ergash gapdagi voqelikdan oldin yuz berganligi ifodalangan.
Payt ergash gap bosh gapga quyidagi vositalar bilan birikadi:
1. -gan+da: Vodiylarni yayov kezganda, bir ajib his bor edi menda (H.O.).
2. -gan+orin-payt kelishigi bilan shakllangan payt bildiruvchi choq, payt, zamon, kez, dam, mahal, vaqt, on shakllari bilan: Usta Samar-qandda ishlagan vaqtda, Sultonmurod uch yashar bola edi (O.). Hammamiz dalaga yol olgan chogda, katta toy tusini oladi (H.G.). U endi choy-poy qilib turgan mahalda, Abdurasul, Oyimxol, Aliqul kirib kelishdi (Sh.R.). Men Farhod, ajdarla olishgan damda, qomating hanjardir, mash'aldir kozing (G.G.). Men Abubakirning qoyini boqish uchun yollangan kezimda, Orozali ham har yilgidek qotirlagan shaharning yarim qoyini boqdi (S.Ayn.). Tong yorisha boshlagan paytda, birdan zilzila sodir bolgan edi ("S.").
Dostları ilə paylaş: |