Jahon iqtisodiyotini rivojlantirishda sug'urtaning o'rni va ahamiyati yevropa ittifoqi davlatlari sug’urta bozori


NAFTAga a’zo davlatlarning iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari



Yüklə 126,5 Kb.
səhifə2/4
tarix28.09.2022
ölçüsü126,5 Kb.
#64286
1   2   3   4
Jahon iqtisodiyotini rivojlantirishda sug\'urtaning o\'rni va ahamiyati.yevropa ittifoqi davlatlari sug’urta bozori

NAFTAga a’zo davlatlarning iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari

(1999 yil holatiga)


Ko’rsatkichlar


AQSh

KANADA

MEKSIKA

NAFTA

Aholisi (mln. kishi)


278,2

30,5

97,4

406,1

Maydoni (ming km. kv.)


9364

9971

1958

21293

YaIM (mlrd.AQSh doll.)


9152,1

634,9

483,7

10 270,7

YaIM aholi jon boshiga (AQSh doll.)


32 921

20 481

4966

25 291

Dunyo eksportidagi ulushi (%da)


12,8

4,4

2,5

19,7

Manba: ereport.ru

Ma’lumki, erkin savdo hududlari (ESH) xalqaro iqtisodiy integratsiyaning boshlang’ich bosqichi hisoblanadi. Erkin savdo hududi zamonaviy talqinda pereferenstial hudud hisoblanib, uning doirasida bojxona va miqdoriy cheklashlardan holi erkin savdo tartibiga rioya qilinadi. ESH amalda ikki va undan ortiq mamlakatlarning o’zaro savdosida bojlar, litsenziya va kvotalarni muzlatishni asta – sekin bekor qilish to’g’risidagi bitimlarning imzolanishi bilan shakllanib boradi. Bunda, NAFTA, MERKOSUR, YeI tajribalaridan ma’lumki, qishloq xo’jaligi mahsulotlariga nisbatan savdo rejimini erkinlashtirish dastlab bojxona nomenklaturasidagi ba’zi bir pozitsiyalarni qamrab oladi.

ESHlarning ijobiy jihatlariga NAFTAdagi ishtirokchi mamlakatlarning savdo siyosatida barqarorlikning o’rnatilishini kiritish mumkin. Bu esa o’z navbatida ESHga a’zo mamlakatlarni xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimiga jalb etish jarayonini tezlashishiga yordam beradi. Bundan tashqari, a’zo – davlatlar xalqaro mehnat taqsimotidan samarali foydalanish imkoniga ham ega bo’lishadi.

ESHlarning salbiy jihatlariga kelsak, ular ichki bozorda raqobatning kuchayishi bilan belgilanadi. Chunki, bu milliy ishlab chiqaruvchilarga salbiy ta’sir etib bankrotlik xavfini kuchaytirishi ham mumkin. Bundan tashqari, ESHni yaratilishi mamlakatlararo tartibga soluvchi organlarni tashkil etilishiga yo’l qo’ymaydi. Bu esa o’z navbatida birgalikda qarorlarni qabul qilishni va bajarilishini sekinlashtiradi. Biroq, integratsiyaning boshlang’ich bosqichdagi qiyinchiliklar va muammolarga qaramasdan, ESHlar jahon iqtisodiyotida keng tarqalib bormoqda.

1988 yilning boshida AQSh va Kanada o’rtasida ESH to’g’risidagi bitim imzolandi. Ushbu bitim NAFTAning integratsiya guruhi sifatida yuqori bosqichlarga chiqayotganligidan dalolat berdi.


NAFTA doirasida bosqichma–bosqich barcha tarif to’siqlari olib tashlanmoqda. Ular orasida eksport – import cheklovlarini keltirib o’tish lozim. Integratsiya guruhi doirasida, nafaqat tovarlar erkin harakatini ta’minlash, balki, xizmatlar, kapital, yuqori saviyaga ega bo’lgan ishchi kuchining ham erkin ko’chib yurishiga zaruriy shart – sharoitlar yaratilmoqda. To’g’ridan - to’g’ri xorijiy investitsiyalarni amalga oshirish uchun milliy rejimlarni ishlab chiqish bo’yicha a’zo – davlatlar o’z munosabatlarini bildirishmoqda. Tomonlar intellektual mulkiy munosabatlar, texnik standartlar, sanitariya normalarini yagona ko’rinishga keltirish borasida kelishib olishgan. Biroq ushbu bitimda ishsizlik, ta’lim, madaniy sohalardagi muammolarni hal etish ko’zda tutilmagan.
Mutaxassislar tomonidan Shimoliy Amerika hududida 15 – 20 yillardan so’ng uchta yirik milliy davlatlarning ichki bozorlari qo’shilib ketishi va 400 mln.dan ortiq aholiga ega bo’lgan erkin savdo hududi tashkil topishi bashorat qilingan. Shu bilan bir qatorda NAFTA doirasida hamkorlikni tartibga solib turuvchi maxsus mexanizm yaratilmagan (Komissiya, Sud, Parlament va boshqalar).
NAFTAning tashkil etilishi ko’proq siyosatchilarning olib borayotgan aktiv faoliyati bilan bog’liqdir. 90 – yillarning boshida “sovuq urush” xavfining tugashi bilan bog’liq holda jahon xo’jaligida iqtisodiy vaziyat o’zgardi. Yangi ijtimoiy – iqtisodiy sharoitda G’arbiy Yevropa, Osiyo – Tinch okeani mintaqasi, Lotin Amerikasi mamlakatlari AQShning rahnamoligidan qutilishga harakat qilishib, o’zlarining iqtisodiy qudratini mustahkamlashga ko’proq e’tibor berishqdi.
Shimoliy Amerika mintaqasida integratsion jarayonlarning rivojlanishida AQShning roli kattadir. Bunga sabab AQShni jahon iqtisodiyotida yetakchilik vazifasini o’tab kelayotganidir. Bundan tashqari, jahonning barcha mintaqasida integratsiya jarayonlarining rivojlanib borayotganligi ham Shimoliy Amerika mintaqasida shunday integratsion guruhni tashkil etish vazifasini qo’ygan edi.

Siyosiy xarakterdagi argumentlarga ko’ra, bitimda ishtirok etuvchi har bir a’zo mamlakat NAFTAda ishtirok etish bo’yicha bir qator iqtisodiy asoslarga ham egadir. Amerikalik ekspertlarning baholashicha, eksportning o’sishi ish o’rinlari sonining ortishiga olib keladi. Ammo ushbu hisob – kitoblar o’zini oqlamadi. Eng katta umid Meksika hududidagi mehnattalab, ishlab chiqarish sohalariga qaratilgan. Chunki, ishlab chiqarishni mazkur hududda tashkil etish, amerika tovarlarini kam xarajat qilish hisobiga ishlab chiqarishni va ularning raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi.


Amerikalik siyosatchilarning ta’kidlashicha, NAFTA Lotin Amerikasi mamlakatlari iqtisodiyotiga chuqurroq kirib borishi uchun o’ziga xos tramplin vazifasini ham bajarib kelmoqda. Bunda Shimoliy Amerikaning NAFTAga a’zo – davlatlari feodal “ekspluatator” sifatida emas, balki, haqiqiy hamkor davlatlar sifatida ish olib borishadi.
Kanada iqtisodiyoti Amerika iqtisodiyoti bilan chambarchas bog’lanib ketgan. Aytish joizki, AQShning Kanada tashqi savdo aylanmasidagi ulushi qariyb 70%ni tashkil etsa, Kanadaning AQSh tashqi savdosidagi ulushi 20% ni tashkil etadi1. Bu juda ham katta ko’rsatkichdir. Agar eng ko’p integratsiyalashgan YeI guruhidagi mamlakatlarni hisobga oladigan bo’lsak, Germaniyaning Fransiya tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 20%ni, Fransiyaning ulushi esa 10%dan yuqori emasligi ko’zga tashlanadi.
80 – yillarning oxirida kanadaliklar AQSh bilan integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish uchun qulay shart – sharoitlarni yaratgan edi. Bu paytda Kanada firmalarining ishlab chiqarishdagi samaradorligi Amerika firmalarining qo’lga kiritayotgan natijalariga mos kelgan edi.
Bojxona to’lovlarini olib tashlagandan keyingi iqtisodiy afzalliklari oldindan hisoblanib qo’yilgan edi. Xususan, bunday chora – tadbirlar qayta ishlovchi va qazib oluvchi sanoat tarmoqlari uchun muhim ahamiyat kasb etgan edi. Kanada tomonining hisoblashicha, NAFTA doirasida mahsulotlarni ishlab chiqarish, foydani oshirish bilan uzviy bog’liqdir. Ya’ni, mehnatga haq to’lash Kanadada guruhdagi boshqa hamkor davlatlarga nisbatan ancha yuqoriroqdir.
Shuni ham ta’kidlash joizki, Kanadaning AQSh bilan integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishga qarshi bo’lgan kishilar ham ko’pchilikni tashkil etadi.

NAFTA doirasida Kanadadagi Amerika firmalari haddan tashqari agressiv bo’lib, bir qator tarmoqlar uchun, ya’ni, ularning ustidan mahalliy nazoratni yuqotib qo’yish xavfi ham sezilib turadi. Kanadaliklar uchun xavf yana shundaki, u yerda hali iqtisodiy jarayonlarni to’liq qo’llab – quvvatlab turadigan kuchli yuridik institutlar yetarlicha yaratilmagan.

Meksika esa NAFTAga a’zo – davlatlarlar bilan integratsiyalashuvdan katta umid bog’lagan. Meksika iqtisodiy taraqqiyotini tez o’stirishga, iqtisodiy islohotlarni joriy etishga e’tibor qaratib, taxminan 10 – 15 yillardan so’ng iqtisodiy taraqqiyot darajasini sanoati rivojlangan davlatlar darajasiga olib chiqishga harakat qilmoqda. Kapital harakatini erkinlashtirishga qaratilgan chora – tadbirlar natijasida xorijiy investitsiyalarni mamlakatga kirib kelishi bir necha barobarga ortdi. Shu bilan bir qatorda ba’zi bir xavf – xatarlar ham kuzatilmoqda. Meksikaning kompaniyalari uchun yon qo’shnilari hisoblangan rivojlangan davlatlarning bosimini ushlab turishlari yoki ularga bardosh berishlari bir oz murakkabdir (asosan qishloq xo’jaligi sohasida). Chunki, mazkur sohada murakkab vaziyatlarning yuzaga kelishi tez – tez kuzatilmoqda.

NAFTA doirasida faoliyat ko’rsatishdagi samaradorlikni baholash bir oz murakkabdir. Chunki, uzoq vaqt o’tganligiga qaramasdan, mazkur integratsion guruh doirasida o’z yechimini kutayotgan muammolar talaygina. Shunga qaramasdan, bir qator Janubiy Amerika mamlakatlarining mazkur iqtisodiy guruhga qo’shilishga bo’lgan intilishlari ham kuzatilmoqda. Ehtimol, yaqin kelajakda NAFTAning geografik masshtabi janubiy chegaralarga tomon kengayishi ham mumkin. Shunga muvofiq, ma’lum bir tashkiliy boshqaruv tuzilmalarni shakllantirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish zarurati ham tug’ilib bormoqda.


Sug’urta moliyaning integratsiyalashgan shakllaridan hisoblanadi. Dunyoning yirik sug’urta kompaniyalari, birgalikda sug’urtalash va qayta sug’urtalash operatsiyalarini amalga oshirish uchun birlashadilar. Ko’pgina mamlakatlarda xorijiy sug’urta kompaniyalarini milliy bozorlarga kirishiga ruxsat etilgan. Masalan, 1992 yildagi Maastrixt shartnomasiga asosan, Yevropa mamlakatlarida xorijiy kapitalni cheklash bo’yicha barcha to’siqlar olib tashlandi va Yevropada yagona sug’urta bozorini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar boshlandi. Shunday bo’lsada, milliy sug’urta bozorlari o’ziga xos xususiyatlarni saqlab qolmoqda. Bu xususiyatlar birinchidan, sug’urta sohasining tarkibi va taklif etilgan sug’urta himoyasining turlariga taalluqlidir. Masalan, hayotni sug’urtalash, sug’urta bo’yicha yig’iladigan badallarning 77 foizini tashkil etsa, bu ko’rsatkich Yevropada - 47 foiz, Shimoliy Amerikada - 42 foizni tashkil etadi. Bunday tafovutning yuzaga kelishiga asosiy sabab, davlat tomonidan ijtimoiy himoya past bo’lgan mamlakatlarda, aholining pensiya ta'minotini o’zlari hal qilishidir (G’arbiy Yevropa sug’urta bozorining tarkibini 1-jadvaldan ko’rish mumkin).
AQSHda 9130 dan ortiq sug’urta kompaniyalari faoliyat yuritadi va sug’urta to’lovlari aholi jon boshiga 1999 yilda 2334 EKYuni tashkil qilgan.
Axoli jon boshiga sug’urta to’lovlari eng yuqori bo’lgan mamlakat - Lyuksemburg bo’lib, 1999 yilda u aholi jon boshiga 2800 EKYuni tashkil etgan. Sababi, Lyuksemburgni nemislar, belgiyaliklar va boshqa mamlakatlardan kelgan mexmonlar bu erni kapital joylashtiriladigan «soliq jannati» deb atashadi.
Buyuk Britaniyada eng erkin sug’urta tizimi barpo etilgan. Bu yerda xattoki, sug’urta kompaniyalarini nazorat qiladigan maxsus organ ham yo’q. Nazorat sanoat departamenti tomonidan amalga oshiriladi. Sug’urta badallarini o’rnatish va sug’urta qilish qoidalari erkinligiga qaramasdan, bu yerda ko’rsatilayotgan xizmat sifati boshqa mamlakatlardagidan ancha yuqori, narxlari esa, past darajada. Tarixan tarkib topishiga ko’ra, Britaniya sug’urta bozori ikkita mustaqil qismga bulingan: London va boshqa barcha hududlar. London bozori, odatda, xorijiy mijozlarni, dengiz kemalarini, neft kompaniyalarini, TMKlarni sug’urtalaydi. London bozorida hukmronlik qiluvchi Lloyd sug’urta kompaniyasi oxirgi yillardagi qiyinchiliklardan, faqatgina, jiddiy tashkiliy islohotlarni amalga oshirish bilan chiqmoqda. Ushbu qiyinchiliklar mamlakat ichkarisidagi mijozlarni sug’urtalovchi - ichki sug’urta bozoriga ta'sir etmadi.
Germaniyada sug’urta bozori davlat tomonidan qattiq tartibga solinadi. Uning o’ziga xos jihati shundaki, sug’urta biznesi yirik sanoat kapitali bilan yaqin aloqada. Kapitalda va boshqaruvda o’zaro ishtirok etish keng tus olgan. Mutaxassislarning fikricha, taxminan 50 ta kishi barcha yirik nemis sug’urta kompaniyalarini nazorat qiladi. Shuning uchun ham, raqobat asosan sotish tarmoqlari o’rtasida mayjud.
Germaniyada sug’urta bozorida hukmronlik qiluvchi kompaniyalardan biri - «Alyans» kompaniyasidir. U hayotni sug’urtalash sohasining 42 foizini va boshqa sug’urta sohalari 38 foizini egallab olgan. «Alyans» aylanmasining taxminan 55 foizga yaqini ichki bozor, qolgani xorijiy faoliyat bilan bog’liq. Yaqinda, ikkita frantsuz kompaniyalari «AXA» va «IAR»ni birlashishidan oldin, «Alyans» Yevropadagi eng yirik sug’urta kompaniyasi edi.
«R+V» sug’urta kompaniyasi kattaligi jihatdan Germaniyada ikkinchi o’rinda turadi. Uning yuksalishiga Berlin devorining kulashi katta ta'sir ko’rsatdi. Ushbu kompaniya kooperativ tarkibga ega bo’lib, u asosan, qishloq aholisi va qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilarni sug’urtalashga ixtisoslashgan.
Xorijiy kapitalga nisbatan qonuniy cheklovlarning mayjud emasligiga qaramasdan, nemis sug’urta bozori nisbatan yopik hisoblanadi. Bu aholining: «nemislar o’z sug’urtachilarini afzal biladilar» degan psixiologiyasi bilan bog’liq. Bundan tashqari, bu yerda agentlar tarmog’i juda zich. 50 mingga yaqin agentlar sug’urta kompaniyalarida agent bo’lib to’liq ish kunida ishlashsa, taxminan 270 ming kishi o’rindoshlik asosida faoliyat yuritadilar. Agentlar bilan mijozlar o’rtasidagi munosabat dustona va uzoq muddatli asosda shakllangan.
Sug’urta xizmatlari an'anaviy bo’lib, nemis sug’urta kompaniyalari yuqori riskli tajribalarni o’tkazishga moyil emaslar.
Germaniyada qayta sug’urtalash keng rivojlangan. Bu - Birinchi Jahon urushidan keyin, to’g’ri sug’urtalash bilan shug’ullanayotgan nemis sug’urta kompaniyalariga xorijda faoliyat yuritish ta’qiqlanishi natijasida yuzaga keldi. Chunki, ushbu ta’qiqlar qayta sug’urtalovchilarga taalluqli emasdi va sug’urta kapitali yillar davomida ushbu sohaga oqib utdi.
Nemis bozorining eng muhim tomoni - bank sug’urtalashdir, ya'ni sug’urta kompaniyasi o’z savdo shoxobchasida nafaqat sug’urtalash bilan, balki bank xizmatlarini ko’rsatish bilan ham shug’ullanadi.
Frantsuz sug’urta bozori hayotni sug’urtalash va avtomobil sug’urtasiga ixtisoslashgan. Ayniqsa, avtomobil va avtotransport egalari javobgarligini sug’urtalash kuchli darajada rivojlangan.
Birinchi Jahon urushidan so’ng, ko’pgina yirik korxonalar va banklar singari sug’urta kompaniyalari milliylashtirilgan edi va uzoq vaqt davlat ixtiyorida bo’ldi.
Bu holat milliy iqtisodiyotni jahon bozoridagi raqobatbardoshligiga salbiy ta'sir ko’rsatdi. Hozirgi kunda, davlat sug’urta kompaniyalarining ma'lum qismi xususiylashtirilgan. Hayotni sug’urtalash bo’yicha eng yirik sug’urta kompaniyasi - CNP davlat ixtiyorida qolmoqda. Ushbu kompaniyani sotish loyihasi mavjud bo’lsada, qulay investor topilmaganligidan, uni sotish loyihasi amalga oshmasdan kelayotir. CNP xususiy kompaniyalarga nisbatan hech qanday imtiyozga ega emas.
Frantsiyada ijtimoiy sug’urtaning roli katta. Yaxshi yo’lga qo’yilgan ijtimoiy ta'minot, pensiyalar bo’yicha davlat kafolatlari, hayotni sug’urtalashni bu yerda boshqa Yevropa mamlakatlarnikiga nisbatan past darajada rivojlanishiga sabab bo’ldi. Ammo, keyingi yillarda ijtimoiy ta'minot va pensiya fondining byudjetlari taqchillikka ega bo’lishi kuzatilmoqda.
Davlat hayotni sug’urtalashni rag’batlantirish bo’yicha qator tadbirlami amalga oshirdi va oxirgi 10-15 yil ichida Frantsiya ushbu masalada kushnilaridan ilgarilab ketdi.
Bu sohadagi asosiy tadbirlardan biri sifatida, hayotni sug’urtalash bo’yicha jiddiy soliq imtiyozlari berilishini kuzatish mumkin. Ushbu imtiyozlardan birinchisi: sug’urta shartnomasiga ko’ra, to’langan to’lov foizlaridan soliq olinmaydi. Bu sug’urta shartnomasini bank omonatidan ham foydalirok qilib qo’yadi. Ushbu imtiyoz sug’urta shartnomasining muddati 8 yil bo’lganda amal qiladi
Ikkinchidan, sug’urta qilinuvchi vafot etganda, sug’urta shartnomasiga asosan, olinadigan kapital merosidan soliq to’lanmaydi. Bundan tashqari, sug’urtalash meros qilinadigan mulk tarkibiga kiritilmaydi va boshqa merosxurlar bilan bo’lib olinmaydi. Shunday qilib, hayotni sug’urtalash - o’z merosxurlariga, merosdan soliq tulamasdan pul qoldirishning eng qonuniy yo’li hisoblanadi.
Frantsiyada bank sug’urtasi ham yaxshi rivojlangan. Bundan tashqari, hayotni sug’urtalash shartnomalari, xattoki pochta orqali sotiladi. Qishloq joylarda va kichikrok shaxarlarda, pochta bulimlari, nafaqat pochta xizmatini, balki sug’urta, bank xizmatlarini ham ko’rsatadi. Ular bank hisobvaraqlarini yuritadilar, jamgarma hisobvaraqlarini ochadilar va boy bo’lmagan aholi uchun o’ziga xos bankirlar hisoblanadilar.
Shunday qilib, turli mamlakatlarda aholining ijtimoiy va iqtisodiy hayot tarziga moslashib, sug’urta turli xil shakllarda namoyon bo’lmoqda.

Yüklə 126,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin