Jahon iqtisodiyotini rivojlantirishda sug'urtaning o'rni va ahamiyati.yevropa ittifoqi davlatlari sug’urta bozori.
Shimoliy Amerika sug’urta bozori.rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari AQSh sug’urta tashkilotlari faoliyatininazorat qilish mexanizmlari. AQShning yirik sug’uta kampaniyalari hamda ularning tashkiliy tuzilishi va asosiy moliyaviy- iqtisodiyko’rsatgichlari
Reja:
1. Sug’urta bozori infratuzilmasining sug’urta bozori rivojlanishidagi ahamiyati.
2. Shimoliy Amerika sug’urta bozori.rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari
3. AQShning yirik sug’uta kampaniyalari hamda ularning tashkiliy tuzilishi
1. Sug’urta bozori infratuzilmasining sug’urta bozori rivojlanishidagi ahamiyati
Ma’lumki, har qanday bozorda sotuvchi va xaridor bo’ladi hamda ular o’rtasida tegishli tovarlar (xizmatlar) ayirboshlanadi. Xuddi shunday, sug’urta bozorida ham sotuvchi (sug’urtalovchi) va xaridor (potentsial sug’urtalanuvchi) ishtirok etadi. Bu erda potentsial sug’urtalanuvchi tushunchasini qanday izohlash mumkin, degan o’rinli savol tug’ilishi mumkin. Gap shundaki, basharti, potentsial sug’urtalanuvchini to’g’ridan to’g’ri sug’urtananuvchi, deb atasak katta xatoga yo’l qo’ygan bo’lamiz. Negaki, amaldagi qonunlarga muvofiq, sug’urta kompaniyalari bilan bevosita shartnoma tuzgan, fuqarolik salohiyatiga ega bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarga sug’urtalanuvchilar deyiladi. Aksincha, sug’urta “mahsulotini” sotib olishga ehtiyoji bor, ammo hali sug’urtalovchilar bilan tegishli sug’urta munosabatlariga kirishmagan shaxslar potentsial sug’urtalanuvchilar deb ataladi. Endi, sug’urtalovchilar haqida gapiradigan bo’lsak, sug’urtalovchi - bu mamlakat xududida sug’urta faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan hamda sug’urtalash o’zi uchun asosiy faoliyat turi hisoblangan yuridik shaxslardir. Ko’rinib turibdiki, sug’urta kompaniyasi tegishli faoliyat yuritishi uchun vakolatli davlat organining litsenziyasiga ega bo’lishi va sug’urtaga bog’liq bo’lmagan operatsiyalar bilan shug’ullanmasligi zarur.
Sug’urtalovchilar bozorga o’zlarini ishlab chiqargan o’ziga xos mahsuloti - sug’urta xizmatini taklif etadilar. Ushbu xizmatlar yuzlab, minglab sug’urta kompaniyalari tomonidan sotilishi mumkin. O’z-o’zidan, bu holat sug’urta bozorida potentsial mijozlarni jalb etish uchun sug’urta kompaniyalari o’rtasida raqobatning kuchayishiga olib keladi va “mahsulot”ning sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Eng asosiysi, potentsial sug’urtalanuvchi har tomonlama o’zining talabini qondiradigan “mahsulot”ga ega bo’ladi. Bayon etilganlar quruq gap emas, balki bugungi kunda iqtisodi taraqqiy etgan mamlakatlar bozorida ruy berayotgan oddiy haqiqatdir. Yuqorida zikr etilgan fikrlarni quyidagi chizmada yaqqol ko’rish mumkin.
Sug’urta bozorining mohiyatini chuqurroq anglab olish uchun
kundalik xayotimizdan oddiy bir misol keltirsak maqsadga muvofiqdir.
O’zimiz yoki bolalarimizga kiyim-kechak sotib olish uchun buyum bozoriga boramiz. Aytaylik, birorta kiyim, aniqrog’i, kuylak sotib olmoqchimiz. Bozorda kuylakning har xili mavjud, baholari xam, narxi xam turlicha. Biz, albatta, sifati yaxshisini va bahosi arzonini sotib olamiz. Sug’urta bozorida ham aynan shu jarayon yuz beradi.
1-chizma
Sug’urta bozori va uning sub’ektlari
Sug’urta kompaniyalari Sug’urtalanuvchilar
Sug’urta kompaniyasi o’z mahsulotini bozorda sotar ekan, zimmasiga katta mas’uliyat olganligini unutmasligi kerak. Chunki, sug’urtalovchi ozgina sug’urta mukofoti evaziga yirik mikdordagi riskni qabul qilib oladi va sug’urta hodisasi ruy berganda zimmasidagi sug’urta qoplamasini to’lashi shart. Shu o’rinda, biz sug’urta kompaniyasiga murojaat qilishni istagan yoki muayyan sug’urta xizmatiga ehtiyoj sezgan shaxslarga sug’urta shartnomasini tuzishdan oldin sug’urta kompaniyasining moliyaviy axvoli, balansi bilan albatta tanishib chiqishlarini maslahat qilamiz.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, boshqa tovarlar va xizmatlar kabi, sug’urta xizmatining ham bahosi talab va taklif asosida paydo bo’ladi hamda bu baho o’zining pastki va yuqori chegaralariga ega. Sug’urta tushumlarining miqdori sug’urta to’lovlari va sug’urta tashkilotlari xarajatlari miqdoriga teng bo’lishi sugurta baxosining pastki chegarasini bildiradi. Bunday sharoitda sug’urta kompaniyasi asosiy faoliyatdan foyda ololmaydi. Ko’p hollarda sug’urta bozoridagi keskin raqobat, sug’urta tashkilotlarining potentsial mijozlarni jalb etish maqsadida tarif stavkalarini kamaytirishga majbur etadi. Chet mamlakatlarda, sug’urtalovchilar sug’urta faoliyatidan zarar ko’rganda, bu zarar investitsiyadan keladigan daromad hisobidan qoplanadi.
Sug’urta xizmati bahosining yuqori chegarasi talab hajmi va bank foizining miqdori bilan aniqlanadi. Sug’urta xizmatining ma’lum bir turiga etarli darajada talab mavjud bo’lganda, sug’urta tashkiloti mazkur xizmat bahosini yuqori darajada saqlab turishi mumkin. Lekin, vaqt o’tishi bilan bozorda sug’urta xizmati ko’rsatish turlarining ko’payishi bilan, o’z-o’zidan tarif stavkalari kamayadi.
Sug’urta bozori hududiy joylashuviga qarab xalqaro, mintaqaviy va milliy sug’urta bozorlariga bo’linadi. Milliy sug’urta bozori biron-bir mamlakat hududidagi sug’urta muassasalarini va ularni faoliyatini o’z tarkibiga oladi. Jahondagi eng yirik milliy sug’urta bozori Amerika Qo’shma shtatlaridir. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda yig’iladigan sug’urta tushumlarining 43 foizdan ortig’i AQSh hissasiga to’g’ri keladi. Bu erda hayotni sug’urta qiluvchi 2600 dan ortiq va boshqa umumiy turdagi sug’urta xizmatlarini ko’rsatuvchi 3800 ta kompaniya faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan ba’zi birlari dunyo sug’urta bozorida ham oldingi o’rinlardadir. Masalan, “Prudenshial of Amerika” kompaniyasi mamlakat ichki bozorida birinchi va 1992 yil boshida mavjud aktivlari, to’plagan sug’urta mukofotlari bo’yicha uchinchi o’rinni egalladi.
Mintaqaviy sug’urta bozori deganda savdo, iqtisodiy va boshqa jihatlardan o’zaro yaqin munosabatda bo’lgan bir nechta mamlakatlarning ichki bozori tushuniladi. Evropa Ittifoqining sug’urta bozori yirik mintaqaviy bozordir.
Xalqaro sug’urta bozori sifatida dunyo miqyosida sug’urta faoliyatini olib boruvchi alohida mamlakatlarning ichki bozori tushuniladi. Jumladan, hozirgi vaqtda Yaponiya sug’urta bozorining xalqaro darajada muxim o’rni bor va keyingi o’n yillikda Yaponiya sug’urtachilari dunyo bozorida etakchilik qilib kelishmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, 1992 yili jahondagi eng yirik 20 ta hayotni sug’urta qiluvchi kompaniyalar ichida 9 tasi yoki 45 foizi Yaponiyaga tegishlidir. Bu kompaniyalarning moliyaviy salohiyati 869 mlrd. doll. miqdorida baholangan.
Sug’urta bozorlari hududiy bo’linish bilan bir qatorda sug’urta turlariga qarab ham xilma-xil bo’lishi mumkin. Iqtisodi rivojlangan mamlakatlar amaliyotida sug’urta bozori ikkiga bo’linadi: 1) Hayotni sug’urta qilish bilan bog’liq sug’urta xizmatlari bozori; 2) Umumiy sug’urta xizmatlari bozori.
Jahon iqtisodiyoti va XIM tizimida ahamiyati jihatlardan ikkinchi o’rinda turuvchi yirik xalqaro iqtisodiy integratsion markaz Shimoliy Amerika erkin savdohududi hisoblanadi. 1994 yilning 1 yanvarida Shimoliy Amerika erkin savdo hududi to’g’risidagi kelishuv (NAFTA) kuchga kirdi. NAFTA o’z tarkibiga AQSh, Kanada va Meksika davlatlarini birlashtirgan. Bu kelishuv avvalom bor tovar va xizmatlar savdosida cheklovlarni olib tashlash, kelishmovchiliklarni hal etish mexanizmlarini ishlab chiqish, bir-biriga nisbatan investitsion muhitni erkinlashtirishni nazarda tutadi.
NAFTA ikki sanoati rivojlangan mamlakat va rivojlanayotgan mamlakat o’tasida tuzilgan birinchi shartnoma bolib, bunda o’zining iqtisodiy salohiyati bo’yicha AQSh birinchi o’rinda turadi. NAFTA tarkibidagi uch mamlakat YaIMsi va sanoat ishlab chiqarishining 85 % AQSh xissasiga to’g’ri keladi. (18-jadval)
NAFTAda Kanada va Meksika o’zaro integratsion faoliyatining sust rivojlanganligi va AQShning ustun holatda ekanligidan kelib chiqqan o’ziga xos xususiyati ishtirokchi mamlakatlar o’zaro bog’liqligining asimmetrik tarzda ekanligidir. O’z navbatida Kanada ham, Meksika ham ustun darajada AQSh bilan integratsiyalashuvga intiladi. Ushbu xolat NAFTAning boshqa integratsion birlashmalardan farqini aniqlaydi.
18-jadval
Dostları ilə paylaş: |