Jadvallar 1-jadval Turli ko’rsatkichlar bo’yicha globallashuv darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlar


O’zbekistonning Tashqi Savdo Aylanmasi( AQSh dollarida berilgan)



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə2/8
tarix17.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#115184
1   2   3   4   5   6   7   8
iqtisod Jadvallari

O’zbekistonning Tashqi Savdo Aylanmasi( AQSh dollarida berilgan)

Manba: G. Saidova “Modernizastiya, texnicheskoe obnovlenie i diversifikastiya proizvodstva, shirokoe vnedrenie innovastionnыx texnologiy – neobxodimoe uslovie vыxoda Uzbekistana na novыe rubeji na mirovom rыnke” elektron darslikdan, Toshkent-2009

Yuqorida aytganimizdek, asta sekinlik bilan import tavarlar o’rnini bosuvchi tovarlar ko’payib, chetga eksport qilinadegan tovarlar xajmi oshib bormoqda. Buni diagrammadan ham ko’rishimiz mumkin ya’ni 2008 yilda eksport xam import hajmidan ancha yuqori. 2008 yilda eksport hajmining o’sishi 2004 yil darajasiga nisbatan 2.3 barvarni, 2006 yilga nisbatan 1.9 barvarni tashkil etgan. Savdo balansi 4 mlrd. doll.dan oshdi va tashqi savdo aylanmasi 21.4 %ga o’sdi3.


7-diagramma

Yuqoridagi diagrammaga e’tibor beradigan bo’lsak, 2004 yildan 2008 yilgacha davlatimiz boyligi bo’lgan paxta tolasini eksport qilish 18.1%dan 9.2%ga qisqardi. Biz ham asta sekinlik bilan xom ashyo o’rniga tayyor mahsulotlarni ham eksport qilishga o’tmoqdamiz. Oziq ovqat mahsulotlari ham bu davr oralig’ida 3.8%dan 4.4%ga o’sdi. Mashina va uskunalarini ham eksport qilish 7.4%dan 7.5%ga o’sdi. Ammo xizmat ko’rsatishdagi eksport xajmida pasayish ko’zatilgan, ya’ni 11.8%dan 10.4%ga qisqargan. Umuman olganda 2004-2008 yillarda eksport umumiy hajmidagi tayyor mahsulotning ulushi 17,7% dan 42% ga qadar oshdi4. 2008 yilda eksport xajmi 6.1%ga o’sishga erishildi. Shundan tovar va xizmatlarning eksportdagi o’lishi 28.7%ga o’sdi5. Eksport tarkibida engil avtomobillar va elektrotexnika mahsulotlari, shuningdek to’qimachilik mahsulotlari hisobiga tayyor mahsulotlar chetga chiqarish salmog’i o’sdi.
8-diagramma

5-diagramma


O’zbekiston Iqtisodiyotiga kiritilgan investistiyalar6

Bugungi kunda yurtimiz iqtisodiyoti kundan kunga rivojlanib bormoqda. Buni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2009 yil 12 fevralida Vazirlar Mahkamasida bo’lib o’tgan yig’ilishdagi ma’ruzalarida keltirilgan ma’lumotlar ham buni isbotini beradi. Eksportning yuqori darajada (6.1%foizga) o’sishi hisobiga to’lov balansining barqarorligi va mamlakat oltin-valyuta zaxirasining o’sishi ta’minlanadi. Davlat byudjeti profistit bilan ijro etildi, inflyastiya darajasi 6,8 foizni tashkil etdi va prognoz ko’rsatkichidan oshmadi. O’zbekiston Respublikasi 2009 yilning 1-chi choragida ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to’g’risidagi doklatga binoan eksport hajmi 6.1%ga o’sgan, savdo aylanmasi 206.9 mln AQSh dolloriga ijobiy saldo bo’lgan va YaIM xajmi esa 7.9%ga o’sgan7.


Davlatimizda ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish o’rinlarini yaratish va sog’lom raqobat muhitini yaratish maqsadida xorijiy investirlar uchun keng imkoniyatlar ochilgan. Bu esa o’z mevasini bermoqda chunki, yildan yilga ularning soni ortib bormoqda. 2007 yil holatiga ko’ra jami 21 mlrd. AQSh dollaridan ziyod miqdordagi xorijiy investistiya jalb etildi. 2000-2007 yillarda to’g’ridan-to’g’ri jalb qilingan xorijiy invetistiyalar xajmi esa 3.3 mlrd dollarni tashkil etdi, 2008 yilda esa 5.4 mlrd AQSh dollari ko’proq , jumladan, umumiy qiymati taxminan 1.5 mlrd AQSh dollariga teng xorijiy investistiyalarni kiritish ko’zga tutilgan.8
Prezidentimiz aytganlaridek xorijiy investorlarni jalb qilish, TNK va MNKlarning sonini yurtimizga yanada ko’proq oshirish kerak degan gaplari xorijiy investorga e’tibor yuqoriligidan dalolat beradi.9 O’zbekiston hukumati tomonidan 2006-2010 yillar uchun ham ustivor invetistiya takliflari ro’yxatini tasdiqladi va unda 7 mlrd.AQSh dollarini tashkil etdi10. Davlatimiz chet el investorlarini jalb qilish uchun Prezindentimiz farmoyishlari bilan 2008 yildan boshlab Navoiy viloyatini erkin iqtisodiy zona deb e’lon qildilar. Navoiy aeroporti bazasida erkin industrial-iqtisodiy zonani tashkil etish, shuningdek, Navoiy shahrida yangi barpo etilgan aerodromni xalqaro operator — Koreyaning "Korean Ayr" kompaniyasi boshqaruviga berish to’g’risidagi qarorning qabul qilinishi tufayli oldimizda katta istiqbollar ochiladi. Xalqaro intermodal logistika markazining tashkil etilishi undan nafaqat Janubi-Sharqiy Osiyoni Evropa bilan bog’laydigan qit’alararo transport-ekspedistiya uzeli sifatida foydalanish imkonini beradi. Ayni paytda u Navoiy viloyati va qo’shni hududlarda yangi, yuksak texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratadi. Yaqinda Koreya Respublikasi Prezindenti tashrifidan so’ng ikki davlat hamkorligi yanada rivojlantirish uchun diplomatlar va yirik tadbirkorlar uchun vizasiz tashriflarni amalga oshirish kelishib olindi. Bularning barchasi chet el investorlarni jalb qilishga qaratilgan. Respublikamizda to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investistiyalar oqimining ko’payishi milliy iqtisodiyotning rivojlanishida:

  • ishlab chiqarish miqdorini miqdorini kengaytirish va ishlab chiqarishda eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni hajmini oshirish;

  • texnik bazani modernizastiya qilish

  • xususiylashtirish imkoniyatlarining kengayishi orqali kichik va o’rta biznesning rivojlanishi;

  • kirib kelayotgan chet el investistiyasining ortishi sababli to’lov balansining yaxshilanishi va bu bilan millliy valyuta kursini qadrining o’sishi;

  • halqaro bozorda o’z o’rniga ega bo’lgan raqobardosh mahsulotlar, xizmat ko’rsatish sohasini hamda intellektual faoliyatga taallukli bo’lgan sohalarni kengaytirish va raqobatning ko’chayishi kabi ko’plab iqtisodiy o’sishlarni ta’minlaydi11.


  • Yüklə 0,6 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin