Islom Karimov



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə8/29
tarix17.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#144616
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Islom Karimov-fayllar.org

Inqilobiy yo‘I. Bu yo'lning xarakterli xususiyati - unga muvofiq mamlakat iqtisodiy-siyosiy hayotida tub o'zgarishlar amalga oshiriladi: mavjud amal qiliniyotgan davlat hokimiyati butunlay yo‘q qilinadi, demokratik islohotlarga moyil bo'lgan hokimiyat shakli paydo bo’ladi. Qisqa davr ichida xalq xayrixohligiga erishish uchun demokratiyaning ko‘rinishini namoyon qiladigan o'zgarishlar ham amalga oshiriladi. Lekin, ko‘p o'tmasdan davlat hokimiyati avtoritar va totalitar boshqaruv usullarini tezlik bilan o'zlashtiradi. Jamiyatda inson erkinligi va fikrlar pluralizmi yo‘q qilinadi. Bu yo‘l o‘z tabiati, rivojlanish qonuniyatlarini mensimaganligi, iqtisodiy rivojlanishni o‘ta sun'iylashtirishga urinishi, jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlar va guruhlarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishi, siyosiy qatag‘onlar avj oldirishga moyil bo'lganligi uchun ham tarix sahnasidan tushib ketdi. Shuning uchun ham bu yo‘l o‘zining o‘ta xavfli ekanligi bilan ajralib turadi.

o’tish davrini o‘z boshidan kechirayotgan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatdiki, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning radikal yo‘li quyidagi nuqsonlaiga ega: birinchidan, oldingi tuzumdan merosbo‘lib qolgan ulkan tuzilmaviy nomutanosibliklar sharoitida baholarni erkin belgilashga o‘tish natijasida real sektordan resurslaming oqib ketishi sharoitida moliyaviy sektorda kapital qo'yishning eng ko‘p daromad beradigan sohasi qayta taqsimlash faoliyati bo‘lib qoladi; ikkinchidan, hali tag-tomiri bilan yulib tashlanmagan rejali iqtisodiyot ta’sirida paydo bo‘lgan mollar taqchilligi va ishlab chiqaruvchilaming monopol holatida baholarni talab va taklif asosida belgilashga tez sur'atlar bilan o‘tish dastlabki davrda inflatsiyani juda ham kuchayishiga olib keladi; uchinchidan, yuqori inflatsiya aholining aksariyat qismi turmush darajasini pasaytirishga olib keladi va ijtimoiy tengsizlikni kuchaytiradi80.


  1. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish yoiini ishlab chiqilishi va uni amalga oshirish jarayoni.


O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish strategiyasi o‘ziga xos tarixiy rivojlanish sharoitlari va mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muhitni e’tiborga olgan holda ishlab chiqildi. Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab sobiq totalitar tuzumdan meros bo‘lib qolgan o‘tkir muammolami bartaraf etishga kirishildi. o’tmishdan quyidagi muammolar qolgan edi: bir tomonlama iqtisodiyot; ishlab chiqaruvchi kuchlami rivojlantirish, baholami belgilash, boy tabiiy va mineral-xomashyoviy resurslardan foydalanish tuzilmalarining mustamlakachilik siyosati ostida qolganligi. Ana shunday sharoitlarda ma'muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berish va bozor iqtisodiyotiga o‘tish, jahon iqtisodiy integratsiyasiga kirish konsepsiyalarini ishlab chiqishga kirishilgan edi.

Mamlakat xalqining mentaliteti, ijtimoiy ahvoli, demografik shart-sharoitlar ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishni taqozo etmoqda edi. Bu zaruratni nafaqat jahon tajribasi, balki xalqning turmush sharoiti, milliy an'analar, milliy ruhiy xususiyatlar ham talab qilmoqda edi.

Prezident I.A. Karimov tarixiy shart-sharoitlar va bozor iqtiso- diyotiga o'tish zaruratidan kelib chiqib 1992-yilning 2-iyulida quyi- dagi vazifani qo'ygan edi: «0'zbekistonning yo'li shuki, biz tinchlik va osoyishtalikni saqlab, bozor iqtisodiyotini shoshmasdan, aholi- ning nochor qismini asrab-avaylab, ularga yetarli shart-sharoitlami yaratib berib, ana undan keyin amalga oshirishga bel bog‘ladik»81.

Prezident I.A.Karimov 1992-yilda o'zining «O’zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» asarida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning iqtisodiy sohadagi dolzaib vazifalari sifatida quyidagilami ilgari surdi:

  • milliy boylikning ko‘payishini, respublikaning mustaqilligini, odamlaming munosib turmush va ish sharoitlarini ta'minlaydigan qudratli, barqaror va jo'shqin rivojlanib bomvchi iqtisodiyotni barpo etish;


  • ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma- bosqich shakllantirish, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni butun choralar bilan rivojlantirish, tadbirkorlikka erkinlik berish, tajribalar va iqtisodiy yangiliklami rag‘batlantirish, iqtisodiy omillar vositasini ishga solish, tayyorga ayyorlikni batamom tugatish;


  • mulk egalari huquqlarining davlat yo‘li bilan himoya qilinishini ta'minlash va barcha mulkchilik shakli — shirkat, davlat, xususiy hamda boshqa mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirish. Shu asosda insonning mulkdan bego- nalashtirilganiga barham berish;


  • iqtisodiyotni o‘ta markazlashtirmaslik hamda yakkahokimlikka barham berish, korxonalar va tashkilotlarning mustaqilligini kengaytirish. Davlatning xo‘jalik faoliyatiga bevosita aralashuvidan voz kechish. Buymqbozlik bilan o‘z hukmini o'tkazib, tazyiq qilish, hamma narsani to'ralarcha belgilab, cheklab qo‘yish kabi o'zini oqlamagan eski usullami qat'iyan tugatish. Iqtisodiy vositalar ustun mavqeni egallaydi82.


O’zbekistonda markazlashgan-rejnli iqtisodiyotdan ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiga o'tish konsepsiyasi \ prinsiplari Prezident IAKarimovtomonidan ishlab chiqildi. Ayniqsa u ishlab chiqqan «o’zbek modeli»ning besh tamoyili bozor iqtisodiyotiga o‘tishning zamonaviy va milliy qirralarini o'zida ifoda etdi. Bu beshta asosiy qoidalaming mohiyati quyidagicha ifodalandi:



«birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo‘ysundirilishi mumkin emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafku- radan holi qilish zarur

ikkinchidan, davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. U islohot- laming ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgartirishlar siyo- satini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi, jaholatparastlar (retrogradlar) va konservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart;

uchinchidan, qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo'lishi lozim. Buning ma'nosi shuki, demokratik yo‘l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlami hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og‘ishmay rioya etishi lozim;

to'rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o'tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta'sirchan choralar ko'rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo‘lidagi eng dolzarb vazifa bo‘lib keldi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi;

beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish obyektiv iqtisodiy qonunjarning talablarini hisobga olgan holda, o‘tmishdagi «inqilobiy sakrashlar»siz, ya'ni evolutsion yo‘l bilan, puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.

Bu qoidalar o‘z istiqlol, rivojlanish va taraqqiyot yo‘limizga asos qilib olingan bo’lib, o‘tish davri dasturining negizini tashkil etadi»83.




Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin