Jadidlar say-harakati


SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI



Yüklə 422,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix25.01.2023
ölçüsü422,1 Kb.
#80648
1   2   3   4
Saydazimov Asroriddin Toxirjon o‘g‘li

SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 
respublika ilmiy-uslubiy jurnali 
156 
milliy kadrlarni tayyorlab yetishtirish va tarbiyalashda, madaniyatning milliy 
mustaqillik gʼoyalarini targʼib qilishga daʼvat etishda koʼzga tashlandi. 
Jadidchilikning asosiy gʻoya va maqsadlari Turkistonni oʻrta asrlar qoloqligi va 
diniy xurofotdan ozod qilish, shariatni isloh qilish, xalqni maʼrifatli qilish, Turkistonda 
muxtoriyat hokimiyatini oʻrnatish uchun kurashish, Buxoro va Xivada 
konstitutsiyaviy monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini 
oʻrnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani muomalaga 
kiritish, milliy armiya qurish edi. Keyinchalik Toshkent, Farg‗ona, Buxoro, Samarqand 
va Xivada erkin fikrli, ilg‗or fikrli kishilarning ma‘lum guruhlari tomonidan ochilgan 
madaniy-ma‘rifiy jamiyat va uyushmalardan jadidchilik harakati shakllandi. 
Eng muhimi jadidlar oʼlkada mavjud boʼlgan madaniyatga yangi mazmun berishni 
oʼz oldilariga maqsad qilib qoʼydilar. Shu maqsadda sanʼat, matbuot, maorif, adabiyot 
sohalarida islohot oʼtkazish gʼoyalarini ilgari surdilar. Jadidlar avvalambor, maorif 
sohasida islohotlar oʼtkazib xalq ommasining savodxonligi, bilimi, umumiy madaniy 
saviyasini oshirishga bel bogʼladilar. Natijada ―Usuli jadid‖ maktablarini ochilishi ulkan 
ijtimoiy-siyosiy hodisa boʼldi. XX asr boshlarida yuzaga kelgan 100 ga yaqin shunday 
maktablarda 100 mingdan ortiq bola tarbiya koʼrdi. Jadidlar maorifning diniy tizimiga 
ham oʼzgartirishlar kiritishga intildilar. Diniy bilimlarni oʼqitishga katta ahamiyat 
berilishi bilan birga dunyoviy fanlar: arifmetika, tarix, geografiya, tabiiyotdan berilgan 
saboqlar ham muhim oʼrin tutadi. Behbudiy diniy tizimni qayta qurish, ruhoniylarni 
yangi avlodini tayyorlash lozimligini alohida taʼkidlagan edi. Uning ―Padarkush‖, 
Fitratning ―Munozara‖, Qudratilloning ―Toʼy‖ kabi dramatik asarlarini yuzaga 
kelishiga ana shu talablar sabab boʼldi.
Shu qatorda jadidchilardan yana biri Аbdulhamid Choʼlpon XX asr oʼzbek 
sheʼriyatining eng yirik vakili sifatida tanildi. U oʼtkir sheʼriyati, yuksak tarjimalari
kuchli dramalari, mumtoz romani va kuyunchaklik bilan yozilgan publitsistik 
maqolalari hamda jangovar ijtimoy faoliyati bilan oʼzbek adabiyoti, oʼzbek madaniyati 
va oʼzbek milliy tafakkuri rivojiga oʼzining ulkan hissasini qoʼshdi. Аdabiyotga 
maʼrifatparvar sifatida kirib keldi. Choʼlpon ozodlik, tenglik, adolat, mustaqillikning 
qoʼrqmas kuychisi va zulm, yovuzlik, bosqinchilik, talonchilikning ashaddiy dushmani 
sifatida shuhrat qozondi, hatto, ―choʼlponchilik‖ degan yoʼnalishning sardoriga aylandi 
(sovet mafkurachilari ―choʼlponchilik‖ iborasini aslida salbiy, yaʼni ―millatchilik‖ 
maʼnosida qoʼllagan, haqiqatda esa u millatparvarlik, adolatparvarlik tushunchasini 
ifodalagan). 
Munavvarqori Abdurashidxon oʼgʼli(1878-1931). Munavvarqori 1878-yili 
Toshkentda tugʼildi. Munavvarqori Abdurashidxon oʼgʼli 1901-yilda Toshkentda 
birinchilardan boʼlib, ―usuli jadid‖ maktabini ochdi. Bu maktablar uchun ―Adibi 
avval‖, ―Adibi soniy‖ kabi alifbo va xrestomatiyalar, ―Tajvid al-Qurʼon‖, ―Yer yuzi‖ 
singari darsliklar tuzib, nashr etdi. Shayxontohurda ochgan ―Rushdiya‖ (oʼrta) maktabi 



Yüklə 422,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin