Jadvallar 1-jadval Turli ko’rsatkichlar bo’yicha globallashuv darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlar


Rivojlangan mamlakatlarda 2007-2008 yillarda ishsizlik



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə5/8
tarix17.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#115184
1   2   3   4   5   6   7   8
iqtisod Jadvallari

Rivojlangan mamlakatlarda 2007-2008 yillarda ishsizlik
darajasi va 2009 yil istiqbol ko’rsatkichlari15

Rasmdagi ma’lumotlardan ko’rinadiki, jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi ishsizlik keyingi 3 yil mobaynida o’sib borishi kuzatilmoqda. 2009 yilda AQShda ishsizlik darajasi 7,2%, Yaponiyada 4,4%, Buyuk Britaniyada 6,4%, Germaniyada 8,2% ga o’sishi kutilmoqda. Bu o’z-o’zidan ijtimoiy transfertlarning ko’payishi hisobiga davlat xarajatlarining o’sishiga olib keladi. Shunga ko’ra, hukumatlar darajasida inqirozdan chiqish bo’yicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda bandlik masalalarini, talabni rag’batlantirish orqali ishlab chiqarish ko’lamini kengaytirishga qaratilgan keskin choralarni ko’rish masalasini ko’ndalang qilib qo’ymoqda.
AQSh Federal Zaxira Xizmatining sobiq raisi Alan Grinspen boshchiligida AQSh Federal Zaxira tizimi tomonidan olib borilgan norastional pul-kredit siyosati hamda qayta moliyalashtirish stavkasini surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida banklar tomonidan kredit berish ko’lami keskin o’sdi. Federal zaxira tizimining ekspansion pul-kredit siyosati tijorat banklariga taqdim etadigan kreditlari bo’yicha foiz stavkalarini 1,25% gacha pasaytirilishida namoyon bo’lgan edi. Alan Grinspenning ipoteka bozorlariga e’tiborsizligi, ipoteka kreditlari berish talablarining haddan ziyod erkinlashtirilishi natijasida bozorda ko’chmas mulklarga talab ortdi va uy-joy bozorida narxlarning qisqa muddat ichida keskin o’sishi kuzatildi.
Iqtisodchi olim N.Jumaevning fikriga ko’ra, Moody’s, Standard & Poors va Fitch kabi reyting agentliklarini riskli ipotekaga asoslangan qimmatli qog’ozlarga AAA reytingini berganligi bilan inqirozga o’z hissasini qo’shganlikda ayblanmoqdalar16. Mazkur reyting agentliklari tomonidan ipoteka bozorlaridagi qimmatli qog’ozlar bo’yicha berilgan xulosalariga asoslanib faoliyat yuritayotgan tijorat banklari va barcha ipoteka kreditlarining 70% ni taqdim etuvchi davlat ipoteka agentliklari (Freddie Mac (the Federal Home Loan Mortgage Corporation) va Fannie Mae (the Federal National Mortgage Association)) aktivlari sifat ko’rsatkichlarining pasayishi kuzatildi va, pirovardida, ular to’liq davlat nazoratiga o’tdi.
Yuqoridagi holatlar moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligini, shunga ko’ra, ushbu tizimni tubdan isloh qilish orqali yangi, sog’lom moliyaviy tizimni shakllantirish zarurligini tasdiqlamoqda. Global moliyaviy bozorning asosiy tarkibi va jahonning asosiy moliyaviy markazlari hisoblangan yirik fond bozorlarini o’z ichiga oluvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Xususan, rivojlangan mamlakatlar YaIMning o’sish sur’atlari keyingi yillarda ahamiyatli darajada pasayib ketdi (3-rasm).
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi iqtisodiy o’sish sur’atlarida keskin o’zgarish sodir bo’lgan. Inqirozdan jiddiy aziyat chekayotgan Buyuk Britaniya va Germaniyada 2009 yilda yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarishida 2008 yilga nisbatan 0,1% va 0,2% ga pasayish kutilmoqda.
3-diagramma

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin