"Jaholatga qarshi ma’rifat" har doimgi shiorimiz bo’lishi lozim



Yüklə 193,02 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix30.03.2023
ölçüsü193,02 Kb.
#91322
“Jaholatga qarshi ma’rifat” har doimgi shiorimiz bo’lishi lozim БГУ-Бухарский государственный университет




Izlash
UZ
RU
EN

 +998 (65) 221 27
14
“Jaholatga qarshi ma’rifat” har doimgi
shiorimiz bo’lishi lozim
“Jaholatga qarshi ma’rifat” har doimgi shiorimiz bo’lishi lozimBuxoro Davlat
Universiteti, Tabbiy fanlar fakulteti, Tuproqshunoslik va geogra ya ta’lim
yo’nalishi, 2-1 GEO-15 guruh talabasi Raxmonov Ravshanbek Ziyodulla o’g’li 
Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi yangi jamiyatga o’tish
ma’rifatparvarlikdan boshlanadi. Odamlarda yangi jamiyatga nisbatan yangi
munosabatni shakllantirish jarayoni ma’rifat orqali kеchadi. Ma’rifat-
insonning ma’naviy qaramlik, qo’rquv va hadiksirashdan qutilishiga ijobiy
ta’sir etib, uning chеksiz kuch-qudratga ega bo’lishiga yordam bеradi. Bu
haqida xalqimizning boy tarixidan ko’plab misollar kеltirish mumkin.O’z
davrining doyi farzandlari o’z xalqining kеlajagiga daxldor dеb xis etganlar 
va bu yo’lda ma’rifatvarlik bilan shug’ullanganlar. Masalan, 1929 yilda
ma’rifatparvar ziyolilarning sa’y-harakatlari bilan lotin yozuvi asosida 
o’zbеk alifbosi ishlab chiqilgan va joriy etilgan. 1980-1989 yilda o’zbеk
tiliga davlat maqomini bеrish to’g’risidagi harakatlarda O’zbеkiston
ma’rifatparvarlarining hissasi katta bo’ldi. Shunday qilib, ma’naviyatning
tarkibiy qismlari o’zaro bog’liklikdan shaxs ma’naviyatining yuksaltirishga
samarali ta’sir etadi. Bu ta’sir etish jarayoni ko’pgina holatlarda ma’rifat 
orqali amalga oshiriladi, ya’ni obyеktga o’z ta’sirini o’tkazadi. Ma’rifat nima-
yu, jaholat nima? Jaholat - bu“ilm, ma’rifatdan mahrumlik, qoloqlik,
madaniyatsizlik, nodonlik, zulmat” deya talqin etilgan.. Prezidentimiz Islom
Abdug‘aniyevich Karimov ta’ri bilan aytganda: “G‘oyaga qarshi g‘oya, krga
qarshi kr, jaholatga qarshi ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish
mumkin”.Jaholatga qarshi ma’rifat – inson bu dunyoning sir-asrorlarini yetarli
darajada anglashi, o’zining kim ekanini bilishi va hayot mazmunini tushunishi
kerak. Bugungi kunda buning yagona yo’li professional shaxs bo’lishi uchun
o’z nafsini tiya bilishi, kasb-mahoratini egallashi va odam bo’lib yashash
ko’nikmasini hosil qilish kerak. Bularning barchasi bir so’z – bilmoq (ma’rifat)
zamirida jo bo’lgan. Bilimli kishi jaholat, nodonlik va yovuzlikka qo’l urmaydi.
Inson ongida uning o’zi va o’zgalarga manfaat keltiradigan tushunchalar
tarkib topishi kerak. Biror shaxs insonda ezgulikka nisbatan yovuzlikning
ustuvor bo’lishini isbotlab berolgan emas. Aksincha, insonning beg’ubor
bolalik davrini boshdan kechirishi uning ongida ezgulik ustuvor ekanini
ko’rsatadi. Shuning uchun inson ongi yovuz va johil g’oyalardan, jaholat
botqog’idan himoya qilinishi kerak. Jamiyatimizda bu ish milliy g’oya asosida
amalga oshirilmoqda. Demak, milliy g’oya asosida inson ongida ezgulik,
adolat, haqiqat, va ma’suliyat g’oyalarini shakllantirish bilan uni yovuzlik,
jaholat, nodonlik va befarqlik kabi illatlardan himoya qilish mumkin. Milliy
Творчество талантливой молодежи
Главная » Творчество талантливой молодежи » “Jaholatga qarshi ma’rifat” har doimgi shiorimiz…
29.01.2022
Ресурсы
Клуб выпускников

Журналы университета
Авторефераты, МД,
ВКРБ

Научные статьи

Борьба с коррупцией 
Вакансии

Выпускники

Университет 
Структура 
Деятельность 
Студентам 
Прием 2022 
Открытые данные
Sirtqi taʼlim 


g’oyaga ega inson yovuz g’oyalarni farqlay oladi, bu g’oyalardan har doim
uzoqda bo’lgisi keladi. Ma’lumki, ma’rifatga yo’g’rilgan kr, g’oya har qanday
shaxsni jamiyatni turli tajavozlardan himoya qila oladi. Xalqimiz ma’naviy va
axloqiy qadriyatlarida vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy iftixor,
bag’rikenglik kabi xususiyatlar ustuvordir. Ularni izchil targ’ib qilib borish bilan
ma’naviy tahdidlarga g’oyaviy zarba berish mumkin.Ma’rifat - kishilarning
ong-bilimini, ma’daniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya hamdir.
Demak, jaholat bilan ma’rifat bir-biriga qarama-qarshi, bir-birini siqib
chiqaradigan tushunchalardir. Ma’rifat insonni doimo to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi.
Ma’rifat kimgadir ko‘z-ko‘z qilinadigan, ortida qandaydir ta’ma yashirin
bo‘lgan narsa emas. Jaholat kabi kuchlarga doim ma’rifat qarshi chiqa oladi.
Chunki, ma’rifat-to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi kuch. Ma’rifat - insonni ma’naviy
kamolotga yetkazuvchi uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonidir.Sovet tuzumida
ko‘pgina xalqlarni ma’naviyatga va ma’rifatga chorlagan ko’pgina
vatandoshlarimiz o‘ldirilgan. Ular yomon ishlari uchun emas, balki jaholatga
qarshi ma’rifat bilan kurashganlari uchun otib o‘ldirilgan. Masalan, Abdulla
Avloniy bobomizning quyidagi krlarini keltirish mumkin: “Tarbiya biz uchun
yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir.” Bu
chuqur ma’noli so‘zlarning tagida qanchadan-qancha ma’no-mazmun
yotibdi. Bugungi kunda dunyoning turli mintaqa va hududlarida avj olayotgan
qarama-qarshilik, jumladan, Yaqin sharqda, Iroq va Suriya mamlakatlarida
bo‘layotgan qonli to‘qnashuvlar, musulmon dunyosidagi mazhab va oqimlar
o‘rtasida kuchayib borayotgan ziddiyatlar, begunoh odamlarning qurbon
bo‘layotgani barchamizni tashvish va xavotirga solmay bo’lmaydi. Dunyo
xalqlariga nazar tashlagan odam borki, mamlakatlarda notinchlik, ocharchilik
yuz bermoqda, hattoki, eng rivojlangan mamlakatlarda bu jarayonlar yuz
bermoqda, ularni jaholat o‘z domiga yutib ketmoqda. Bu illatlarning oldini
olish uchun o’sib ulg’ayotgan yoshlarning ongi, bilimini va aql-idrokini har
tomonlama oshirib borishimiz lozim.Mustaqilligimizning dastlabki
yillaridanoq mamlakatimizda ham har jihatdan yetuk bo‘lgan barkamol
shaxsni tarbiyalashga katta e’tibor berilmoqda va bu yo‘lda yoshlarni turli
ma’naviy xurujlardan saqlash, ularda mafkuraviy imunitetetni kuchaytirish,
jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish kabi vazifalar ustuvorlik qilmoqda.
Jaholatga qarshi esa faqat ma’rifat bilan kurashish lozim. Darhaqiqat, dunyoni
jaholat egallasa, nafaqat aql, balki aqlni peshlaydigan ma’rifat, ma’naviyat,
hur krlik, inson ozodligi barcha-barchasi barham topadi.Mashhur
faylasu ardan biri shunday aytib o’tgan: ,, Dushmaningdan qo’rqma – nari
borsa, ular seni o’ldirishi mumkin. Do’stlaringdan qo’rqma – nari borsa, ular
senga xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qo’rq – ular seni
o’ldirmaydi, sotmaydi ham, faqat ularning jim va beparvo qarab turishi tufayli
yer yuzida xiyonat va qotilliklar sodir bo’laveradi”. Bu bebaho gaplardan
ko’rinib turibdiki har bittamiz Vatanimiz rivoji, kelajagi uchun befarq
bo’lmasligimiz va bu g’ayritabiiy kuchlarga biz o’z bilimimiz, milliy mafkuramiz
bilan har doim, har soniya qarshi turmog’imiz lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar Internet
saytlariwww.arxiv.uzwww.ziyonet.uzwww.kun.uzwww.google.com

(+998) 65 221-29-14

8(365) 221-27-07

город Бухара, ул. М.Икбол дом 11

buxdu_rektor@buxdu.uz




Казначейство Министерства финансов
Номер счета: 23402000300100001010
МФО: 00014 ИНН: 201122919
Центральный банк Республики
Узбекистан г. Ташкент
(БГУ: 400910860064017950100079002)
ИНН: 201504275
Полное имя для платежа (пишется
уникальный код)
Контакты
Реквизиты
Карта


Все права защищены. © 2023 
buxdu.uz

Yüklə 193,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin