Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqichlari mundarija: kirish I bob. Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari


Globallashtirishning asosiy belgilari



Yüklə 180,7 Kb.
səhifə7/13
tarix13.12.2023
ölçüsü180,7 Kb.
#176272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqic-www.fayllar.org

Globallashtirishning asosiy belgilari:
xalqaro mehnat taqsimoti xarakteridagi sifat о‘zgarishlari;
TMK kabi jahon iqtisodiyoti subyektlarining ta’sir doirasi va faoliyat qamrovining о‘sishi;
global iqtisodiy jarayonlarga moslashtirish maqsadida milliy va xalqaro darajada iqtisodiyotni boshqarish tizimidagi о‘zgarishlar;
davlatlararo va nodavlat xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tizimidagi vazifalarning о‘zgarishini kiritish mumkin.
2.2. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining vujudga kelishi va rivojlanishi
Hech bir, hatto eng kuchli davlatlar ham tashqi muhit bilan chambarchas bog‘lanmagan, mutloq yetarlilik tartibida mustaqil rivojlana olmaydi”
Alohida mamlakatlar va jahon hamjamiyati mamlakatlari guruhi uchun iqtisodiy globallashuv jarayonlari tan olingan masala hisoblanadi. Bir tomondan, xalqaro iqtisodiyot xorijiy raqobatchilar uchun bozorlarning ochilishi, xalqaro savdoning kuchayishi moliyaviy resurslar va investitsiyalarning mamlakatlararo joylashtirilishi, xalqaro ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish, xalqaro ishlab chiqarishni oshirish uchun imkoniyatlar yaratishidan dalolat beradi. Natijada globallashtirish mazkur jarayonda ishtirok etadigan mamlakatlarning katta muvaffaqiyati bilan muvofiqlashadi. Shu bilan bir vaqtda, xususan, globallashtirishning neoliberal modelining asosiy mazmuni bо‘lgan xо‘jalik hayotining keng qamrovli liberalizatsiyaning globallashtirish bilan birlashishi sharoitlarida global tovar va moliyaviy bozorlarda integrallashgan raqobatning kuchayishi raqobat kurashida kuchlilarga yon bosuvchi alohida kompaniyalar hamda alohida mamlakatlar uchun ham muqarrar risklarni anglatadi. Modomiki, rivojlangan mamlakatlar uchun globallashtirishning foydasi yetarli darajada yuqori (aynan shu yerlarda kuchli kompaniyalarining shtab kvartiralari - jahon bozorlaridagi о‘yinlar, shuningdek, sayyoraning asosiy ilmiy-texnikaviy va texnologik salohiyati, asosiy moliyaviy resurslar joylashgan), alohida ishlab chiqarishni qisqartirish, daromadlarni qayta taqsimlash, ijtimoiy tengsizlikning kutilayotgan о‘sishi kо‘rinishidagi risklar davlatning ijtimoiy siyosati bilan bо‘lib-bо‘lib kompensatsiya qilinadi.
Unchalik rivojlanmagan mamlakatlarning eng zaif tomoni ularning bozorlaridan xorijiy moliyaviy kapitalning chayqov asosida nazoratsiz oqib kirishi va chiqib ketishidir. Keyingi о‘n yillikning jahon tajribasi (1994-1995 yillardagi Meksikadagi inqiroz, 1997 yildagi xalqaro (Osiyo) inqirozi, Rossiya, Braziliya, Argentinadagi ketma-ket yuz bergan inqirozli о‘zgarishlar) global moliyaviy kapitalning mamlakatlararo harakati rivojlanayotgan mamlakatlar va о‘tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar moliyaviy va jamg‘arma bozorlarini qulatib, bu mamlakatlarning milliy valyutasi barqarorligini sо‘ndiribgina qolmay, shuningdek, mazkur mamlakatlar xо‘jaligining real tarmog‘ida juda salbiy tarzda aks etadi.
Globallashtirish jarayonlari kо‘p hollarda ilg‘or iqtisodiyotning rivojlanishi darajasini oshirishga va unchalik rivojlanmagan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi о‘rnining kuchsizlanishiga olib keladi. Kо‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar va о‘tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarga texnologik jihatdan bog‘liq bо‘ladilar: zamonaviy texnologiyalarning murakkablashuvi ularning ishlanmalari xarajatlarini juda oshirib yuboradi, о‘zlashtirilgan texnologiyalar esa komplementar omillarning, birinchi navbatda yuqori malakali va о‘qitilgan mutaxassislarning yо‘qligi tufayli yaxshi samara bermasligi mumkin.
Globallashtirish jahon iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy qonunchiligini - uning tengsizligini bekor qilmaydi, undan, rivojlangan mamlakatlar guruhlari uchun jahon bozoridagi yetakchilikning о‘ziga xos kurashidan qochib qutilib bо‘lmaydi. D.Marshall (Buyuk Britaniya) fikriga kо‘ra, “shuni tо‘la ishonch bilan ta’kidlash mumkinki, mamlakatlararo shafqatsiz raqobat kabi tizimning bunday mohiyatli xarakteristikasi, yetakchi rivojlangan mamlakatlarning jahonda yetakchi о‘rinni egallash uchun raqobatlashishi, barcha mamlakatlarning markazlashgan yoki pereferiy (qaram yoki ta’sir doirasidagi) mamlakatlarga bо‘linishi, zamonaviy kapitalistik tizim yanada integratsiyalashib borayotganligiga qaramasdan о‘zgarmay qolmoqda. Jahon kapitalizmi barcha mamlakatlarga muvaffaqiyatli rivojlanish uchun teng imkoniyatlarni yaratmagan va bundan keyin ham yaratmaydi. Yuqori daromad olish uchun kurash shundayligicha qolmoqda... jahon iqtisodiyoti esa huddi avvalgidek, notekis rivojlanmoqda”.
Dunyodagi uch asosiy iqtisodiy kuch AQSH, G‘arbiy Yevropa (yoki yanada tor yondoshuv bо‘yicha Yevropa Ittifoqi) va Yaponiya о‘rtasidagi raqobat birinchi navbatda texnologik rivojlanish, yuqori texnologiyalar - mikroelektronika, biotexnologiya, yangi materiallarni yaratish va boshqalar doirasida rivojlanadi.

Yüklə 180,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin