bolgan mamlakatlarning ham mavjudligi yuqorida bayon qilingan fikrimizni tasdiqlaydi. Hudud, ayniqsa, qishloq xjalik ishlab chiqarishi bilan uzviy aloqador. Yer qishloq xjalik sohasining asosiy ishlab chiqarish vositasi, uning eng muhim predmetidir. Bunda hududning geofafik o’rni, tabiiy sharoitlari, mintaqaviyligi juda katta o’rin tutadi. Chunki kattaligi bir xil blgan ekin maydonidan har xil miqdordagi hosil oiinishi mumkin. Shuningdek, bir ekin maydonidan bir yilda bir marta hosil olinsa, boshqa maydondan ikki-uch marta hosil yig’ib olinadi. Shunga o’xshash jihatlarning hudud salohiyatini baholashda hisobga olinishi muhim rl ynaydi. Har qanday hudud siyosiy-ma’muriy (davlat, undagi federativ va ma’muriy tuzilmalarning hududlari), iqtisodiy (iqtisodiy rayonlar, mintaqalar hududlari, ishlab chiqarish majmualarining hududlari), tabiiy-geografik (tekisliklar va tog’lar, vohalar va vodiylar, tabiat zonalari va boshqalar) belgilarining bir butunligi aloqadorligi, bog’liqligi bilan ifodalanadi. Mazkur belgilarning, ularga xos xususiyatlarning mavjudligi u yoki bu hududda iqtisodiy va ijtimoiy tizimlaming shakllanishi va rivojlanishiga bevosita hamda bilvosita ta’sir qilib, u orqali boshqarish maqsadi va mazmunini aniqlashda yordam beradi. Hududlar ishlab chiqarishdan tashqari mavjud aholining o ziga xos ma’naviy, ma’rifiy va madaniy rivojlanish xususiyatlari, turmush tarzi va boshqa jihatlari bilan ham bir-biridan ajralib turadi. Shunday qilib hudud - ishlab chiqarish jarayonining muhim sharti. Undan: a) makon (maydon); b) mehnat predmeti (konlar, suv, rmon va boshqalar); v) mehnat vositasi (ekin maydoni va boshqalar); g) hayot faoliyati (yashash, turmush kechihsh, dam olish va hk.) amalga