Jadval redaktorlardan iqtisodiy masalalarni Labaratorya 2
«Вставка» (Qo‘yish), «Разметка страницы» (Sahifa belgilari), «Формулы» (Formulalar),
«Данные» (Ma’lumotlar), «Рецензирование» (Tekshiruv va izoh), «Вид» (Ko‘rinish). Ulardan
biri bilan ishlash uchun qatordagi ixtiyoriy bo‘lim ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelib
bosiladi, natijada tanlangan bo‘lim menyusi elementlari ro‘yxati ochiladi. menyular bilan ishlash
Microsoft Excel ning asosiy buyruqlarini berish usullaridan biri hisoblanadi.
3. Menyu - uskunalar paneli. a) «Главная» menyu-uskunalar paneli buyruqlarni ko‘rsatuvchi, gorizontal menyuning asosiy standart buyruqlarini takrorlovchi tugmalardan (piktogrammalar)dan iborat.
b) «Вставка» menyu-uskunalar paneli buyruqlarni hujjatga elementler qo’yish buyruqlarini
takrorlovchi tugmalardan (piktogrammalar)dan iborat.
c) «Разметка страницы» menyu-uskunalar paneli buyruqlarni ko‘rsatuvchi va kiritilayotgan
hujjatlarni bichimlashga imkon beruvchi tugmalardan iborat.
d) «Формулы» menyu-uskunalar paneli buyruqlarni formulalar, funktsiyalar, ular bilan
ishlash uchun mo’ljallangan tugmalardan iborat.
e) «Данные» menyu-uskunalar paneli buyruqlarni kiritilgan ma’lumotlarni tahrirlash uchun
mo’ljallangan tugmalardan iborat.
f) «Рецензирование» menyu-uskunalar paneli buyruqlarni kiritilgan ma’lumotlarni tekshirish
va izohlash buyruqlari tugmalardan iborat.
g) «Вид» menyu-uskunalar paneli buyruqlarni hujjat ko’rinishlarini o’zgartirish buyruqlari
tugmalardan iborat.
4. Formulalar qatori. Microsoft Excel 2007 dasturiga ma’lumotlar kiritilayotganda barcha
axborotlar, matnlar, sonlar va formulalar mana shu qatorda aks ettiriladi.
5. Nom maydoni. Bu maydonda joriy ishchi kitobning faol yacheykalarining manzili va nomi
ko‘rsatiladi. Nom maydoni diapazon (yacheykalar guruhi)ga yoki tanlangan yacheykaga tezda
nom berish uchun ham ishlatiladi. Agar sichqoncha ko‘rsatkichini nom maydonidan o‘ng tomonda
joylashgan strelka ustiga olib borib sichqonchaning chap tugmasini bossak, unda faol ishchi
kitobidagi nomlangan yacheykalar va diapazonlarning ( agar ular mavjud bo‘lsa) hamma
nomlarini birma-bir ko‘rib chiqish mumkin.
6. Holat (ma’lumotlar) qatori. Unda yacheykaga tegishli turli ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Maʼlumotlarni ko’rib chiqish, qayta ishlash va umumlashtirish
instrumentlari.
Excel 2007 ishchi hujjatlar bilan ishlash
1. Ish olib borilayotgan jadvalning barcha yacheykalarini ajratib ko‘rsatish.
Joriy darchadagi ishchi jadvalning barcha yacheykalarini ajratib ko‘rsatish uchun sichqoncha
tugmasini bosgan holda sichqonchani xarakatga keltirish lozim.
2. Ustunlar sarlavxasi. Jadvaldagi barcha mavjud 256 ustunlar lotin alifbosining bosh xarflari
bilan belgilanadi va u A dan boshlab IV gacha belgilanib boriladi. Boshqacha aytganda, A dan Z
gacha, keyingi ustunlar AA, AV,.....,AZ,VA,...,VZ,.... va oxirgi 256-ustun IV deb belgilanadi.
Biror ustunning barcha yacheykalarini belgilab olish uchun ustun sarlavxasi ustida sichqoncha
tugmasini bosish kerak.
3. Faol yacheyka indikatori. Bu qora rangdagi kontur bo‘lib, joriy yacheykani ajratib ko‘rsatib
turadi. Ayrim hollarda u jadvallar kursori deb ham ataladi.
4. Qatorlar tartibi. Excel 2007 dasturida ishchi jadvalning har bir qatori tartib raqamiga ega
bo‘lib, u 1 dan to 65536 gacha raqamlanadi. Bu qatorlarning keragini tanlab olish sichqoncha yoki
klaviaturadagi tugmalar majmuini bosish orqali amalga oshiriladi.
5. Varaqlarning yorlig‘i. Bu yorliqlarning xar biri yon daftarchaning yorlig‘iga o‘xshash bo‘lib,
ishchi kitobning Alohida varaqlari sifatida qaraladi. Excel 2007 dasturida ishchi kitob ixtiyoriy
sondagi varaqlardan iborat bo‘lishi mumkin. Har bir varaqning nomi bo‘ladi va u varaq yorlig‘ida
ko‘rsatib qo‘yiladi.
Excel 2007 dasturida ishchi kitob varaqlari bilan ishlash
MS Excel 2007 dasturi dasturi ishga tushirilgandan so‘ng avtomatik ravishda yangi Excel 2007
dasturi ishchi kitob «Kнига 1» nomi bilan yaratiladi. Agarda siz boshqa Ishchi kitob yaratmoqchi
bo‘lsangiz, Bosh uskunalar panelidagi «Создать» piktogrammasiga sichqoncha ko‘rsatkichini
keltirib tugmani bosishingiz kerak bo‘ladi.
Yangi yaratilayotgan kitob kompyuter xotirasida saqlanib, xali
fayl sifatida diskda saqlanmagan bo‘ladi. Agar alohida
ko‘rsatilgan bo‘lmasa, jadvaldagi Excel 2007 dasturida ishchi
varaqlar 16 tagacha bo‘lishi mumkin. Yangi yaratilgan ishchi
kitobida bitta varaq bilan faol ish olib boriladi. Boshqa varaqni
faollashtirish uchun shu varaqning yorlig‘i ustiga sichqoncha
ko‘rsatkichini keltirib bosish kerak. Boshqa varaqlarni ko‘rib chiqish uchun aylanma ko‘rsatkich
tugmasini bosish kerak. Alohida nom berilmagan bo‘lsa ishchi jadval varaqlari «Лист1»,
«Лист2»... kabi nomlanadi. Bu varaqlarni qayta nomlash ham mumkin. Excel 2007 dasturida ishchi jadvaldagi varaqlarni qayta nomlash
Varaq nomlarini o‘zgartirishni quyidagi usullarda amalga oshirish mumkin:
Masshtabni
tanlash
Tayyorlik tartibi
Kqmaytirish
Masshtab
Ko`paytirish
Oddiy holat
Varaqni
belgilash(разметка
страницы)
Страничнй
Ma`lumotlar qatori
1) «Главная» — «Формат» — «Переименовать лист» buyruqlarini tanlagan holda
yangi varaq nomini kiritish (4-rasm).
2)Sichqoncha ko‘rsatkichini varaq yorlig‘i ustiga olib borib chap tugmachani ikki marta
bosish va yangi nomni kiritish.
Sichqoncha ko‘rsatkichini varaq yorlig‘i
ustiga olib kelish va sichqonchaning o‘ng
tugmasini bosish va kontekstli menyuda
quyidagi buyruqlarni bajarish -menyudagi
«Переименовать»
(Qayta
nomlash)
buyrug‘ini tanlash va yangi nomni kiritish
(5-rasm).
Yangi kiritilgan nomlar o’zunligi bo‘sh joy
bilan birgalikda 32 ta belgigacha bo‘lishi
mumkin. Agarda o’zun nom berilgan bo‘lsa,
varaqlar yorlig‘i ham shunchalik katta bo‘lib, keyingi varaq yorliqlarining nomlari ko‘rinmay
qoladi.
Excel 2007 dasturida ishchi kitobga yangi varaqlar kiritish
Excel 2007 dasturida ishchi kitobga qo‘shimcha yangi varaqlar kiritish uch yo‘l bilan amalga
oshiriladi:
- «Главная» — «Вставить» — «Вставить лист»
buyruqlarini bajarish orqali;
- Sichqonchaning o‘ng tugmasini varaq yorlig‘i ustida
bosib, kontekstli menyudagi «Вставить» (qo‘yish)
buyrug‘ini tanlash orqali;
- Shift + F11 tugmalarini barobar bosish orqali.
Excel 2007 dasturida ishchi varaqlarbilan ishlash
Excel 2007 dasturida ishchi kitobdagi kerak bo‘lmagan varaq nomlarini olib tashlash (yopish)
quyidagi usullarda amalga oshiriladi: - «Главная» — «Удалить»—«Удалить лист» buyruqlar
ketma-ketligini bajarish orqali;
- Sichqonchaning o‘ng tugmasini olib tashlanayotgan varaq
yorlig‘i ustida bosish va buyruqlar menyusidan «Удалить» (Olib
tashlash) buyrug‘ini tanlash orqali (6-rasm). Bunda Excel
varaqni olib tashlashni tasdiqlashingizni so‘raydi.
Excel 2007 dasturida ishchi kitobidan o‘chirilgan varaqlarda
ma’lumotlar yozilgan bo‘lsa uni qayta tiklab bo‘lmaydi. Shuning
uchun ishlayotganda ma’lumotlarni «Отменить» (Bekor
qilish) tugmachasini bosib o‘chirib yuborish kerak emas.
3.Maʼlumotlarni tahlil qilish vositalari.
MS Excel 2007 dasturi dasturida ma’lumotlar bilan ishlash
Microsoft Excel 2007 dasturi dasturida matnlar — bu raqamlar, bo‘sh joyl
ar va boshqa belgilardan
iborat bo‘lgan ixtiyoriy ketma-ketlikdir. Kiritilayotgan ma’lumotlarimiz yacheykaga sig‘magan
holda sig‘may qolgan qismi ekran yacheykasining o‘ng qismiga o‘tkaziladi (agar u bo‘sh bo‘lsa).
Bunday hollarda quyidagi usullardan foydalanib, yacheyka kengligi va balandligini o‘zgartirish
mumkin. Bir necha so‘zdan iborat va yacheykaga sig‘magan matnni ko‘rish uchun
«Главная» - «Формат» - «Формат ячеек» (Yacheyka bichimi) buyruqlarini
tanlash va bayroqcha (flajok) belgisini «Переносить по словам» degan ibora ustiga
joylashtirish kerak. Yacheykada yangi satrni boshlash uchun Alt + Enter tugmalarini bosish
kerak.
Ustun kengligini o‘zgartirish.
Bir yoki bir nechta ustun kengligini o‘zgartirish usullarini qarab chiqamiz. Buning uchun
o‘zgartirish kerak bo‘lgan ustunlarni belgilab olish kerak. Ular bir xil o’zunlikdagi yacheykalar
bo‘lishi lozim.
- Sichqoncha ko‘rsatkichini ustunning o’ng chegara chizig’iga olib kelib, ustun kengligini
keraklicha o’zaytirish.
Bu ish sichqoncha tugmasi bosilgan holatda amalga oshiriladi. «Главная» - «Формат» — «Ширина столбца» (Ustun kengligi) buyruqlarini ketma-ket
tartib bilan tanlab muloqot oynasida parametrga kerakli qiymat beriladi va OK tugmasi
bosiladi(7-rasm).
«Формат»«Формат ячеек» (Yacheyka bichimi) buyruqlari tanlanib, muloqat oynasidan
«Число» (Son)ning kerakli parametrli bichimi tanlanadi.