Jabbor оmоnturdiyеv аnvar оmоnturdiyеv hоzirgi O’zbеk аdаbiy tili



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə32/50
tarix02.06.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#122395
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50
Jabbor оmоnturdiyеv аnvar оmоnturdiyеv

Xonaga fayz kirgandek, fikrlar chaqqon ishlab ketgandek, bu uch xil odam o’rtasida yaqinlik tug’ilgandek bo’ldi. (Asq.M.) chizmasi:

bo’ldi

2) Oldingi komponentlarda bog’lamagina emas, kesimlar yoki uning biror qismi qo’llanmasligi mumkin; bunda ham oxirgi gapning kesimi oldingi gaplar uchun umumiy bo’lib, ularga ham tegishli bo’ladi (yalpi kesim): Shijoatli va kuchli botirlar – urushda, xotin va farzandlar – kambag’allikda, do’st va birodarlar – boshga kulfat tushganda tanila-dilar. ("K.D.") chizmasi:

taniladilar




Ilm tahsil etmoq, savod chiqarmoq va har narsani atroflicha tushuna bilmoq – hikmatga; tadbir, sabr, nazokat, marhamat – aqlga; hayo, olijanoblik, o’zini qo’lga olmoq va o’zining haq-huquqini bilmoq – qanoatga; to’g’rshik, va'daga vafo, ezgu ishlar qilmoq va yaxish xosiyatli bo’lmoq – adolatga tegishlidir. ("K.D .") chizmasi:

tegishlidir


Birdan ortiq ergash gaplarning bir bosh gap bilan birikishidan tashkil topgan sintaktik qurilmalar ergashish yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gap deyiladi: Zargarovning gaplari, tashabbusi viloyat rahbariga uncha maqtov bo’lib tushmasa ham, ayrim iboralari o’ziga tegib-tegib ketayotgan bo’lsa ham, Haydarov notiqqa xavotirli bir qiziqish bilan quloq soldi. (Asq.M.) chizmasi:


-sa ham, -sa ham,
Ergashish yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gaplar kompo-nentlarining tuzilishi, ergash gap kesimlarining shakllanishi jihatidan ikki xil bo’ladi: a) birinchi turda ergash gapning kesimi shakllangan, shaxsli fe'l (verbum finitum) bilan ifodalanganligidan “mustaqil” sodda gaplarga, bosh gaplarga o’xshash bo’ladi; b) ikkinchi turdagi ergash gaplarning kesimi shakllanmagan, shaxs ko’rsatmay-digan (verbum infinitum) fe'l shakllari (sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi yoki fe'lning shart mayli shakli) bilan ifodalanganligidan, nomustaqil bo’ladi. Birinchi guruhni tashkil etuvchi komponentlar bosh gapga -ki, chunki, negaki, sababki kabi yordamchilar orqali birikadi. Bunda birdan ortiq ergash gaplar o’zaro tenglashadi, uyushiq ohang bilan aytiladi, ular orasida teng bog’lovchilar ishlatiladi: Shunday qat'iy qarorga keldimki, yolg’iz sengina bu ishni bajara olasan, sendan bo’lak hech kim uni hal eta olmaydi. ("K.D".) Endi shunday bir hikoya aytib berki, unda doimo shoshiladigan, ishning orqa-o’ngini o’ylamasdan harakat qiladigan bir odamning ahvoli tasvir etilsin va uning oqibati nima bilan tugashi ko’rsatilsin. ("K.D".) chizmasi:
-ki va
Saida mana shunday masalalar to’g’risida... odamlar fikrini uyg’o-tishga harakat qildi, chunki bularning har biri odamlarning zehniga, kolxoz hayotiga o’rnashib qolgan, chunki Qalandarov nima qilgan bo’lsa, yaxshi niyat bilan qilgan edi va xalq ham shunday deb bilgan. (A.Q.) chizmasi:
,chunki ,chunki va
Ikkinchi guruhni tashkil etuvchi ergash gaplar ham o’zaro tenglanish munosabatini tashkil qilishi va uyushib kelishi mumkin: Na ko’kning fonari o’chmasdan, Na yulduz sayr etib ko’chmasdan, Na ufq o’ramay yoqut zar, Na bulut silkitmay oltin par, Tong kulmasdan burun turardi. (U.) chizmasi:
na -masdan, na -masdan, na -may, na -may, burun


Bahor kelsa, gullar ochilsa, qirlar maysalar bilan qoplansa, bu joylar juda go’zal bo’ladi. (S.Zun.) chizmasi:
-sa, -sa, -sa,
Ergash komponentlar bosh gapga ikki xil yo’l bilan bog’lanadi: birgalik ergashish va ketma-ket ergashish.
Ergash gaplar bosh gapga alohida-alohida (mustaqil) bog’lansa, birgalik ergashish deyiladi. Birgalik ergashuvli komponentlar yo bir xil (uyushgan), yoki har xil (uyushmagan) ergash gaplardan bo’ladi.
Ergash gaplarning hamma turi ham uyushib kelib, murakkab qo’shma gapning birgalik ergashuvli turini hosil qilishi mumkin:
1. Ega ergash gap uyushib keladi: Kimki o’z vatanini sevsa, kimki xalqi uchun jonini fido qilsa, u qahramon bo’ladi.
2. Kesim ergash gap uyushadi: Tilagim shuki, biringiz olim bo’lib, tarix yozing, biringiz shoir bo’lib, yurtni kuylang. ("F.T.").
3. Aniqlovchi ergash gap uyushadi: Sen butun imkoniyat va qobiliyatingni ishga solib, shunday bir kitob yozki, unda ham jiddiy va hazil mutoiba so’zlar, ham hikmat va falsafaga doir fikrlar mujassam-lashgan bo’lsin, aqlli odamlar undan ham hikmat darsi olsinlar, ham kulgidan o’zlarini to’xtata olmasinlar. ("K.D".)
4. To’ldiruvchi ergash gap uyushadi: Har holda shuni bilishing kerakki, daraxtni kessalar, uning ildizidan bir shoxcha ko’karib, uning o’rnini bosadi, qilich va o’q yarasi bitib ketadi, lekin til yarasi hech vaqt tuzalmaydi. ("K.D".)
5. Ravish ergash gap uyushadi: Qorni ochib, kuchi qochib, keladi bo’ri. (ertak)
6. O’lchov-daraja ergash gap uyushadi: O’tirishimiz qanchalik sodda, dasturxon qanchalik faqirona bo’lsa, suhbatimiz shunchalik samimiy va shirin bo’ladi. ("K.D".)
7. Chog’ishtirish-o’xshatish ergash gaplar uyushadi: Quyosh tabiat-ga jon kiritganidek, yer insonga rizq-ro’z berganidek, ona ham o’z farzandiga qalb qo’rini, mehrini baxshida qiladi. (“Saodat”)
8. Sabab ergash gap uyushadi: Men bu masalni shuning uchun keltirdimki, hech vaqt dushmanni mensimaslik kerak emas, birinchi bo’lib urush boshlash aqlli kishining ishi emas. (“K.D.”)
9. Maqsad ergash gap uyushadi: Yurtimiz obod bo’lsin deb, xalqimiz sholi kiysin deb tut ko’chati ekamiz.
10. Payt ergash gap uyushadi: Yigitlar sen uchun jangga kirganda, Botirlar osmonda berganida jon, Qo’zidan qon oqqan yovni ko’rganda, Sening yengishingga keltirdim imon. (H.O.)
11. O’rin ergash gap uyushadi: Qayerda mehnat yaxshi tashkil qilin-gan bo’lsa, qayerda jamoa a'zolari o’rtasidagi munosabat yuqori saviyada bo’lsa, u yerda yashash ham zavqli buladi.
12. Shart ergash gap uyushadi: Yursa agar tomirda qoning, Aziz bo’lsa bir parcha noning, Kerak bo’lsa nomus – vijdoning, Qo’lingga qurol ol! (H.O.)
13. To’siqsiz ergash gap uyushadi: Er-xotin o’rtasida qanaqa kelishmovchilik bo’lmasin, qanaqa gap qochmasin, kampir oraga tushib, hamma vaqt kuyovining tarafini olar edi. (A.Q.)
14. Natija ergash gap uyushadi: Ertasiga kun shunday charaqlagan ediki, unga astoydil tikilgan odam yaqin orada gurkirab turgan bahorni butun go’zalligi bilan ko’rganday bo’lar, bu kunni hech qanday musibat xira qila olmaydiganday edi. (Asq.M.)
Birgalik ergashish yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gaplar mazmun va grammatik shakllanishi jihatidan ikkiga ajraladi:
1) mazmuni va tuzilishi bir xil bo’lgan ergash gapli murakkab qo’shma gap: Odam qarisa ham, yuz bo’lsa ham yosh, Osmonga yetadi sen silagan bosh. (G’.G’.) chizmasi:
-sa ham, - sa ham,
2) Mazmun jihatidan bir xil, birikish vositasi har xil bo’lgan ergash gapli murakkab qo’shma gap: Rais kelgandan keyin, majlis boshlanmay, ketib qolgan. (S.Zun.) chizmasi:
-gandan keyin, -may,

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin