Jadvallarni saralash



Yüklə 29,31 Kb.
səhifə7/7
tarix28.01.2022
ölçüsü29,31 Kb.
#51704
1   2   3   4   5   6   7
Achildiyev Shaxriyor

IIo BoapacraHHio yoki IIo ybbiBaHHio;

OK tugmasini bosing va saralangan jadval namoyon boTadi.

3.6. Matnlar bilan ishlash



Matnlarni «sichqoncha» yordamida belgilash

Matnlarni belgilash uchun «sichqoncha» bilan birgalikda klaviatu- radan ham foydalanish mumkin. Matnlarni «sichqoncha» va klaviatura tugmalari yordamida belgilashning bir qancha usullari mavjud boTib, ushbu darsimizda ularni ko‘rib chiqamiz:

So‘zni belgilash — Ixtiyoriy so‘zni belgilash uchun unga «sichqoncha» bilan ikki marta bosing;

Satrni belgilash — «Sichqoncha» koTsatkichini matn satrining chap chegarasiga olib boring va u chapga yo‘nalgan koTsatkich ko‘- rinishiga o‘zgaradi, shundan so‘ng «sichqoncha» chap tugmasini bosing;

Abzasni belgilash — «Sichqoncha» koTsatkichini koTsatkichli koTinishga o‘zgarguncha abzasning chap chegarasiga olib boring va «sichqoncha» chap tugmasini ikki marta bosing;

Abzasni tezkor belgilash — Abzasni tezroq belgilash uchun unga «sichqoncha» chap tugmasini ketma-ket uch marta bosing;

Bir nechta abzaslarni belgilash — «Sichqoncha» koTsatkichini o‘ngga yo‘nalgan koTsatkichli koTinishga o‘zgarguncha biror abzasning chap chegarasiga olib boring va «sichqoncha» chap tugma- sini bosgan holda koTsatkichni yuqoriga yoki pastga harakatlantiring;

Gapni belgilash — CTRL tugmasini bosgan holda ixtiyoriy gapni «sichqoncha» tugmasi bilan bosing;

Matnning ixtiyoriy qismini belgilash — «Sichqoncha» tugmasini matnning ixtiyoriy qismiga bosing va tugmani qo‘yib yubormasdan «sichqoncha» ko‘rsatkichini matn bo‘ylab harakatlantiring;

Matnning katta qismini belgilash — Matnning boshlang‘ich qismini belgilang va SHIFT tugmasini bosib turgan holda matnning keyirtgi qismini «sichqoncha» bilan bosing;

Butun hujjatni belgilash — «Sichqoncha» ko‘rsatkichini o‘ngga yo‘nalgan ko‘rsatkich ko‘rinishiga o‘zgarguncha hujjat matnining chap chegarasiga olib boring, so‘ngra «sichqoncha» tugmasini ketma-ket uch marta bosing.

Matnlarni vertikal belgilash — kursorni matnning ixtiyoriy joyiga joylashtiring va CTRL+ALT tugmalarini bosgan holda «sich- qoncha» chap tugmasini bosib, kursorni ixtiyoriy yo‘nalishga harakat- lantiring.

Klaviatura yordamida matnlarni belgilash



KJaviatura yordamida matnlar SHIFT tugmasi bosilgan holda kursorni harakatlantiruvchi tugmalar orqali belgilanadi:

Bitta belgini belgilash — kursorni matnning ixtiyoriy joyiga o‘rnating va SHIFT tugmasini bosgan holda o‘ngga va chapga ko‘rsatkichli tugmalardan foydalaning;

So‘zni belgilash — kursorni matnning ixtiyoriy joyiga o‘rnating, CTRL va SHIFT tugmalarini bosgan holda o‘ngga va chapga ko'rsatkichli tugmalardan foydalaning;

Satr oxirigacha belgilash — kursorni ixtiyoriy satr boshiga o‘rnating va SHIFT+END tugmalar birikmasini bosing;

Satr boshigacha belgilash — kursorni ixtiyoriy satr oxiriga o‘rnating va SHIFT+ HOME tugmalar birikmasini bosing;

Bitta qator past yoki yuqoriga belgilash — kursomi matnning ixtiyoriy satriga o‘rnating va SHIFT tugmasini bosgan holda yuqoriga va pastga ko‘rsatkichli tugmalardan foydalaning;

Abzas oxirigacha yoki boshigacha belgilash — kursorni abzasning ixtiyoriy joyiga o‘rnating hamda CTRL va SHIFT tugmalarini bosgan holda yuqoriga va pastga ko‘rsatkichli tugmalardan foydalaning;






Yüklə 29,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin