Islom Karimov


Fan amal qiladigan qonuniyatlar



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə2/29
tarix17.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#144616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Islom Karimov-fayllar.org

Fan amal qiladigan qonuniyatlar: Boshqa barcha fanlar kabi O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining ham o‘ziga xos qonuniyatlari mavjuddir. Mahumki, qonuniyatlar — bu ma’lum hodisalarning mohiyatini ifodalovchi barqaror aloqalarga amal qilish, demakdir. Insonlar rivojlanishga doir turli qonuniyatlar o‘rnatib, ular asosida o‘zaro munosabatlami amalga oshiradi. O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining qonuniyatlari asosan demokratik tuzum va fuqarolik jamiyati qurish prinsiplari hamda unga doir nazariy ishlanmalar, Prezident I.A.Karimovning mamlakatda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishning besh tamoyilidan iboratdir. Shuningdek, hozirgi davrda rivojlangan mamlakatlarda sinovlardan o‘tgan fuqarolik jamiyati qurish tajribasi natijasida shakllangan jamiyatni demokratlashtirish qoidalari ham qonuniyatlar sifatida e'tirofetiladi. Umuman olganda, O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani qonuniyatlari sifatida fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishning zamonaviy nazariya- si va prinsiplari, O’zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishning «Olzbek modeli» va uning tamoyillaridan biri — «Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyillari e'tirof etiladi.

Umuman, O’zbekistonda “Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fani amal qiladigan ijtimoiy-siyosiy rivojlanish qonuniyatlari Prezident l.A.Karimovning quyidagi fikrlarida mujassamlashgan: «Butun davlat hokimiyati organlari ishining samaradorligini saqlab qolgan holda hokimiyat vakolatlarini markaz ixtiyoridan soqit qilish, bu vakolatlaming bir qismini markazdan mintaqalaiga, mahalliy hokimiyat organlariga olib berish yo‘llarini izlab topish zaruratga aylanib bormoqda.

o’z navbatida, davlat hokimiyati mahalliy organlari yangi sharoitlarda o‘z hokimiyat vakolatlari hamda vazifalarining bir qismini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish mahalliy organlariga topshirish yo‘li bilan ulaming rolini kuchaytirish va obro‘-e’tiborini mustahkamlash imkoniyatlarini belgilab olishlari lozim.

Islohotlarning dastlabki bosqichida davlatning faol roli asosiy vakolatlar davlatning va eng avvalo, ijro etuvchi hokimiyatning ixtiyorida bo’lishini taqozo etadi. Demokratik o‘zgarishlarning hozirgi bosqichi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning uzoq vaqtga mo’ljallangan strategiyasini ishlab chiqishni talab qilmoqda. Bunda davlatning roli demokratik taraqqiyotimizning pirovard maqsadi — fuqarolik jamiyati barpo etish maqsadiga asoslangan holda tubdan o‘zgarishi darkor. Biz bunda kuchli markaziy davlat hokimiyati o'zining kuch-g‘ayratlarini asosiy, umummilliy vazifalarga, chunonchi, mudofaa, davlat xavfsizligi va fuqarolar xavfsizligi, tashqi siyosat, valuta-moliya hamda soliq tizimlarini shakllantirish, qonunlar qabul qilish va taraqqiyotning boshqa strategik vazifalariga qaratadigan davlat ijtimoiy qurilish tizimini barpo etishimiz lozim. Boshqa masalalarni hal qilish esa asta- sekin markazdan joylarga, davlat hokimiyati organlaridan jamoat tashkilotlariga, fuqarolarning o'zini o‘zi boshqarish organlariga topshirilmog'i kerak.






  1. Yüklə 0,66 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin