Islom Karimov
KIRISH
«Faqatgina biz tanlagan bosqichma-bosqich, tadrijiy rivojlanish yo‘li xalqimiz ko ‘zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik talablarga javob beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat bo‘lgan, qonun ustu- vorligini ta'minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar».
Islom Karimov
1991-yil 31-avgustda o‘z davlat mustaqilligini e’lon qilgan O’zbekiston oldingi totalitar jamiyat — sotsialistik jamiyatdan demokratik jamiyatga o‘tish yo'lini tutdi. Shu bOan biiga, Prezident I.A.Karimov mamlakatda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishni asosiy strategik pirovard maqsad sifatida e’lon qilishi bilan jamiyat butunlay yangi rivojlanish yo'liga kirdi. Davlat siyosati va jamiyat taraqqiyotining asosiy ustuvor yo‘nalishlari insonga, uning farovonligi va erkinligiga qaratila boshlandi. O’zbekiston ilgari o‘z tarixida sinab ko‘rmagan, rivojlangan mamlakatlarga xos bo'lgan rivojlanish yo'liga kirdi.
Mamlakatda nafaqat davlatning siyosiy tizimi, jamiyatning mazmun-mohiyati o‘zgara boshladi, balki xalqimiz ongi va turmush tarzida ham yangi bir davr boshlandi. Fuqarolar dunyoqarashida demokratik qadriyatlar, shu bilan birga, o'zaro uyg‘un holda milliy va umuminsoniy qadriyatlar yuksala boshladi. Mustaqillik davrida eski mafkura va qarashlardan butunlay xoli bo'lgan yosh avlod shakllandi. Ular hayotida shiddat bilan olg‘a intilish, o‘z taqdirini Vatan taqdiri bilan bog‘liq holda tasavvur etish kabi yangilanishlar boshlandi. Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bu jarayon haqida Prezident l.A.Karimov quyidagi fikrlarni bildiradi: «Bugun insonning o‘zi o‘zgarmoqda, uning grajdanlik va siyosiy ongi, huquqiy madaniyati o‘smoqda. Biz kommunistik mafkura asoratlaridan, boqimandalik kayfiyatidan, turli soxta qoliplardan to‘la xalos bo‘lib bormoqdamiz. Mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga ega, hayotga yangicha qaraydigan, sobiq mustabid tuzumga xos tushunchalardan ozod bo‘lib voyaga yetayotgan, o‘z fikri va qarashlariga ega bo‘lgan navqiron yoshlarimiz hayotga ishonch bilan kirib kelmoqda, jamiyatimizda mustahkam o‘rin olmoqda va mamlakatimizning taraqqiybti yo‘lida hal qiluvchi kuchga aylanmoqda.
Hayotimizda amalga oshirilayotgan bunday o'zgarishlar avvalo nimani anglatadi? ... Bu amaliy ishlar avvalambor mamlakatimizda zamonaviy demokratik jamiyat qaror topayotgani va izchil rivoj- lanayotganidan, aholining hayot darajasi va sifatining yuksalib borishiga zamin bolayotgan iqtisodiyotimizning barqaror sur'atlar bilan o‘sayotganidan, O’zbekistonimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori tobora ortib borayotganidan darak beradi»'.
Ko‘rinib turibdiki, hozirgi fuqarolik jamiyati qurish sharoitida yoshlami islohotlarda faol ishtirok etishlari va o‘z dunyoqarashlarini zamonaviy yangi jamiyat qurishga doir nazariyalar bilan boyitishlari eng dolzarb vazifa sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Hozirgi davrning o‘zi hayot kun tartibiga qo‘yayotgan vazifalardan kelib chiqib mazkur fan talabalarga fuqarolik jamiyati qurishning «o’zbek modeli» milliy tajribasi va uning istiqbollari to‘g‘risida bilimlar beradi. Shuningdek, unda rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati qurish tajribasi ham o‘rganilib, ular O’zbekistondagi voqeliklar bilan qiyoslanadi. Fanni o‘qitish jarayonida mustaqillik davrida mamlakatda demokratik jamiyat qurish islohotlarining borishi, bu yo'ldagi muammolar, ularni bartaraf etish yo‘l-yo‘riqlari ham tahlil etiladi.
Fanni o‘qitishda asosiy e'tibor talabalarning erkin fikrlashi, ulaming jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga nisbatan mustaqil munosabatlarini shakllantirishga qaratiladi. Fanning yana bir asosiy maqsadlaridan biri — bu yoshlarda Vatanparvarlik tuyg'ularini yuksaltirish, ularning Vatanga sadoqati, yangi jamiyat qurishda ishtirok etishga moyilligini oshirish kabi jihatlarga ham muhim e'tibor berishdir.
O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani fuqarolik jamiyati qurish nazariyasi va amaliyotini «Siyosatshunoslik», «Falsafa», «Huquqshunoslik», «O’zbekiston tarixi», «Sotsiologiya», «Iqtisodiyot», «Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan uzviy o‘zaro aloqadorlikda o‘rganadi va bu jarayonda u fanlaming qonuniyatlariga ham tayangan holda o‘qitiladi. Mazkur fanning o‘ziga xos bo'lgan o'rganish obyekti, predmeti, tushunchalari va boshqa xususiyatlarining mavjudligi talabalarda mamlakatda yangi jamiyat qurishga doir yangi tasavvurlar hosil qilishga ko‘mak- lashadi, ularda muayyan yangi bilimlar va ko‘nikmalar hosil qilishni nazarda tutadi.
Albatta, qo'llanma butunlay yangi nazariy ishlanmalardan iborat emas. Unda ijtimoiy-siyosiy fanlarni shakllantirishga hissa qo‘shgan klassik olimlarning asarlariga nisbatan yangi davr nuqtai nazaridan murojaat qilindi. Rivojlangan mamlakatlaming fuqarolik jamiyati qurish tajribasini yoshlarga yetkazishga muhim ahamiyat berildi. Xullas, o‘quv qo'llanmalariga nisbatan davlat standartlari asosida qo‘yilgan talablar, hoziigi davr talabasi ehtiyojlari va uning fanni o‘zlashtirish qobiliyati darajasi e’tiborga olindi. Shuningdek, mamlakat olimlari tomonidan mustaqillik davrida nashr etilgan, ijtimoiy-gumanitar fanlaiga oid qo'llanmalar va darsliklar o'iganilib, ulardan tegishli xulosalar chiqarildi.
Umuman, qo‘llanmani yozishda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2011-yil 17- sentabrdagi 392-sonli buyruq bilan tasdiqlangan «O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fanidan namunaviy dastur (bakalavr yo‘nalishi uchun) asos qilib olindi.
Keyingi o‘n yillikda O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini o‘qitish bo‘yicha muayyan milliy tajribalar to‘plandi. Shu bilan birga, mazkur fan hali yosh bo‘lganligi uchun ham kelajakda u yanada boyitib va to‘ldirilib boriladi.
Biz barcha mazkur qoilanma bilan tanishgan kitobxonlardan uning keyingi hashrida e’tibo’lga olish uchun o‘z fikr-mulohazalari, takliflari va tavsiyalarini Andijon davlat universitetining o’z- bekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasiga bildirishlarini iltimos qilamiz.
1-mavzu: O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI FANINING PREDMETI, OBYEKTI, MAQSADI YA VAZIFALARI.
Fanning predmeti va obyekti.
Fanning asosiy tushunchalari va uning o'ziga xosligi.
O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning muhim shartlari.
Huquqiy davlat.
Fanning vazifalari va uni o'rganishning ahamiyati.
Fanning predmeti va obyekti.
Insoniyat tomonidan yaratilgan har bir fanning o‘z predmeti, maqsad va vazifalari mavjuddir. Chunki, har bir fan tabiat, jamiyat, shuningdek, yer kurrasidagi ma’lum birsoha yoki yo‘nalishlarni inson idroki salohiyati darajasida tadqiq etadi, Olingan natijalarni jamiyat rivoji va barqarorligini ta’minlash uchun taqdim etadi. Shuning uchun ham har bir fan o‘ziga xos bo'lgan xususiyatlarga egadir. Jumladan, O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani ham o‘ziga xos bo‘lgan predmet, maqsad va vazifalarga egadir.
Mazkur kursning predmeti O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi, mamlakatda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish islohotlarining boshlanganligi va ulami tobora chuqurlashib borayotganligi bilan uzviy ravishda bog'liqdir. Mamlakatda yangi demokratik milliy davlatni barpo etishga monand ravishda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishga doir islohotlarni bosqichma-bosqich ravishda amalga oshishi natijasida butunlay yangi siyosiy tizim shakllandi, demokratik xarakter kasb etadigan siyosiy institutlar rivojlanib bormoqda, fuqarolik jamiyati institutlari — c‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlaming miqdori oshib bormoqda. Qolaversa, islohotlarning chuqurlashib borishi natijasida rivojlanishning yangi «o’zbek modeli» shakllanib, uni jahon hamjamiyati e'tirof etmoqda. Mamlakat iqtisodiyoti oldingi ittifoq davrida rautlaqo uchramagan bozor iqtisodiyoti munosabatlari asosida rivojlanib bormoqda. Bu holat jamiyatning barcha institutlariga, fuqarolaming dunyoqarashiga kuchli ta'sir ko'rsatmoqda.
Shu bilan biiga, O'zbekistonda demokratik prinsiplar asosida rivojlanib borayotgan fuqarolik jamiyatining «Olzbek modeli»ga xos jihatlari ham shakllandiki, ular o‘zining milliy shakllari bilan rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida shakllangan jamiyatlardan farqlanadigan jihatlarini ham namoyon etmoqda. Boshqacha aytganda, O’zbekistonda rivojlanayotgan fuqarolik jamiyati institutlari ham milliy tajriba, ham rivojlangan mamlakatlar tajribasi uyg'unligi asosida shakllanib bormoqda. Albatta, yuqorida ko‘rsatilgan jarayonlami o‘rganish, ilmiy jihatdan tadqiq etish, yosh avlodni demokratik qadriyatlar asosida shakllantirish, fuqarolami, xususan yoshlami fuqarolikjamiyati qurishga doir islohotlarda faol ishtirokini ta’minlashga oid yangidan yangi muammolar va vazifalaming paydo bo‘lishi oliy ta’lim tizimining bakalavr bosqichida O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini o‘qitish zamratini hayot kun tartibiga qo‘ydi.
Umuman olganda, O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini oliy ta’lim tizimining bakalavr bosqichida o‘qitilish zamrati quyidagi omillarning mavjudligi bilan bog‘liqdir:
1. O'zbekistonning mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyatidan o‘ziga munosib o‘rinni egallashi. Ilgari mayda davlatlaiga bo‘linib yashagan, deyarli 126 yil o‘z boshidan mustamlakachilik zulmini kechirgan O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida jahon xaritasida paydo bo'lishi olamshumul tarixiy ahamiyat kasb etadigan voqelik edi.
Albatta, davlat mustaqilligi uchun kurash silliq kechgani yoki o‘z-o‘zidan ro‘y bergani yo‘q. XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmida I.A.Karimovning davlat rahbari bo‘lib kelishi, uning boshchiligida markaz bilan davomli kurashlar natijasi oiaroq, respublikada ro‘y bergan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqirozlaming oldini olish uchun fidoyilarcha mashaqqatli mehnatlar evaziga, shuningdek xalqimizning xohish-irodasi asosida qo‘lga kiritilgan mustaqillik O’zbekiston Respublikasining suveren davlat sifatida qad ko‘tarishini ta'minladi.
O’zbekiston xalqining ko‘p yillik orzusi — davlat mustaqilligini qo‘lga kiritish, uning iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy rivojlanish salohiyatini yaratish, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqish jarayoniga Prezident l.A.Karimov boshchilik qildi. Ayniqsa, uning mustaqillik arafasidagi inqirozli holatlarni bartaraf etish, xalqni o‘zaro nizolar va urushlardan asrash, yangi milliy davlat va demokratik jamiyat asoslarini yaratish sohasidagi xizmatlari beqiyosdir. Ana shu davr — O’zbekistonning mustaqillikka erishishi, Prezident l.A.Karimov tomonidan yangi jamiyat va davlatni shakllantirish konsepsiyasini amalga oshirish jarayonini yosh avlodga o‘qitish O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining predmetini tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovtomonidan O’zbekistonda bozor iqtisodiyoti asosida fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishni asosiy strategik pirovard maqsad sifatida e’lon qilinishi, unga doir ulug'vor konsepsiyalami amalga oshirilishi natijasida mamlakat qiyofasining tubdan o'zgarishi, rivojlangan mamlakatlarga xos bo‘lgan rivojlanish odimlarining ro‘y berishi, fuqarolar dunyoqarashida demokratik qadriyatlarning joy ola boshlashi, yangidan yangi fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi, milliy parlament va ijroiya hokimiyatining demok- ratik prinsiplar asosida faoliyat yurita boshlashi O'zbekistonda yangi ijtimoiy-siyosiy tuzum qaror topganligini ifodalay boshladi. Davlatimiz Prezidentlik Respublikasiga aylandi.
«Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyili asosida «o’zbek modeli»ga muvofiq ro‘y bergan bu o‘zgarishlarning nazariy va arnaliy jihatlari haqida bilimlar berish, biz qurayotgan fuqarolik jamiyatining nazariy jihatlarini yoshlarga yetkazish O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining yana bir predmetini tashkil etadi.
Mamlakat iqtisodiyotida ham tub o'zgarishlar amalga oshirildi. Ko‘p ukladli iqtisodiyotga o‘tildi. Tarixda birinchi marta xususiy mulkchilik qonunlashtirildi. Jamiyatning iqtisodiy asosi bo‘lgan — kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O'rta mulkdorlar ijtimoiy qatlamining shakllanishi uchun barcha huquqiy va ijtimoiy asoslar yaratildi. Mamlakatda tezlik bilan bozor iqtisodiyoti munosabatlari, uning zamonaviy infratuzilmasi shakllana boshladi. o’tish davri qiyinchiliklarini bartaraf etish maqsadida davlatning kuchli ijtimoiy siyosat olib borishi belgilandi. Qisqa davr ichida fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asosi — fermerlar va tadbirkorlar sinfi shakllanib, ular mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaming deyarli uchdan ikki qismini ishlab chiqara boshladi.
Mamlakat iqtisodiyotining rivojlangan mamlakatlarga xos ravishda taraqqiy eta boshlashi, jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi sharoitida ham yalpi ichki mahsulotning yiliga o‘rtacha 8 - 8,3 foizdan o‘sib borayotganligi rivojlanayotgan fuqarolik jamiyatining mustahkamlanishiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Nodavlat notijorat tashkilotlar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining iqtisodiy va yashash salohiyati o‘sa boshladi. Yurtimizda zamonaviy obodonchilik avj oldi. Zamonaviy sanoat ishlab chiqarishning yangi sohalari yaratildi. Ozod va obod Vatan qurishga doir islohotlar tobora chuqurlasha boshladi. Qishloqning ijtimoiy qiyofasi butunlay o‘zgardi. Fuqarolar yangi jamiyatga xos bo'lgan huquqiy va siyosiy madaniyatni o'zlashtira boshladi. Ana shu ro‘y beigan o‘zgarishlar va uning istiqbollariga doir nazariy jihatlarni o'qitish O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining predmetlaridan birini tashkil etadi.
Xalqimizning milliy, madaniy-ma'naviy tiklanishi, millatimizning rivojlanishi bilan bog‘liq jihatlar ham mislsiz darajada rivojlandi. Vatanimiz hududida yashab o‘tgan barcha allomalaming nomlari tiklandi, ular qoldirgan ilmiy va madaniy meros qaytadan nashr etildi, jamiyatimiz nafaqat zamonaviy modemizatsiyalash tajribalari asosida, balki buyuk mutafakkirlarimiz qoldirgan milliy merosdan unumli foydalangan holda rivojlana boshladi. Milliy ma'naviy merosni tiklash, jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida namoyon bo'ldi. Xalqimiz o‘z taqdirini o‘zi belgilay oladigan salohiyatga erishdi. Milliy qadriyatlarimizning tiklanishi jamiyatga sermazmun va maftunkor jihatlar bag'ishladi. Bu sohada qabul qilingan dasturlami amalga oshirish jamiyatimizning yaratuvchanlik va ijodkorlik jihatlarini shakllantirdi. Prezident I.A.Karimovning ta’kidlashicha, «ushbu dasturlar, birinchi navbatda, qayta tiklanayotgan merosga farqlab yondashishga, eng muhimi, umuminsoniy qadriyatlarimizni boyitadigan hamda jamiyatimizni demokratiyalash va yangilash talablariga javob beradigan, axloq jihatdan ahamiyatli an’analarni, urf-odatlarini tanlab olish zamriyatiga asoslangan edi».
Jamiyatimizning ma'naviy hayotidagi tub sifat o‘zgarishlami sinchiklab anglab olish O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish jarayonini ilmiy asoslab berishda katta ahamiyat kasb etadi. Albatta, jamiyatimizda ro‘y berayotgan madaniy, ma'naviy vaboshqa milliy tiklanishga doir sohalaming rivojlanib borishini nazariy jihatlardan tahlil etish va ularni yoshlar dunyoqarashiga singdirish O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani predmetlaridan biridir.
O'zbekistonning jahon integratsiyasiga kirib borishi, davlatimizning milliy manfaatlarga va teng huquqli munosabatlarga asoslangan'tashqi siyosati demokratik tamoyillar asosida shakllandi va rivojlanib bormoqda. Prezident I.A.Karimov aytib o'tganidek, O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan ko‘p tomonlama faol tashqi siyosatni amalga oshirish — davlatimizning mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va xalq turmushini yaxshilashning zamr sharti va g‘oyat muhim vositalaridan biridir. Shuning uchun ham davlatimiz o‘zining tashqi siyosatida jahon hamjamiyatidan o‘ziga munosib o‘rin olishga, jahon integratsiyasining teng huquqli a'zosi bo'lishga intilmoqda va bu yo‘lda milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda siyosat olib bormoqda.
Mamlakatimizning tashqi siyosatini nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganish, uning fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi o‘rniga doir bilimlar berish O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani predmetlaridan biridir.
Mazkur fanning obyekti esa mustaqillik davrida O’zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish jarayonida davlatning bosh islohotchi sifatidagi faoliyati va fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanish hamda rivojlanish bosqichlaridan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |