Excel da jadvallarni tahrirlash Nushalash
Jadval elementlarini nushalash uchun albatta markirovka qilinishi kerak. Jadvallarni markirovka qilish qator bo`yicha chap yon tomonidan ustunlar bo`yicha esa bevosita harflar qatoridan o`rnatiladi. Yacheykalar bloki esa sichqoncha ko`rsatgichini bosgan holda surish bilan amalga oshiriladi.
Nusha olish. Ajratilgan ustun yoki satrdan nusha olish uchun avvalo nushalash piktogrammasi bosiladi, shunda ajratilgan satr yoki ustun atrofida bilinar-bilinmas harakat paydo bo`ladi. Shundan keyin nusxa joylashishi lozim bo`lgan satr yoki ustunga sichqoncha ko`rsatgichi olib borilib qirsillatiladi va Enter bosiladi.
Agar tasodifan kerakli ma`lumot o`chirilgan bo`lsa uni Ctrl+z bilan qayta tiklash mumkin. Alohida olingan katakdagi kiymatlarni sichqoncha bilan qirsillatib so`ngra Del buyrug`i bilan ham o`chirish mumkin.
Kataklarni markirovka qilish. Katak kursorini istalgan katakka ( ( ( ( tugmachalari bilan yoki sichqoncha ko`rsatgichi bilan siljitish mumkin. Bir nechta kataklarni markirovka qilish uchun, markirovka qilinmokchi bo`lgan sohaning chap yuqorigi qismi sichqoncha bilan bosiladi va ushlab turilib siljitiladi. Katakni markirovka qilish uchun istalgan katakka sichqoncha bilan qirsillatish yetarli.
Klaviaturada markirovka qilish uchun katak kursori katakka olib kelinadi va Shift bosilib katak kursori siljitiladi.
Formulalarni tahrirlash.
Formulalarni yozishda xatolarga yo`l qo`yilishi mumkin. Shu sababli uni tahrirlashga to`g`ri keladi. Biror bir yacheykadagi formulani tahrirlash uchun bu yacheyka avvalo markirovka qilinishi lozim. Co`ngra F2 tugmasi bilan yoki sichqoncha bilan ikki marta qirsillatib tahrirlash holatiga o`tish lozim. Natijada formulalar qatorida ( piktogrammalar tagidagi hator) aktivlashadi. Masalan, YE19 yacheyka markirovka qilinib so`ngra tahrirlash holatiga o`tilsa bo`ladi.
Formula qatori dagi formula miltillay boshlaydi, demak tahrirlash mumkin;
- tahrirlash Enter bosilib tugatiladi.
Cimvollarni formulaning istalgan qismiga kiritish yoki o`chirish mumkin. Buning uchun simvol yoki simvollar markirovka qilinadi, co`ngra DEL tugmachasidan foydalanish ham mumkin.
Jadvalning ustunini markirovka qilish uchun uning sarlavhasiga qirsillatiladi, qatorlarni markirovka qilish uchun esa chap chetki yo`lakchasiga, satr nomerlariga, nomiga qirsillatiladi. Bir nechta ustun yoki qator markirovka qilinishi uchun ularning birinchisi markirovka qilinish holatida sichqoncha bilan bosilgan holda siljitiladi.
Dostları ilə paylaş: |