SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI respublika ilmiy-uslubiy jurnali 157 ―Namuna‖ atalib ismiga mos edi. 1931-yil 23-mayda Moskvaning mashhur Butirkasida
otilib, Vagankovo qabristoniga pinhona koʼmildi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889—1929). Hamza jadid adabiyoti namoyandasi,
shoir, dramaturg, adib va muallim. 1889-yili Qoʼqon shahrida tugʼildi. Eski maktabda,
madrasada va ovrupocha maktabda taʼlim oldi. Hamza usuli jadid maktablarining faol
tashkilotchilaridan. U 1910-yili Toshkentda, 1911-yili Qoʼqonda, 1914-yili Margʼilonda,
shu yili yana Qoʼqonda shunday maktablar ochdi. Muallimlik, tashviqotchilik bilan
shugʼullandi. 1915-yillar oxiridan gazeta va jurnallar chiqarishga kirishdi. «Kengash»
(1917), «Hurriyat» (1917) jurnallarini taʼsis yetadi, ularga muharrirlik qiladi. 1918-yili
Hamza sayyor dramtruppa tuzdi. Bu truppa uchun oʼzi dramalar yozdi.
Atoqli maʼrifatparvar, Turkistondagi milliy ozodlik harakatining taniqli
namoyandalaridan biri Saidnosir Mirjalilov 1884-yili Turkiston shahrida tavallud topdi.
Yoshligidan oʼta ziyrak, tadbirkor va mehnatkash boʼlgan Saidnosir tujjorlik faoliyatini
kichik bir gazlama doʼkonini ochishdan boshladi. Koʼp oʼtmay u Turkistonda birinchi
jadid maktabini tashkil etdi. 1914 - yilda paxta zavodini qurib, Turkistonning taniqli
boylari va savdogarlaridan biri sifatida shuhrat qozondi.
Abdurauf Fitrat XX asr oʼzbek adabiyoti fani va madaniyatining yirik vakili,
qomusiy bilimga ega olim, adabiyot nazariyachisi, oʼtkir tilshunos, betakror dramaturg
va shoir, jangovar publitsist, noshir va jurnalist, talantli davlat va jamoat arbobi.
Abdurauf Fitrat oʼz tarjimai holida yozishicha, 1884-yilda Buxoroda tugʼilgan
(Sadriddin Ayniy uni 1886-yilda dunyoga kelgan deydi, hozirgi darsliklar va ilmiy
tadqiqotlarda ham shu sanani takrorlashadi). Abdurauf ilk tahsilni Buxoro
maktablarida olganidan soʼng, mashhur Mirarab madrasasida oʼqidi. Talabalik yillarida,
taxminan 18-19 yoshlarida otasi bilan haj ziyoratiga bordi. Oʼzining aytishicha, avval
jadidchilik harakatiga qarshilik qildi, keyin uning mohiyatini anglab yetgach, bu
harakatga qoʼshildi, hatto ashaddiy targʼibotchilaridan biriga aylandi.
А
bdulla Qodiriy yangi davr oʼzbek adabiyotining asoschilaridan biri, oʼzbek milliy
romanchilik maktabining tamal toshini qoʼygan buyuk adibdir. U 1894-yil 10-aprelda
Toshkentda bogʼbon oilasida tugʼildi. 9-10 yoshlarida eski usul maktabida tahsil oldi.
Soʼng rus-tuzem maktabida oʼqidi. 17-18 yoshlarida bir savdogarga ―prikazchilik‖ka
yollanib, uch-toʼrt yil ishladi. Soʼng bogʼbonlik bilan tirikchilik oʼtkazdi. Аbdulla
Qodiriy ijodi 1913 – 1914 yillarda boshlandi. U shu yillari barcha ilgʼor fikrli yoshlar
qatori jadidchilik harakatiga qoʼshilgan va oʼzining ilk asarlarida maʼrifat, millat
taraqqiyoti va xurligi gʼoyalarini targʼib eta boshladi.
А
bdulla Аvloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkentning Mergancha mahallasida
toʼquvchi Miravlon aka oilasida tavallud topdi. Аvval Oʼqchidagi boshlangʼich
maktabda, soʼng shahar madrasalaridan birida tahsil oldi. Biroq koʼproq mustaqil
oʼqib-oʼrgandi, tez orada oʼz davrining savodxon, maʼrifatparvar kishisiga aylandi.
А
vloniy asrimiz boshlarida oʼlkamizda avj olgan jadidchilik xarakatining faol
ishtirokchisi sifatida millat bolalarini savodxon qilish, ulardan yetuk olimlar,