Jadidlar say-harakati



Yüklə 422,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix25.01.2023
ölçüsü422,1 Kb.
#80648
  1   2   3   4
Saydazimov Asroriddin Toxirjon o‘g‘li



SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 
respublika ilmiy-uslubiy jurnali 
155 
JADIDCHILIKNING PAYDO BO’LISHI VA VATAN RAVNAQI UCHUN 
JADIDLAR SAY-HARAKATI 
 
Saydazimov Asroriddin Toxirjon o‘g‘li 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat 
O‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada jadidchilik, uning asoschisi, jadidchilikning paydo 
bo’lishi, jadidchilikning asosiy gʻoya va maqsadlari, jadidlar, o‘sha davrning ilg‘or kuchlari, 
ayniqsa, ziyolilar mahalliy aholining dunyodan ortda qolayotganini sezib, jamiyatni isloh 
qilish zarurligini anglab yetishganligi va mamlakat ravnaqi uchun olib borilgan jadidchilik 
siyosati haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar
: jadidchilik, jadidlar, gʻoya va maqsadlar, ziyolilar, jamiyat, jadidchilik 
siyosati. 
 
Jadidchilik yoki jadidizm (arabcha: د يدج jadīd - yangi) — 19-asr oxiri 20-asr 
boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan 
ijtimoiy-siyosiy, maʼrifiy harakat. Jadidchilik dastlab 19-asrning 80-yillarida Qrimda 
vujudga keldi. 19-asrning 90-yillaridan Oʻrta Osiyoda tarqaldi. 
Jadidchilik ilk bor Qrimda 1980-yillarda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida paydo 
boʻlgan. Jadidchilik harakati vakillari ko‗pincha o‗zlarini ilg‗or, keyinchalik jadidchilar 
deb atagan. O‗sha davrning ilg‗or kuchlari, ayniqsa, ziyolilar mahalliy aholining 
dunyodan ortda qolayotganini sezib, jamiyatni isloh qilish zarurligini anglab yetdi. 
Jadidchilik mohiyatan siyosiy harakat edi. Uning shakllanish va mag'lubiyat davrlari 
bor, ularni shartli ravishda to'rtga bo'lish mumkin. Turkiston, Buxoro va Xivada bu 
davrlar 1895-1905 yillar, 1906-1916, 1917-1920, 1921-1929 yillarni qamrab oladi. 
Jadidchilik dastlab madaniy oqim sifatida faoliyat yuritgan. Bu tariqat vakillari 
taraqqiyot, turkiy tillarni rivojlantirish, bu tillarda adabiyotni boyitish, dunyoviy 
ilmlarni o‗rganish, ilm-fan yutuqlaridan foydalanish, ayol va erkak tengligi uchun 
kurash olib borishga chaqirdilar. Keyinchalik jadidlar panturkizm g‗oyalarini targ‗ib 
qildilar.
Jadidchilik sovet adabiyotida ―burjua-liberal, millatchilik harakati‖ sifatida 
ta‘riflangan. Bu davrda SSSR parchalanib ketganidan keyin koʻproq tanqid qilingan. 
Ammo bunga qaramasdan jadid namoyandalarining nomlari qayta tiklandi. 
Feodolizmga qarshi norozilik kayfiyati, zarur taqdirda amaliy yoʼlini tutish 
maʼrifatparvarlikning siyosiy maqsad va mohiyatini ifoda etadi. Bu narsa 
maʼrifatchilikning ikkinchi bosqichi deb nom olgan 1905-1906 yillardagi voqealar 
taʼsirida shakllandi. Bu davrda S.Аyniy, А.Аvloniy, M.Behbudiy, Munavvarqori va 
boshqalar nomi bilan boshlangan jadidchilik harakati keng yoyildi. Bu harakat yangi 



Yüklə 422,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin