244,6 ming km bo’lib, ular orqali transportirovka qilinadigan neftning 3/4 qismi
oqib tadi. Tabiiy gaz quvurlarining uzunligi esa 548,7 km. ni tashkil etadi.
Kema qatnovi ylga qyilgan AQSh daryolariga Missisipi va Muqaddas
Lavrentiya daryolarini kiritish mumkin.
Havo transporti ichki va xalqaro ynalishlarda ylovchi tashishda muhim
ahamiyat kasb etadi. AQSh samolyot parki dunyodagi eng yirik hisoblanadi.
Aeroportlar soni esa 14 947 tani (2007 yil) tashkil etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tashqi iqtisodiy aloqalari. Tashqi savdo aylanmasi hajmi byicha AQSh
dunyoda yetakchilik qiladi. Biroq eksport hajmi byicha 2007 yilda mamlakat
Xitoyga 1-o’rinni boy berdi. Eksport tarkibida samolyotlar, avtomobillar,
kompyuterlar, kimyo va telekommunikatsiya jihozlari, qishloq xo’jaligi
mahsulotlari, dori-darmonlar asosiy o'rinni egallaydi. AQShda import hajmi 2006
yilda 1,861 trln. doll. ga yetib, bu borada u yetakchilik qiladi. AQSh asosan sanoat
yarimtayyor mahsulotlari, kapital sig’imi yuqori blgan mahsulotlar
(kompyuterlar, telekommunikatsiya jihozlari, avtomobil ehtiyot qismlari, ofis
texnikasi), iste’mol mahsulotlarini (avtomobil, kiyim-kechak, dori-darmon, mebel,
o’yinchoqlar) import qiladi.
AQShning asosiy tashqi savdo hamkorlari Kanada, Meksika, Xitoy,
Yaponiya, Germaniya va Buyuk Britaniya hisoblanadi.
KANADA
Kanada Shimoliy Amerika kontinentining shimolida joylashgan rivojlangan
mamlakatdir. Maydoni - 9 985 ming km2 (2-o’rin). Aholisi 33,4 mln. kishidan
(2007 yil) iborat. Quruqlikdagi chegarasi uzunligi 8893 kmni tashkil etib, janubda
va shimoli-arbda AQSh bilan chegaradoshdir. Qirg’oqbo’yi hududlari uzunligi
Dostları ilə paylaş: |