lozim. Har qanday davlat o‘z iqtisodiyotining konkret xususiyat-
laridan, tashqi iqtisodiy aloqalarda ishtirok etishi uchun uning
ochiqlik darajasidan kelib chiqqan holda o‘z valuta intervensiyas-
ining vazifalarini belgilaydi.
Amaliyot shuni ko‘rsatib turibdiki, hozirgi sharoitda davlatlar valuta bozoridagi o‘z faoliyatida qisqa va uzoq muddatli maqsadlarni ko‘zlamoqda. Shu bilan birga, ular tomonidan valuta bozoridagi kursning harakat tendensiyasini o‘zgartirishga urinishlar qilinmoqda. Markaziy bank tomonidan mamlakat valuta zaxiralari

bilan operatsiyalar o‘tkazishda ko‘plab davlatlarning ehtiyotkorligi
ko‘zga tashlanmoqda.
Valuta tizimi – milliy qonunchilik yoki davlatlararo kelishuv-
Valuta tizimi – milliy qonunchilik yoki davlatlararo kelishuv-
lar bilan mustahkamlangan valuta munosabatlarini tashkil etish
va muvofiqlashtirish shaklidir.
Valuta tizimi – davlatlararo shartnomalar va kelishuvlar
bilan belgilanadigan, xalqaro valuta munosabatlarini tashkil
etishning davlat-huquqiy shaklidir.
Valuta tizimi – xo‘jalik aloqalarining baynalmilallashuvi aso-
sida tarixan shakllangan, valuta amali bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir.
Valuta tizimini valuta, valuta munosabatlari, valuta munosa-
batlarini amalga oshiruvchi va ularni tartibga soluvchi hamda muvofiqlashtiruvchi organlar yig‘indisi sifatida ham tasavvur qilish mumkin.
Valuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va o‘rni
jamiyat iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi.
Xalqaro valyuta bozori 1971 yilda tashkil etilgan. Valyuta almashinishning asosiy printsipi boshqa valyutani almashtirishdir. Bu bozor dunyodagi eng yirik hisoblanadi. Uning hajmi bir trillion dollarga teng. Ushbu bozorning faoliyatiga korporatsiyalar, tijorat va davlat banklari, brokerlar va boshqa moliya tashkilotlari jalb qilingan.