Jadidlar say-harakati


SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI



Yüklə 422,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix25.01.2023
ölçüsü422,1 Kb.
#80648
1   2   3   4
Saydazimov Asroriddin Toxirjon o‘g‘li

SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 
respublika ilmiy-uslubiy jurnali 
157 
―Namuna‖ atalib ismiga mos edi. 1931-yil 23-mayda Moskvaning mashhur Butirkasida 
otilib, Vagankovo qabristoniga pinhona koʼmildi. 
Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889—1929). Hamza jadid adabiyoti namoyandasi
shoir, dramaturg, adib va muallim. 1889-yili Qoʼqon shahrida tugʼildi. Eski maktabda, 
madrasada va ovrupocha maktabda taʼlim oldi. Hamza usuli jadid maktablarining faol 
tashkilotchilaridan. U 1910-yili Toshkentda, 1911-yili Qoʼqonda, 1914-yili Margʼilonda, 
shu yili yana Qoʼqonda shunday maktablar ochdi. Muallimlik, tashviqotchilik bilan 
shugʼullandi. 1915-yillar oxiridan gazeta va jurnallar chiqarishga kirishdi. «Kengash» 
(1917), «Hurriyat» (1917) jurnallarini taʼsis yetadi, ularga muharrirlik qiladi. 1918-yili 
Hamza sayyor dramtruppa tuzdi. Bu truppa uchun oʼzi dramalar yozdi. 
Atoqli maʼrifatparvar, Turkistondagi milliy ozodlik harakatining taniqli 
namoyandalaridan biri Saidnosir Mirjalilov 1884-yili Turkiston shahrida tavallud topdi. 
Yoshligidan oʼta ziyrak, tadbirkor va mehnatkash boʼlgan Saidnosir tujjorlik faoliyatini 
kichik bir gazlama doʼkonini ochishdan boshladi. Koʼp oʼtmay u Turkistonda birinchi 
jadid maktabini tashkil etdi. 1914 - yilda paxta zavodini qurib, Turkistonning taniqli 
boylari va savdogarlaridan biri sifatida shuhrat qozondi.
Abdurauf Fitrat XX asr oʼzbek adabiyoti fani va madaniyatining yirik vakili, 
qomusiy bilimga ega olim, adabiyot nazariyachisi, oʼtkir tilshunos, betakror dramaturg 
va shoir, jangovar publitsist, noshir va jurnalist, talantli davlat va jamoat arbobi. 
Abdurauf Fitrat oʼz tarjimai holida yozishicha, 1884-yilda Buxoroda tugʼilgan 
(Sadriddin Ayniy uni 1886-yilda dunyoga kelgan deydi, hozirgi darsliklar va ilmiy 
tadqiqotlarda ham shu sanani takrorlashadi). Abdurauf ilk tahsilni Buxoro 
maktablarida olganidan soʼng, mashhur Mirarab madrasasida oʼqidi. Talabalik yillarida, 
taxminan 18-19 yoshlarida otasi bilan haj ziyoratiga bordi. Oʼzining aytishicha, avval 
jadidchilik harakatiga qarshilik qildi, keyin uning mohiyatini anglab yetgach, bu 
harakatga qoʼshildi, hatto ashaddiy targʼibotchilaridan biriga aylandi. 
А
bdulla Qodiriy yangi davr oʼzbek adabiyotining asoschilaridan biri, oʼzbek milliy 
romanchilik maktabining tamal toshini qoʼygan buyuk adibdir. U 1894-yil 10-aprelda 
Toshkentda bogʼbon oilasida tugʼildi. 9-10 yoshlarida eski usul maktabida tahsil oldi. 
Soʼng rus-tuzem maktabida oʼqidi. 17-18 yoshlarida bir savdogarga ―prikazchilik‖ka 
yollanib, uch-toʼrt yil ishladi. Soʼng bogʼbonlik bilan tirikchilik oʼtkazdi. Аbdulla 
Qodiriy ijodi 1913 – 1914 yillarda boshlandi. U shu yillari barcha ilgʼor fikrli yoshlar 
qatori jadidchilik harakatiga qoʼshilgan va oʼzining ilk asarlarida maʼrifat, millat 
taraqqiyoti va xurligi gʼoyalarini targʼib eta boshladi. 
А
bdulla Аvloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkentning Mergancha mahallasida 
toʼquvchi Miravlon aka oilasida tavallud topdi. Аvval Oʼqchidagi boshlangʼich 
maktabda, soʼng shahar madrasalaridan birida tahsil oldi. Biroq koʼproq mustaqil 
oʼqib-oʼrgandi, tez orada oʼz davrining savodxon, maʼrifatparvar kishisiga aylandi. 
А
vloniy asrimiz boshlarida oʼlkamizda avj olgan jadidchilik xarakatining faol 
ishtirokchisi sifatida millat bolalarini savodxon qilish, ulardan yetuk olimlar, 



Yüklə 422,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin