A.Allambergenov: Sizningcha, o‘zbek modern she’ri-
yatida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga e’tibor ne-
chog‘lik?
U.Hamdam: Bu masala o‘zbek she’rshunosligida mo-
nografik planda hali o‘rganilgan emas. Jumladan, men
ham masalani siz qo‘ygan tarzda qo‘yib tadqiq qilgan
emasman. Hozirgacha modernizm haqida yozganlari-
miz uning umumiy qiyofasini chizishga qaratildi desam
ko‘nglim xotirjam topadi. Chunki yo‘q narsani bor qilib
ko‘rsatmagan bo‘laman-da. Demak, bu kabi masalalar
sizlar kabi yosh tadqiqotchilarini kutib turibdi.
A.Allambergenov: Tilni bilmay she’r yozishga jazm
qilgan shoir suzishni bilmay daryoga tushgan tentakka
o‘xshaydi deyishadi. Hozirgi kunda she’r nimaligini bil-
may yoki modernizmning asl mohiyatini anglamay mo-
dern yo‘nalishida ijod qilayotganlar ko‘p. Bular haqida
nima degan bo‘lardingiz?
U.Hamdam: Ha, hozirda modernizm ayrim iste’dod-
siz qalamkashlar qochib borib ostiga yashirinadigan kat-
ta xona burchagidagi stolga aylanib qoldi. Ular ana shu
stol ostiga kirib olsak, bas, modernist bo‘lamiz-qolamiz,
asli kim ekanligimizni hech kim bilmaydi deb o‘ylashib, tu-
shunuksiz, nuqta-vergulsiz va qofiyasiz misralar yig‘indisini
modernistik asar bo‘lsa kerak deb taxmin qilishadi, bosh-
qalarni ham shunga ishontirmoqchi bo‘lishadi. Xato! Mo-
dernizm oddiy hodisa emas. Aksincha, u juda murak-
kab va rang-barang ko‘rinishli adabiy oqimdir. Shuning
uchun ham hali hech bir shoir yoki nosir o‘zbek adabiyotida
chinakam modernizm hodisasi bo‘lib ko‘z oldimizda qad
rostlagan emas. Boshqa tomondan, biz Sharq farzandla-
rimiz. O‘zbek ijodkori siymosidan G‘arb modernistini qidi-
rish ham to‘g‘ri emas. Qolaversa, ko‘chada allaqachon bosh-
qa havo esib turibdi: postmodernizm, metamodernizm,
metarealizm, astro degandek. Bularning barchasini kichik
bir suhbat doirasida qamrab olib bo‘lmaydi.