Jadval redaktorlardan iqtisodiy masalalarni Labaratorya 2
Tekislash. Matnlar yacheykaga kiritilganda, ko‘pincha, yacheykaning chap chegarasida
tekislanadi. Sonli qiymatlar esa yacheykaning o‘ng chegarasidan boshlab tekis holatda yoziladi.
Yacheykadagi yozuv chegaralarini turli tartibda o‘zgartirish mumkin. Buning uchun kerakli yacheykalar ajratib olinadi va uskunalar panelida joylashgan turli tomonli bichimlash
piktogrammalaridan biri tanlab olinadi. Bundan tashqari gorizontal menyudagi «Формат»—
«Формат ячеек»—«Выравнивание» (Tekislash) buyruqlari orqali ham o‘zgartirish, ya’ni
tekislash mumkin.
Yacheykadagi ma’lumotlar bilan ishlash
Yacheykadagi sonli qiymatlarni, matnlarni yoki formulalarni o‘chirish uchun yacheykani
faollashtirib, DELETE tugmasini bosish yetarli bo‘ladi. Bir necha yacheykadagi ma’lumotlarni
o‘chirish uchun esa, tozalanishi kerak bo‘lgan yacheykalar ajratiladi, so‘ng DELETE tugmasi
bosiladi.
Yacheykadagi ma’lumotlarni almashtirish
Yacheykadagi ma’lumotlarni almashtirish uchun yacheykani faollashtirib, yangi
ma’lumotlar kiritiladi. Bunda oldingi ma’lumotlar o‘chirib tashlanadi. Bularni bajarish natijasida
yacheykaning oldingi qiymati bilan yangi qiymati almashadi, lekin bichimlash atributlari bu
yacheykada saqlanib qoladi.
Yacheykadagi ma’lumotlarni tahrirlash
Agar yacheykadagi ma’lumotlar ozchilikni tashkil etsa, yangi ma’lumotlar kiritish yo’li bilan
ham almashtirib ketish mumkin. Ammo yacheykada joylashgan ma’lumotlar o’zun matn yoki
murakkab formula bo‘lsa va unga unchalik katta bo‘lmagan o‘zgartirishlar kiritilishi kerak bo‘lsa,
yacheyka ichidagi ma’lumotlar tahrirlanadi. Barcha ma’lumotlarni qayta kiritish talab qilinmaydi.
Yacheykadagi ma’lumotlarni tahrirlash quyidagi uch usulda olib boriladi:
· Sichqoncha ko‘rsatkichini yacheykaga keltirib, chap tugmasi ikki marta tezlikda bosiladi. Bu usul
ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahrirlash imkonini beradi.
Bunda ajratib ko‘rsatilgan ustun kengligi shunday tanlanadiki, unga eng o’zun ma’lumotlar
qatorini kiritish mumkin bo‘ladi.
Ustunning o’ng chegarasiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelib, sichqonchaning chap tugmasi
ikki marta tez-tez bosilsa, kiritilayotgan qatorning eng o’zun ma’lumoti sig‘adigan ustun kengligi
avtomatik ravishda tanlanadi.
Qatorlar balandligini o‘zgartirish Qatorlarga ma’lumotlarni kiritish uning shriftiga, ya’ni kiritilayotgan belgilarning o‘lchamiga
bog‘liq bo‘lib, ko‘pincha NORMAL bichim (stil) ishlatiladi. Microsoft Excel dasturida
qatorlarning balandligi kiritilayotgan ma’lumotlarning qanday o‘lchamdagi shriftda yozilganiga
qarab avtomatik ravishda o‘zgarib boradi. Bundan tashqari qatorlar balandligini yuqoridagi
ustunlar kengligini o‘zgartirish buyruqlari orqali ham o‘zgartirish mumkin.
Buning uchun · «Главная» - «Формат» — «Высота строки» (Qator balandligi) buyrug‘i
olinadi.
Sonlarni kiritish
Har bir yacheykaga kiritilayotgan sonlar o‘zgarmaslar (konstantalar) sifatida qabul qilinadi.
Microsoft Excel dasturida sonlar quyidagi 1,2,3,...9,0,+,—,(),/, $,%,E,e belgilari orqali kiritiladi.
Tugmalarning boshqa barcha kombinatsiyalari orqali kiritilayotgan ma’lumotlar raqamli va
raqamsiz belgilardan iborat bo‘lib, matn sifatida qaraladi. Manfiy sonlar kiritilayotganda son
oldiga «—» ishorasi qo‘yiladi yoki son qavs ichiga olinib yoziladi. Masalan, -5 yoki (5).
Kiritilayotgan sonlar hamma vaqt yacheykaning o‘ng chegarasidan boshlab yoziladi.
Kiritilayotgan sonli qiymatlar bichimlanmagan holatda bo‘ladi, boshqacha aytganda, ular oddiy
raqamlar ketma-ketligidan iborat bo‘ladi. Shuning uchun sonlarni bichimlash zarur. Sonlarni
bunday bichimlashdan maqsad — yacheykadagi ma’lumotlarni, ya’ni sonlarni oson o‘qish
imkonini berishdir.
Microsoft Excel 2007 dasturi dasturida sonli qiymatlar 12 xil bichimlanadi (8.8-rasm).
1. Umumiy.
2. Sonli.
3. Pul bilan bog‘liq.
4. Moliyaviy.
5. Qisqa sana.
6. To’liq sana.
7. Vaqt
8. Foiz bilan bog‘liq.
9. Kasrli.
10. Eksponensial.
11. Matnli.
Boshqa son formatlari.
Agar yacheykadagi belgilar o‘rnida «reshetka» (#####) paydo bo‘lsa, tanlangan bichimdagi
sonlar ustun kengligiga sig‘magan hisoblanadi. Bunday hollarda ustun kengligini o‘zgartirish yoki
boshqa sonli bichimlashga o‘tish kerak bo‘ladi.
Agar sonli qiymatlar bichimlangandan keyin yacheykadagi jadval kursorini sonli qiymatlari
bilan boshqasiga o‘tkazilsa, formulalar qatorida sonli qiymatlarning bichimlanmagan ko‘rinishi
hosil bo‘ladi, chunki bichimlash sonli qiymatning yacheykadagi ko‘rinishigagina ta’sir etadi.
Sonlarni bichimlash. Bichimlashdan oldin kerakli yacheykalarni ajratib olish zarur.
Uskunalar paneli yordamida bichimlash. Uskunalar panelida bir qancha bichimlash tugmalari
joylashgan bo‘lib, ular kerakli bichimlash turini tez tanlab olish va foydalanish imkonini beradi.
Yacheykalar ajratilgandan keyin tanlangan tugmalarga sichqoncha ko‘rsatkichini olib borib,
tugmasini bosish kerak. Shundan so‘ng yacheykada tanlangan bichim asosida ish olib boriladi.
Bosh menyu yordamida bichimlash. Bosh menyuda bichimlash buyrug‘i quyidagi tartibda
amalga oshiriladi. · F2 tugmasini bosish orqali. Bu ham yacheykadagi ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahrirlash
imkonini beradi.
· Tahrirlash kerak bo‘lgan yacheykani faollashtirish va sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida kursorni
formulalar katoriga keltirib tahrirlash. Bu ma’lumotlarni formulalar qatoridan turib tahrirlash
imkonini beradi.
Ma’lumotlarni tahrirlashda yuqorida keltirilgan usullardan ixtiyoriy birini ishlatish mumkin.
Ayrim foydalanuvchilar yacheykadagi ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahrirlash usulidan,
ayrimlari esa formulalar qatoridan turib tahrirlash usulidan foydalanadilar.
Bu barcha qilingan ishlar formulalar qatoridagi uchta tugma (piktogramma) paydo bo‘lishiga
olib keladi.
· Kiritilgan o‘zgartirishlar
tugmasini bosish bilan tasdiqlanadi.
· Agarda oldingi holatga qaytmoqchi bo‘linsa
tugmasi bosiladi.
· Excel 2007 dasturida ishchi jadvaldagi formulalar bilan ishlashda
tugmasidan foydalanish ishni ancha osonlashtiradi.
Yacheykalarni tahrirlash oddiy holatda amalga oshirilib, matnda jadval kursori matn kursoriga
aylanadi va uni boshqarish tugmalari yordamida siljitish mumkin bo‘ladi. Siz tahrir qilingandan
keyin oldingi holatga qaytmoqchi bo‘lsangiz, «Правка» (To‘g‘rilash) — «Отменить» (Bekor
qilish) buyrug‘ini yoki Ctrl+Z tugmalarini barobar bosing. Shunda yacheykadagi boshlang‘ich
ma’lumotlar qayta tiklanadi. Ma’lumotlarni qayta tiklash boshqa amallarni bajarmasdan tezlikda
qilinishi kerak. Aks holda, ya’ni boshqa ma’lumotlar kiritilsa yoki boshqa buyruqlar bajarilsa,
orqaga qaytish amalga oshmaydi.
Ma’lumotlardan nusxa ko‘chirish
Ayrim hollarda bir yacheykadagi ma’lumotlarning nusxasini boshqa yacheykaga yoki
diapazonga o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Bu ishlarni elektron jadvalda nusxalash buyrug‘i orqali
amalga oshirish mumkin. Nusxa ko‘chirish bir necha usulda amalga oshiriladi. · Yacheykadagi ma’lumotlarni boshqa yacheykaga ko‘chirish.
· Yacheykadan ma’lumotlarni diapazonga ko‘chirish. Bunda belgilangan diapazonning xar bir
yacheykasida ko‘chirilayotgan yacheyka ma’lumotlari hosil bo‘ladi.
· Diapazondan diapazonga ko‘chirish. Diapazon o‘lchamlari bir xilda bo‘lishi kerak.
Yacheykadan nusxa ko‘chirishda uning ichidagi ma’lumotlar va o‘zgaruvchilar bilan birga
barcha bichimlash atributlari ham ko‘chiriladi.
Nusxalash ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1. Nusxa ko’chirish uchun yacheyka yoki diapazonni ajratish va uni buferga ko‘chirish.
2. Jadval kursorini nusxa joylashtirilishi kerak bo‘lgan diapazonga o‘tkazish va buferga kuchirilgan
ma’lumotlarni unga quyish.
Olingan nusxa tegishli yacheyka yoki diapazonga qo‘yilgandan keyin Excel bu yacheykadan
ma’lumotlarni yo‘qotadi. Shuning uchun agar yacheykadagi oldingi axborotlar zarur bo‘lsa darhol
Бош менюдаги «Отменить» (Bekor qilish) buyrug‘ini berish yoki Ctrl+Z tugmalarini baravar
bosish kerak.
Iqtisodiy axborotlarni tahlil qilish uchun maʼlumotlarni vizuallashtirish
vositalaridan foydalanish.
MS Excel 2007 dasturi da formula va funktsiyalar bilan ishlash. Formula berilishi.
Excelda tayyorlanadigan ma’lumotli jadvallar matn yoki sonlar bilan to’ldirilishini aytib
o’tdik. Ba’zan yacheykalardagi qiymatlar ustida ayrim hisoblashlarni bajarish zaruriyati tugiladi,
bunday vaziyatda formulalardan foydalaniladi.
Excel yacheykasidagi formulaning dastlabki simvoli hamma vaqt «=» (tenglik) xisoblanadi.
So’ngra, arifmetik operatsiya belgilari bilan o’zaro boglangan arifmetik ifodalar teriladi. Masalan,
N8 yacheykasida
=A5 + 4 * B6
formula yozilgan bo’lsa, N8 ning qiymati A5 va to’rtta B6 ning yigindisidan iboratligidan dalolat
beradi.
Excelda ishlatiladigan arifmetik amal belgilari quyidagilar:
+ (qo’shish);
— (ayirish);
* (ko’paytirish);
/ (bo’lish);
l (darajaga ko’tarish).