Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqichlari mundarija: kirish I bob. Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari


“Global iqtisodiy rivojlanish” fanining umumiqtisodiy va mutaxassislik fanlari bilan bog‘liqligi, fanning vazifalari



Yüklə 180,7 Kb.
səhifə3/13
tarix13.12.2023
ölçüsü180,7 Kb.
#176272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqic-www.fayllar.org

1.2. “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining umumiqtisodiy va mutaxassislik fanlari bilan bog‘liqligi, fanning vazifalari
“Global iqtisodiy rivojlanish” fani iqtisodiyot ta’lim yо‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarning asosiy iqtisodiy bilimlarini shakllantirishga qaratilib, о‘quv rejasidagi iqtisodiyot nazariyasi, iqtisodiy ta’limotlar tarixi, mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, ijtimoiy soha iqtisodiyoti, iqtisodiy transformatsiya nazariyasi, monetar siyosat, davlatning iqtisodiy siyosati, institusional iqtisodiyot, statistika va boshqa fanlar bilan bevosita bog‘liq. Ushbu fan о‘z predmetini о‘rganishda yuqoridagi fanlarning kategoriyalari, muammolari va yutuqlaridan foydalanadi.
“Global iqtisodiy rivojlanish” fanini talabalarga о‘qitishning asosiy vazifalari, talabalarni hozirgi kundagi zamonaviy konsepsiya va g‘oyalarning mazmun-mohiyati, asosiy yо‘nalishlari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va shu kabi bir qator nazariy bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
Talabalar fanni о‘rganishlari davomida nazariy bilimlar, amaliy kо‘nikmalar, global darajadagi iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirib, quyidagi talablar darajasida bilim va kо‘nikmalarni egallashi kо‘zda tutiladi:
Ø Global iqtisodiy rivojlanish tushunchasi va asoslari, iqtisodiy rivojlanish omillari, iqtisodiy rivojlanish nazariyalari haqida tasavvurga ega bо‘lish;
Ø Global iqtisodiy rivojlanish nazariyasi asoslarini, iqtisodiy rivojlanish qonunlari, asosiy tushunchalar, iqtisodiy jarayonlarning xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
Ø Global iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tahlil qilish usullarini qо‘llash, iqtisodiy rivojlanish muammolari bо‘yicha yechimlar qabul qilish kо‘nikmalariga ega bо‘lishi kerak.
1.3. Globallashuv jarayoni va uning bosqichlari
Globallashuv – bu iqtisodiy, siyosiy, madaniy integratsiya (birlashuv) jarayoni. Yoki, dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalari yagona tizim doirasida, о‘zaro bog‘liq holda faoliyat kо‘rsatishi.
Globallashuv jahon xо‘jaligida iqtisodiy, siyosiy, madaniy jarayonlarning tarkibiy о‘zgarishi oqibatida kelib chiqib, milliy doiradan hududlar doirasiga, hududlar doirasidan xalqaro doiraga qadar kengayib boradi. Ishchi kuchining xalqaro miqyosda kо‘chib yurishi, xarajatlar va daromadlarning milliy doiralardan chiqib ketishi, tovar va xizmatlar bozori kо‘lamining tobora kengayib borishi, moliyaviy resurslar harakati va boshqa omillar ta’sirida milliy iqtisodiyotlarning о‘zaro bog‘liqligi mustahkamlanib bormoqda.
Globallashuv tushunchasiga nisbatan yondashuvlarning xilma-xilligi. Jahon xо‘jaligining globallashuvi - XX asrning 1980 yillari oxiri - 1990 yillarning boshida keng ilmiy aylanmaga kiritilgan nisbatan yangi tushunchadir. Bu davrga qadar “globallashtirish” atamasi zamonaviy iqtisodiyotda - yirik xalqaro kompaniyalar mahsulotlarining alohida savdo bozorlari va muvofiq tarzda yagona milliy yoki xorijiy bozorni egallashga emas, balki hamma bozorlarda, ya’ni global miqyosda savdo qilishga yо‘naltirilgan korporativ strategiyalarni birlashtirish kabi muayyan, о‘ziga xos hodisani belgilash uchun foydalanilgan. Taxminan 20 yil oldin ushbu atamadan birinchilardan bо‘lib foydalangan amerikalik muallif T.Levit 1983 yildayoq chop etgan “Garvard – biznes revyudir” deb nomlangan maqolasida yirik transmilliy korporatsiyalar (TMK) tomonidan ishlab chiqarilgan alohida mahsulotlar bozori birlashishi tо‘g‘risida yozgan.
1980-1990 yillar bо‘sag‘asida “globallashtirish” tushunchasi yangi talqinga ega bо‘ldi: asli yaponiyalik keyinroq amerikalik mashhur iqtisodchi K.Ome ta’riflab bergan mazkur atamaning ommaga tushunarli bо‘lgan ifodasidan jahon xо‘jaligi rivojlanishining nisbatan yangi qirralari va tavsiflari, uning dastlabki taraqqiyot bosqichlaridan farqlanuvchi hozirgi holatini kо‘rsatish uchun tadbiq eta boshladilar. Tadqiqot obyektining nisbatan yangiligi (1990 yillar yuz yilliklarni bosib о‘tdi), shuningdek jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan jarayonlarning murakkabligi va kompleksligi, hozirga qadar jahon iqtisodiyotini globallashtirish jarayonlari kam yoki kо‘proq darajada о‘xshash tushunchasi va ta’rifi yaratilishiga imkon bermadi. Globallashtirishga nisbatan turlicha yondoshuvlar, turli ta’riflar mazkur tushunchaning mazmuni va hatto uning muvaqqat chegaralari ifodalanishi saqlanib kelmoqda. Jumladan, globallashtirish jarayonlari antik davrdan buyon yoki boshqa variantlarda, dastlabki jahon bozorlari yoki yaxlit jahon xо‘jaligi yuzaga kelgan vaqtlardan e’tiboran rivojlanib kelayotgani tо‘g‘risidagi tasdiqni ham uchratish mumkin. Globallashtirish butun dunyo - tarixiy jarayon sifatida XVIII asr boshlaridan e’tiboran yuzaga kelgan deb hisoblaydi, - siyosiy konyunktura mahalliy markazi direktori V.Fedorov. Biroq, bunday tushunishda globallashtirish xо‘jalik hayotining internatsionallashtirish jarayonlari bilan ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda bir xil bо‘lib qoladi.

Yüklə 180,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin