Ergashgan qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gaplar o’zaro tobelanish ohangi orqali birikadi va bog’langan qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gaplardan farq qiladi.
Ergashgan qo’shma gaplarning hamma turi ham bog’lovchisiz shaklda kelavermaydi. Chunonchi, ravish, chog’ishtirish, o’lchov-daraja, o’rin ergash gaplar bog’lovchisiz kelmaydi. Chunki bu xil gaplarda bog’lovchilar yoki nisbiy so’zlar tushirilganda, shu turdagi qo’shma gap hosil bo’lmaydi.
Quyidagi ergash gaplar bog’lovchisiz qo’shma gaplarga sinonim bo’ladi:
1) Shart ergash gap, payt ergash gap, to’siqsiz ergash gap, natija ergash gap, sabab ergash gap, o’xshatish ergash gap, ega ergash gap, kesim ergash gap, to’ldiruvchi ergash gap, aniqlovchi ergash gap.
Shart ergash gapli qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gaplarning birinchi komponenti keyingi komponentdagi voqelikning yuzaga kelish shartini bildiradi. Oldingi komponentdagi ohang balandroq, keyingisi pastroq bo’ladi, komponentlar orasida biroz to’xtab olinadi: To’g’ri bo’ling –behovotir bo’lasiz. Qo’shning tinch – sen tinch (maqollar).
2) Payt ergash gapli qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gaplarda birinchi komponent ikkinchi komponentdagi voqea-ning bajarilish paytini anglatadi: Paxta ochildi (ochilishi bilan), terim boshlandi. 3) To’siqsiz ergash gapli qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lov-chisiz qo’shma gaplarda birinchi (tobe) komponentning mazmuni keyingi komponent mazmunining bajarilishiga zid bo’lsa-da, voqelik yuzaga keladi: O’zim har joydaman, ko’nglim sendadir (Muq.). It xuradi – karvon o’tadi. (maqol)
4) Natija ergash gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap komponentlarining ikkinchisi birinchisi orqali kelib chiqadigan natijani anglatadi: U shunchalik berilib termildi, soyning o’rtasida suv ichayot-gan otning pishillashi ham sezilmadi. (O.)
5) Sabab ergash gapli qo’shma gaplarga sinonim bo’lgan bog’lov-chisiz qo’shma gap komponentlarining birinchisida sabab, ikkinchisida shu sababdan kelib chiqadigan natija anglashiladi: Qo’rqitmay o’stirdim – botir bo’ldingchz (maqol). Yo’lboshchimiz bor – xalq birligi bor. (G’.G’.)
6) O’xshatish ergash gapli qo’shma gaplarga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap komponentlari orqali ikkita o’xshash voqelik ifodalanadi: Qor yog’di – don yog’di. Suv keldi – nur keldi. (maqol)
7) Maqsad ergash gapli qo’shma gaplarga sinonim bo’lgan bog’lov-chisiz qo’shma gaplarda komponentlardan biri boshqasi orqali yuzaga keladigan voqelikning maqsadini ifodalaydi: Vatanni bezang – avlodlar unutmaydi. Derazani ochdim – toza havo kirsin. 8) Ega, kesim, to’ldiruvchi, aniqlovchi ergash gaplarga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gaplar (izohlovchi komponentli qo’shma gaplar)da mazmunan tobe komponent hokim komponentdagi olmosh bilan ifodalangan yoki ifodalanmagan egani (Faqat shu esida: ertasi kuni ko’zini ochsa, Sobirjon yonida yo’q edi – Asq.M.), kesimni (Yaxshisi shu: bizdan havotir olmay, Kapsanchilar oldiga borgin – A.Q), to’ldi-ruvchini (Men bilaman: sizlarga ishonish qiyin – A.Q.), aniqlovchini (Bir gapim bor, aytaman) izohlaydi.