Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

A.Allambergenov: 
Jiddiy yangilanayotgan adabiy ta-
fakkurga turli xil yo‘nalishlar ta’siri ortib bormoqda, xususan, 
modernizm o‘rnini egallayotgan postmodernizm ta’limoti 
ta’sirini ta’kidlashimiz mumkin. Postmoderncha talqin she’riy 
dunyoqarash yuksalishiga olib keladimi yoki aksincha?
U.Hamdam: 
Postmodernizm modernizmdan keyin 
kelgan bo‘lib («post» – keyin), o‘ta murakkab va serqirra 
adabiy oqimdir. Adabiy oqim deyilsa-da, postmodernizm 
xuddi modernizm kabi inson dunyoqarashiga ta’sir qil-
gan, keng tarmoqli va g‘oyat ziddiyatli hodisadir. U haq-
dagi qarashlar ham tugallanmagan. Chunki hodisaning 
o‘zi davom etmoqda. Qayerdaki xaos bor ekan, u yerda 
postmodernizm ham bor deb qaraladi. Xaos esa hozirda 
dunyoning hamma joyida bor.
Postmodernizmni maydonga chiqargan ko‘pdan ko‘p 
omillarning bir nechtasiga e’tibor beramiz:
1. Dunyo madaniyatlarining qorishuvi. Bunga elektron 
axborot vositalarida ro‘y bergan tezkorlik, masalan, te-
levideniye va internetni asosiy sabablardan biri sifatida 
ko‘rsatish mumkin. Natijada turfa xil madaniyatlar ilgari 
hech qachon ko‘rilmagan, kuzatilmagan darajada bir-bi-
riga ta’sir qildi, bir-biriga qorishdi. Turmushdagi bu hol 
(eklektiklik) san’at va adabiyotga ham ko‘chib o‘tdi. Turli 
san’atlar o‘zaro bir-biriga «aralashdi».
2. Ommaviy didsizlashuv. Bunga sabab qilib olimlar 
badiiy asar qimmatini uning qancha ko‘p foyda keltir-
ganligi bilan o‘lchanishini ko‘rsatishadi. Natijada badiiy 
asarga san’at asari deb emas, balki tovar o‘laroq qaraldi 


226
227
va shunday «ishlab chiqara» boshlandi. Uslublar, janrlar 
qorishdi, mutatsiyaga uchradi. Chinakam san’at asari bi-
lan ommaviy asar o‘rtasidagi chegara buzildi. San’at asari 
dizaynlashdi, ya’ni faqat uning tashqi bezagiga e’tibor 
kuchaydi. Uni sotiladigan tovarga aylantirildi. Bularning 
hammasi bir bo‘lib ommaviy didsizlashuvga yo‘l ochdi.
3. Dunyo holining doimiy o‘zgarib turishini falsafiy
badiiy-estetik idrok qilish natijasida umidsizlik, ertangi 
kunga ishonchning yo‘qolishi va h.k...
Bu kabi omillar postmodernizmni paydo qildi. Bundan 
tashqari, realistik san’at olamni tushunish va tushuntirish-
ga uringan metarivoyatlar yaratgan bo‘lsa, postmoder-
nizm ularni bekor sanaydi, o‘rniga butun olam haqida 
emas, balki uning parchalari haqida tasavvur beradigan 
kichik hikoyalar yaratadi. Chunki faqat parchalargagina 
isho nish mumkin deb biladi. Mutaxassislarning fikricha, 
ayni shu xusus postmodernizmni modernizmdan ajratib 
turuvchi asosiy farqdir. Chunki modernizm ham xuddi rea-
lizm kabi dunyoni yaxlit ko‘radi, voqelikni badiiy idrok etish 
mumkin emas deb bilsa-da, uning yaxlit, butun modelini 
yaratishga urinadi. Postmodernizm esa voqelikni par-
cha-parcha holida ko‘radi va ifodalaydi. Postmodernizm 
uchun ijodning, asarning o‘zi jarayon, maqsaddir. Uning-
cha, badiiy asar tashqaridagi olamni tushuntirib berishga 
qodir emas, shuning uchun ijod jarayonining o‘zi qadriyat. 
Zero, dunyoni anglab bo‘lmaydi, uning o‘zi ma’ni (logos)
dan xoli deb biladi. Postmodernizm an’anaviy madaniyat 
negizidagi logosentrizmni inkor qiladi. Bas, shunday ekan, 
dunyo haqida u yoki bu ma’noga suyangan konsepsiyani 
ilgari surayotgan muallifning o‘zi ham qadrini yo‘qotadi. 
Chunki, postmodernizmga ko‘ra, muallifni qadrli qilayot-
gan logos (ma’ni) o‘z ahamiyatini yo‘qotgandir. Modomiki, 
dunyoni ma’no yordamida tushuntirib bo‘lmas ekan, uni 
tushuntirmoqchi bo‘lgan muallifning ham o‘rni bo‘lmay-
di. «Muallif o‘limi» konsepsiyasi shunday vujudga kelgan. 
Dunyoni uzuq-yuluq rivoyatlargina tushuntirishi mumkin 
deydi postmodernizm. Darhaqiqat, XVIII asrdan e’tiboran 
insonning dunyoni o‘zgartiruvchilik rolining sekin-asta pa-
sayishib kelishi va, nihoyat, yo‘qolishi adabiyotdagi sub-
yekt rolining tushib ketishiga olib keldi. Bu esa «muallif 
o‘limi»ni paydo qildi. Natijada adabiyotga yakka shaxs-
ning maqsadli yo‘naltirilgan yaratuvchilik faoliyati deb 
emas, balki negizida kollektiv ijod mahsuli bo‘lgan «in-
tertekstual o‘yin» deb qarala boshlandi. Avvaliga (XX asr 
avvalida) Nitshe: «Xudo o‘ldi», – deb jar solgan edi, XX ik-
kinchi yarmida esa «muallif o‘limi» e’lon qilindi. Inson ham 
matndan, koddan iborat, uning butun umri davomida ayt-
gan har bir fikri, so‘zi, xatti-harakati – kod. Hammasini u 
ajdodlardan meros qilib olgan. Uning o‘ziga tegishli hech 
narsasi yo‘q. Insoniyat madaniyati ham butun boshli bir 
intermatn. Inson tomonidan yozilayotgan har qanday asar 
ham ana shu intermatndan olinadi (intertekstuallik) va 
bu matn ijodkorning kodlangan subyekti, xolos. Demak, 
muallif ham yo‘q, u o‘lgan (Fuko va Bart tadqiqotlariga qa-
rang) deyishdi.
Endi, Anvar, o‘zingiz xulosa qiling, mana shuncha gap-
dan keyin «postmoderncha talqin she’riy dunyoqarash 
yuksalishiga olib keladimi?..». Nazarimda, postmodern 
dunyoqarash va ifoda yo‘sinini o‘z dunyoqarashi va us-
lubiga payvand qilgan, lekin bu dunyoqarashda o‘zligini 
yo‘qotib qo‘ymagan ijodkorgina mazkur yo‘nalishning 
mahv etuvchi bo‘ronlaridan omon chiqa oladi. Faqat 
shunday ijodkorning she’riy dunyoqarashida, aytaylik, 
badiiy tafakkur tadrijida siljish bo‘lishi mumkin. Men bu 


228
229
haqdagi mulohazalarimni «Inson va postmodern dunyo» 
degan she’rimda to‘liqroq ifodalaganman.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin