Jahon adabiyoti tarixi


Nemis ma'rifatchilik adabiyoti



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə95/183
tarix26.10.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#161590
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   183
Nemis ma'rifatchilik adabiyoti. XVIII asrda yevropadagi bir necha davlatlarda (Fransiya, Angliya) markazlashgan mutloq hokimiyat vujudga kelgan bo‘lsa, Germaniya juda ko‘p maydda knyazlik, graflik, imperiya shaharlaridan iborat kichik davlatlarga parchalanib ketgan edi.
XVIII asrda Germaniya iqtisodiy qoloq, milliy siyosiy birlikdan mahrum, tarqoq mamlakat edi. Mamlakatni 300 dan ortiq katta va kichik hukmdorlar – knyazlar, gersoglar, graflar boshqarar edilar. Ular mustaqil siyosat o‘tkazar va imperatorga bo‘ysunmas, Germaniyaning birlashuviga asosiy g‘ov bo‘lardilar. Kasb-kor, savdo-sanoat ishlari va dehqonchilik nochor ahvolga tushib qolgan edi. Mamlakatda umum noroziligi hukmron edi.
Na maorif ishlari yo‘lga qo‘yilgan, na matbuot erkinligi va na afkor omma bor edi. Germaniyaning ana shu ayanchli tarixiy sharoiti nemis ma'rifatchilari oldiga asosiy vazifa qilib, mamlakatni milliy jihatdan birlashtirish vazifasini qo‘ydi. Aynan mana shunday og‘ir davr nemis adabiyotining buyuk davri bo‘ldi, chunki XVIII asrda shoirlardan Gyote va Shiller, Lessing va Gerder, faylasuflardan Kont va Fixte dunyoga keldilar.
Nemis ma'rifatchilari o‘z rivojlanishida to‘rt bosqichni bosib o‘tdi:

  1. XVIII asrning 20-50 yillarida klassitsizm hukmronlik qildi. Yozuvchilar asosan o‘tmishga murojaat qildilar;

  2. XVIII asrning 60-yillari – bu davrda tasvirning realistik uslubi ustun turdi. Lessing realizm nazariyasini io‘lab chiqdi, “Laokoon” risolasini va “Minna foy Barnxelm” komediyasini yozdi. Nemis adabiyoti o‘zining yetuk davriga kirdi.

  3. XVIII asrning 70-80 yillar adabiyoti “Bo‘ron va tazyiq” adabiy harakati yosh shoirlarning isyonkorlik ruhida yozilgan asarlari natijasida yuzaga keldi. Gyote va Shillerning ilk ijodi davri (Gyotening “Gyos fon Berlixingen” dramasi, Shillerning “Qaroqchilar”, “Makr va muhabbat” tragediyalari);

  4. XVIII asrning 90-yillari Shillerning “Vallenshteyn” tragediyasi, “Fojiaviy san'at to‘g‘risida xatlar” nazariy asarlari yozildi. Fransuz burjua inqilobining adabiyotga ta'siri. Gyote bir qator balladalar (“Korinflik kelin”, “Xazina izlovchi”, “Afsungarning shogirdi”), “Vilgelm Meysterning o‘quvchilik yillari” romanini, “Faust” ning I qismini yozib tugatdi.

XVIII asr nemis adabiyoti va madaniyati Lessing va Gotshid, Gellert va Vinkelman, Mendelson va Nikolay kabi shoir va yozuvchilarni, “Bo‘ron va tazyiq” adabiy harakatining ajoyib namoyandalari, Gyote bilan Shillerni, Motsart va Betxoven kabi kompozitorlarni yetishtirdi. XVIII asr nemis ma'rifatchilik adabiyoti o‘z xalqiga milliy birlik, o‘z kuchlariga ishonch, adolatga intilish kabi tuyg‘ularni singdirdi.
Nemis ma'rifatchilarining asosiy vazifasi – mamlakatni milliy jihatdan birlashtirish. (Fransiyada – inqilobga tayyorlash bo‘lgan). Bu davrda falsafa ham juda ham ravnaq topadi. (Kant, Fixte, Gegelp). Yozuvchilar o‘z asardarida falsafiy masalalarga keng o‘rin berdi.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin