Jahon dehqonchiligi



Yüklə 19,53 Kb.
tarix01.12.2022
ölçüsü19,53 Kb.
#71653
JAHON DEHQONCHILIGI


JAHON DEHQONCHILIGI
Dehqonchilik qishloq xo'jaligining yerga ekin ekib, hosil olish bilan shug'ullanadigan eng asosiy tarmog'idir. Jahon dehqonchligi о`zida nihoyatda xilma-xil tarmoqlarni birlashtiradi.
Donli ekinlar dehqonchilikning eng yirik tarmog'idir. Donli ekinlar turi ancha ko'p bo'lib, jahon ekin maydonlarining o'rtacha yarmi (0,7 mlrd. ga) da ekiladi. Don mahsulotlari aholi ozig'ining asosi bo'lib, hosilining yalpi hajmi 1,9 mlrd. t. g'allani tashkil qildi.
Jahon don xo'jaligining eng samarali vakillari bug'doy, sholi va makkajo`xoridir. Bular orasida eng ahamiyatlisi esa bug'doydir. Uning asl vatani Kichik Osiyo va O'rtayer dengizbo`yi hududlaridir.
Bug'doy jahonning deyarli barcha davlatilarida ekiladi va jami donli ekinlar maydonining 1/3 qismini band qilib kelmoqda. Jahonning asosiy bug`doyzorlari Yer sharining birinchi «bug'doy belbog'i» hisoblanadigan Shimoliy yarimshaming o'rta kengliklari bo'ylab tarqalgan. Bu kengliklarda joylashgan AQSH, Kanada, Rossiya, Ukraina, Qozog'iston, Xitoy jahonning eng yirik bug'doy yetishtiruvchi mamlakatlari hisoblanadi. Dunyoning ikkinchi bug'doy mintaqasi esa Janubiy yarimsharning o'rta kengliklari bo'ylab yastanib yotadi. Undagi bug'doyli maydonlar Lotin Amerikasi, Afrika va Avstraliyaning Janubiy hududlari bo'ylab joylashgan. Ushbu mintaqada joylashgan Avstraliya va Argentina davlatlari ham jahonda bug'doy yetishtiruvchi yirik davlatlardan hisoblanadi. Aholi jon boshiga eng ko'p sifatli bug'doy yetishtirish va uni eksport qilishda yirik davlat sifatida Kanada alohida o'rin tutadi. Mashhur Shimoliy Amerika Preriyasining yuqori kengliklari bo'ylab joylashgan Vinnipeg shahri Kanadaning «bug'doy poytaxti» hisoblanadi.
Jahon donli ekinlari orasida yalpi hosili va ahamiyatiga ko'ra ikkinchi o'rinni sholi egallaydi.
Dunyo donli ekinlari ekin maydonlarining tarkibi quyidagicha: bug`doy – 30%; sholi – 28%; makkajo`xori – 25%; arpa – 9%; oqjo`xori – 3%; javdar – 2% va boshqa donli ekinlar – 3%.
Dunyo aholisining yarmiga yaqinining asosiy ovqati guruchdan tayyorlangan taomlardir. Sholi minglab yillar oldin Xitoy va boshqa Sharq davlatlarida ekilib kelingan va asta-sekin jahon bo`ylab tarqalgan.
Sholi ekinlarining dunyoning issiq va suv yetarli hududlari bo`ylab tarqalishi uning xususiyati hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Sharqiy, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari jahon yalpi sholi hosilining 9/10 qismini yetishtirmoqda. Umuman, dunyodagi barcha sug`oriladigan ekin maydonlarining 2/3 qismida sholi ekiladi. 
Yana bir muhim donli ekin makkajo`xoridir. Uning asl vatani Meksika hisoblanadi. Makkajo`xori, odatda, doni va poyasi uchun ekiladi. AQSH makkajo`xori yetishtiradigan davlatlar orasida alohida ajralib turadi. Uning hissasiga jahonda yetishtirilayotgan makkajoo`xori yalpi hosilining 40% idan ko`prog`i to`g`ri keladi. Dunyo davlatlari orasida makkajo`xori yetishtirishda Xitoy, Argentina, Avstraliya, Vengriyaning ham mavqeyi ancha yuqori. 
Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlashda moy, ildizmeva, sharbat, quvvat beruvchi ziroatchilik tarmoqlari ham ahamiyatlidir. 
Aholi tomonidan iste`mol qilinadigan moyning 2/3 qismi soya, kungaboqar, yeryong`oq, chigit va boshqalardan olinadi. Soya yetishtirishda – AQSH (jahon soyasining yarmi), Braziliya, Argentina, Xitoy; yeryong`oq yetishtirishda – Hindiston; kungaboqar yetishtirishda – Rossiya,

Ukraina; zaytun yetishtirishda Italiya, Ispaniya alohida ajralib turadi. 


Ildizmevalilardan kartoshka yetishtirishda Rossiya, Polsha, Xitoy eng yirik mamlakatlardandir. Qandlavlagi, asosan, qand-shakar olishda ishlatiladi va uni yetishtirishda Ukraina, Fransiya, Rossiya yetakchilik qiladi. Shakarqamish Hindiston, Braziliya, Kubada ko`p yetishtiriladi.
Choy (Hindiston, Xitoy, Shri-Lanka), kofe (Braziliya, KOlumbiya, Meksika), kakao (Gvineya qo`ltiqbo`yi davlatlari) quvvat beruvchi shifobaxsh ekinlardandir.
Jahonda 80 dan ortiq mamlakatlarda paxta ekilib, yiliga o`rtacha 17-18 mln. t tola ishlab chiqariladi. Xitoy, AQSH, Hindiston, Pokiston, O`zbekiston eng ko`p paxta yetishtiradigan davlatlardan hisoblanadi. Paxta tolasini eksport qilishda esa AQSH, Pokiston, O`zbekiston yetakchilik qiladi.
Yüklə 19,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin