Nyu-York, Los-Anjeles, Chikago, Filadelfiya, Detroyt, Oklend bilan birgalikda San- Frantsisko kabilarni kiritish mumkin. Davlat tili - ingliz tili. Davlat tuzumi. AQSh federativ respublika. Davlat va hukumat boshlig’i - prezident. Prezident 4 yilga saylanadi. Oliy qonun chiqaruvchi organ Kongress blib, u ikki palatadan iborat. Senatga harbir shtatdan ikki kishidan 6 yil muddatga saylanib, umumiy aJzolari soni 100 senatordan iborat. Vakillar palatasi esa 435 kongressmendan tashkil topib, ular har ikki yilda saylanadi. Shtatlarda ijro etuvchi hokimiyat vakolati gubernatorlarga yuklatilgan. SanoatL AQSh sanoatida trt asosiy funksional ishlab chiqarish majmuasi yuzaga kelgan: yoqilg’i-energetika, material ishlab chiqarish, mashinasozlik va xalq iste'moli mollarini ishlab chiqarish. www.ziyouz.com kutubxonasi
Qora va rangli metallurgiya hamda mashinasozlik (avtomobilsozlik, avia- raketa ishlab chiqarish sanoati, radioelektronika, qishloq xo jaligi mashinasozligi, turli xil dastgohlarni ishlab chiqarish) AQSH qayta ishlash sanoatining asosiy bo'g’inlariga aylangan. Mamlakatda qudratli harbiy sanoat ham tashkil etilganki, u ko plab tur va maqsadlarda foydalanilishi mumkin blgan harbiy texnika va qurol-yaroq ishlab chiqaradi. Nyu-York Detroyt, San- Fransisko, Los-Anjeles, Xantsvill, Rod-Aylend, Sietl va Fort-Uezt harbiy ishlab chiqarish markazlari hisoblanadi. AQSh yoqilg’i-energetika majmuasi dunyodagi eng yirik energiya ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi hisoblanadi. Mamlakat kmir sanoati Xitoydan keyin ikkinchi rinda turadi. Elektroenergiyaning asosiy manbalari issiqlik elektrostansiyalari (70 foiz), gidrostansiyalar (10 foiz) va yadroviy