quwatlarini ishlab chiqarishda birlamchi xom ashyo sifatida ko’mirning ulushi 60 foizga teng. Tabiiy gazda ishlovchi issiqlik elektrostansiyalari mamlakat shimolida, mazutda ishlovchilari esa neftni qayta ishlovchi hududlarda joylash- gan. Germaniya atom elektrostansiyalari umumiy quwati 20 mln. kvtni tashkil etadi. Suv zaxiralari joylashgan janubiy hududlarda esa gidroelektrostansiya- larning o’rni katta. Qora metallurgiya sanoati salohiyati bo’yicha Germaniya dunyoning yetakchi mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Jumladan, chyan, plat, po’lat prokati ishlab chikarish bo’yicha mamlakat Yaponiya, AQSh va XXR kabi davlatlar bilan o’rin almashib turadi. Rangli metallurgiya sanoati asosan chetdan keltirilgan xom ashyo asosida ishlaydi. Germaniyaning ayniqsa alyuminiy va mis ishlab chiqarish sanoatlari yuqori darajada rivojlangan. Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati mamlakatning majmua sifatida shakllangan eng yirik tarmoqlaridan biridir. Harbiy hududlarda ushbu tarmoq mahsulotlarining yarmi, sharqiy sarhadlarda esa 40 foizi ishlab chiqariladi. Mashinasozliktaraqqiy etgan shaharlar qatorida Myunxen, Nyumberg. Maigeym, Gamburg, Berlin va aytib o’tish mumkin. Reyn-Vestfaliya - nemis kimyo sanoatining asosiy markazi bo’lib, u yerda tarmoq yalpi mahsulotining 2/5 qismi ishlab chiqariladi. Germaniyaning asosiy sanoat o’choqlari jug’rofiy jihatdan quyidagicha koYinishda: Reyn-Vestfaliya - mamlakatning asosiy sanoat bazasi (qora metallurgiya, mashinasozlik, metallni qayta ishlash, elektrotexnika, kimyo, neftni qayta ishlash); Janubi-g’arbiy hudud - avtomobilsozlik, elektrotexnika, kimyo, neftni qayta ishlash va tekstil sanoati; Janubiy hudud avia- va avtomobilsozlik, asbobsozlik, harbiy, neftni qayta ishlash, yengil sanoat; Shimoliy hudud -