Qisqa vaqt ichida koronavirus kasalligi (COVID-19)ning global miqyosda keng tarqalishi deyarli barcha davlatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatga salbiy taʼsir koʻrsatib, uning taʼsir koʻlami kengayishda davom etmoqda.
Koʻplab xalqaro tashkilot va ekspertlar tomonidan dunyoda va umuman olganda har bir mamlakat iqtisodiyotida kuzatilayotgan murakkab vaziyat va qiyinchiliklar xarakteri jihatdan oldingi iqtisodiy inqirozlardan farq qilib, koʻlami jihatidan 1929-1932-yillardagi “Buyuk depressiya” dan keyingi eng ogʻir holat sifatida qayd etilmoqda.
Xususan, 1929-1932-yillar mobaynida dunyo iqtisodiyoti umumiy hisobda taxminan 15 foizga qisqargan boʻlsa, 2008-2009-yillardagi global moliyaviy inqiroz natijasida global iqtisodiy oʻsish surʼatlari mos ravishda 3 va -0,6 foizni tashkil etgan.
Xalqaro valyuta jamgʻarmasining (XVJ) joriy yilda koronavirus pandemiyasi kengayishining toʻxtatilishi va ikkinchi yarim yildan boshlab iqtisodiy faollikning bosqichma-bosqich tiklanishi boʻyicha taxminlariga asoslangan bazaviy prognozlariga koʻra pandemiya dunyo miqyosida iqtisodiy o‘sish sur’atlariga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi. ma’lumotlarga ko‘ra, koronovirus tufayli 2020 yilda dunyo iqtisodiyotining o‘sishi 4,5 foizdan 6,0 foizgacha pasaygan. Shu bilan bir qatorda jahon iqtisodiyoti o‘sishining hozirgi dinamikasida jahon iqtisodiy faolligining qariyb 60 foizi to‘g‘ri keluvchi rivojlangan iqtisodiyotga ega bo‘lgan mamlakatlar kamida 2024 yilgacha bo‘lgan muddatda o‘z imkoniyatlari darajasida faoliyat ko‘rsata olmaydilar. Oʻzbekistonda esa 1,8 foizlik iqtisodiy oʻsish prognoz qilinmoqda.
Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan inqirozli holatning oʻziga xos xususiyatlari shundan iboratki:
birinchidan, yuzaga kelgan murakkab iqtisodiy vaziyat bank va moliya sektoridagi qandaydir inqirozli holat natijasi emas hamda fiskal yoki monetar siyosat orqali uning toʻliq yechimini taʼminlash imkoniyati cheklangan. Mavjud vaziyat, eng birinchi navbatda “insoniy” yoki “inson sogʻligi inqirozi” bilan bogʻliq;