amalga oshiriladi. Tashqi iqtisodiy aloqalari Eksport hajmi byicha Fransiya yirik beshtalikka kiradi (483,1 mlrd. doll. - 2006 yil). Asosan mashinalar va transport uskunalari. samolyot, plastmassa, kimyo va farmatsevtika mahsulotlari, temir, plat, ichimliklar eksport qilinadi. Import hajmi byicha esa 520,8 mlrd. doll. bilan jahonda 6-rinda turadi. Xorijdan olib kiriladigan mahsulotlar tarkibida mashinalar va asbob-uskunalar, avtomobillar, neft, samolyot, plastmassa va kimyo mahsulotlarining ulushi katta. Fransiyaning asosiy tashqi savdo hamkorlari Germaniya, Ispaniya, Belgiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya vaAQShdir. www.ziyouz.com kutubxonasi
Rossiya Federatsiyasi nafaqat Yevroosiyo qifasida, balki jahondagi eng yirik mamlakat hisoblanadi. Maydoni - 17,1 mln. km2. Rossiyaning Yevropa qismiga mamlakat umumiy maydonining 1/3, Osiyo qismiga esa qolgan 2/3 hududi to’g’ri keladi. Aholisi 141,4 mln. kishidan (2007 yil) iborat bo’lib, bu ko’rsatkich bo'yicha dunyoda 8-o’rinda turadi. Quruqlikdagi chegarasi uzunligi 14,3 ming km blgani holda dengizbo’yi hududlari uzunligi 44,3 ming kmni tashkil etadi. Rossiya Federatsiyasi poytaxti - Moskva shahri. Tabiiy sharoiti va resurslari. Rossiyada 120 mingdan ortiq daryo mavjud bo’libf ularning eng yirik va sersuvlari Shimoliy Muz okeaniga qshiladi. Mamlakat hududidan makon topgan ikki mingga yaqin ko’ldan Baykal ko’li mashhur blib, u dunyodagi eng chuqur kl hisoblanadi. Rossiya maydoni jihatidan eng yirik davlat blgani uchun deyarli barcha tabiiy boyliklarga egadir. Jumladan, jahon ko’mir resurslarining yarmi, neft zaxiralarining 28 foizi, tabiiy gaz boyliklarining esa 65 foizi Rossiya hissasini