Islom Karimov



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə5/29
tarix17.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#144616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Islom Karimov-fayllar.org

Shved modelining xarakterli jihatlari:
  • iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘naltirilganligi;


  • mulkiy tengsizlik milliy daromadni taqsimlash vositasida qisqartirilishi;


  • aholining kam ta'minlangan qatlamlariga g‘amxo‘rlik qilish;


  • davlatning mollarga baho belgilash va uni o‘rnatish jara- yonlariga faol aralashuvi;


  • mulkchilikdagi davlat sektorining nodavlat va shaxsiy sektorga nisbatan yuqori ulushga ega ekanligi.


Fransuz modeli:


  • davlatning yuqori muvofiqlashtiruvchi roli (1947-yildan buyon rivojlanishning besh yilliklar bo‘yicha istiqbolni belgilashga amal qilinadi);


  • davlatning to‘g‘ridan to‘g‘ri ishbilarmonlik faoliyatining ancha keng miqyosli ekanligi;


  • davlatning kapital jamg‘arish jarayoniga aralashuvi.




Janubiy Koreya modelining yapon modeliga o‘xshash umumiy

jihatlari mavjud. Ularga mamlakat aholisining psixologik taxliti, yuqori darajada mehnatsevarligi va o‘z burchiga mas'uliyat bilan yondashuvi, shuningdek konfutsiychilik axloqiy me'yorlarga asoslanishini misol tariqasida keltirish mumkin. Har ikkala model uchun xos jihat sifatida davlat organlarining iqtisodiyotni qayta qurishda faol ishtirok etishlarini keltirish mumkin.

Iqtisodiyotni modemizatsiyalashni tezlashtirish maqsadlarida soliq, tarif va valuta siyosatidan keng foydalaniladi. Uzoq vaqtlar resurslarbaholari, ishlab chiqarish va iste'mol uchun mo'ljallangan mollar ustidan nazorat qilish saqlanib qoldi. Janubiy Koreyada yuzaga kelgan iqtisodiyotni davlat tomonidan muvofiqlashtirish tizimi Janubiy Koreya mollarini jahon bozorida raqobatbar- doshligining oshishiga imkoniyat yaratib berdi.

Shu tariqa, Yaponiyaga nisbatan ozroq bo‘lsada Janubiy Koreya bozor munosabatlarining rivojlanishi chebol deb atala- digan yirik korporatsiyalar timsolida (keyinchalik moliyaviy- sanoat guruhlariga o‘sib o‘tgan) bozor iqtisodiyoti uchun kuchli poydevor yaratishga imkoniyatlar yaratdi.

Va nihoyat, Janubiy Koreya modelining yana bir unsuri — bu davlat tomonidan qisqa muddatlar ichida mayda va o‘rta tadbirkorlikning qo‘llab-quvvatlashi natijasida o‘rta sinfning shakllanishini keltirish mumkin. o’tgan asming 90-yillari oxirida Janubiy Koreya va yapon modellari bozor mexanizmlariga kuchli davlat aralashuvini o‘z boshidan kechirdilar. Natijada yapon modelining jahon moliyaviy inqiroziga moslashish darajasi kuchsiz ekanligi sezildi.

Janubiy Koreya modelining ba’zi xarakterli jihatlari:

  • istiqbolni belgilash rejalarining tuzilishi (1962-yildan buyon besh yillik istiqbolni belgilash rejalari ishlab chiqiladi);


  • kredit-moliya sohasida davlat nazoratining mavjudligi;


  • tashqi iqtisodiy sohada eksportni rag'batlantirish va importni cheklashga qaratilgan muvofiqlashtirishning mavjudligi.64


Tahlillardan ko‘rinib turibdiki, barcha rivojlangan mamlakatlar o‘z kuch-qudratlarini oshirib borishida bozor iqtisodiyoti me- xanizmlari asosiy rol o‘ynayotgan bo‘lsa-da, har bir mamlakatning rivojlanish modellarida o‘ziga xoslik va tarixiy milliy rivojlanish tajribasining ta'siri mavjud bo’lib, ular modellarning o‘zaro bir- biridan farqlanishida sezilib turadi.

Shuning uchun ham O’zbekiston davlati mustaqillik davrida sobiq sho‘rolar davridagiga butunlay o‘xshamaydigan milliy iqtisodiyotni shakllantirish yoiini tutdi. Bu rivojlanishning milliy va xalqaro tamoyillariga asoslangan «o’zbek modeli» edi. Uni keyingi o‘n yillikda barcha xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar nafaqat e'tirof etdi, balki uni ba'zi o‘tish davrini o‘z boshidan kechirayotgan mamlakatlarda qo'llash zarurligini ham ta'kidlamoqda.

  1. Mustaqillik arafasidagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va «o’zbek modeli»ni ishlab chiqishning zarurati


O’zbekistonning uzoq davr sho‘rolar mamlakati tarkibida rivojlanishi, kommunistik partiya siyosati tufayli milliy o‘zlik, milliy qadriyatlar va madaniyatning inqirozga uchrashi, sobiq totalitar tuzumdan merosbo’lib qolgan rejali iqtisodiyot, mam- lakatning inqirozlar arafasiga kelib qolganligi rivojlanishning faqat va faqat O'zbekistonga xos bo'lgan modelini ishlab chiqish va qoMlash zaruratini keltirib chiqargan edi.

O'zbekiston sobiq ittifoq davrida ham milliy, ham yakka hokim mafkura zulmi ostida yashadi. Kommunistik mafkura o‘z tabiatiga binoan totalitar ruhdagi mafkura bo‘lib, u asosan hayotning barcha jabhalarini egallashga, har bir insonning shaxsiy hayotini ham butunlay nazorat qilishga da'vogar edi. Totalitar mafkura o‘z tabiati va xarakteridan kelib chiqib «buyuk kelajak» uchun o'tmishni ham, boshqa har qanday mafkuralami ham inkor etgan edi.

Jamiyatning barcha sohasidagi hokimiyat butunlay partiyaga tegishli boMib, kommunistik partiya bilan davlat apparati bir-biri bilan chirmashib va qo‘shilib ketgan edi. Shuningdek, jamiyatning davlatlashtirish darajasi ham o‘zining eng yuksak cho‘qqisiga chiqib, davlatdan mustaqil boMgan ijtimoiy hayot va jamiyatning demokratik institutlari butunlay yo‘q qilindi: kommunistik partiyadan boshqa barcha partiyalar tor-mor qilindi, barcha jamoat tashkilotlari va nodavlat birliklar hukmron partiyaga bo‘ysundirildi. Huquq va qonunlarning jamiyatdagi o‘rni pasayib, kommunistik partiya qonun bilan cheklanmagan va qonunga bo‘ysunmagan cheksiz vakolatlarga ega boMdi. Kommunistik partiya apparati iqtisodiyotning barcha sohalarini monopoliya qilib olgan holda ma'muriy-buyruqbozlik usulida rahbarlik qila boshladi.

Kommunistik partiya shaxs hayoti, oila, din, san’at, fan, madaniy an'analar kabi ijtimoiy hayot sohalarini ham o‘z nazorati ostiga olib, bu sohalardagi qadriyat va me’yorlami belgilab berishga ham da’vogarlik qila boshladi. Jamiyat a'zolarining erkin fikrlash, mehnat qilish va o‘z shaxsini intellektual va ma'naviy jihatlardan yuksaltirish, yaratuvchilik ijodiy qobiliyatini takomillashtirish kabi sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlari totalitar rejim tomonidan siqib qo‘yilganligi uchun ham sobiq sho‘ro jamiyati o'zini o‘zi rivojlantirish va yangilash imkoniyatlaridan deyarli mahrum boMgan edi. Shuning uchun ham bu jamiyat tez o‘zgarayotgan dunyoga nisbatan moslasha olmadi. Kommunistik partiya va davlatning ishlab chiqarish va moddiy-ma'naviy boyliklarni taqsimlashdagi o‘mining beqiyosligi, ularning xususiy mulkchilik va bozor raqobatchiligini ta'qiqlash siyosati, shuningdek, ortiqcha ijtimoiy diflferensiatsiyaga yo‘l qo‘ymasligi oqibatlarida jamiyat va davlat rivojlanishidagi barcha maqsadlar majburlash vositalarida amalga oshirila boshlandi. Boshqacha aytganda, boshqaruv noiqtisodiy usullarda, ya’ni iqtisodiyotning rivojlanish qonuniyatlarini hech bir hisobga olmagan holda amalga oshirildi. Shuning uchun ham jamiyatda demokratiya unsurlarining shunchaki yashashi uchun biron-bir imkoniyat ham yo‘q edi.

Davlat hokimiyatining barcha jabhasi faqat kommunistik partiyaga tegishli edi. Bu holatni taniqli siyosatshunos Xanna Arendt o‘zining «Totalitarizm virusi» nomli asarida quyidagicha ifodalaydi: «Partiya doimo jamiyatning tizilmalashuvi bilan bog‘liq bo'lib, un'ing ma'lum qatlamlari manfaatlarini ifoda etdi. Olomon uchun tuzilmaviylikning yetishmasligi yangi tipdagi partiyaga bo‘lgan zaruriyatni shakllantirdi. Butin bir jamiyat manfaatlarini ifoda etishga da'vogarlik qilayotgan partiya fuqarolik jamiyatini olomon gumhlarga aylantirdi, partiyaning o‘zi esa partiyaviy- byurokratik davlat tizimiga o‘sib o‘tdi»65.

Mamlakatda yakkahokim partiya va mafkuraning tazyiqi oqibatlarida shaxsning erkin fikrlashi, o‘z atrofidagi voqelikni erkin va halol tahlil etishi, o‘z tashabbuskorligi va ijodiy qobiliyatini toiiq namoyon qilishi, shuningdek, o‘zi xohlagan tarzda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarda ishtirok etishi uchun hech bir shart-sharoitlar qolmagan edi. Shuning uchun ham jamiyat a’zolari o‘rtasida ijtimoiy faolsizlik va boqimandalik kayfiyatlari mislsiz tarzda kuchaydi.

Rus olimi A.A.Kara-Murza sobiq sovet davridagi partiyaning hukmron mavqeyini quyidagicha ifodalaydi: «Partiyaga uning safidan chiqarish imkoniyati mavjud bo‘lganligi uchun ham qabul qiladilar. Mamlakatdagi barcha lavozimlarga partiya a'zolari boshqalardan iste’dodli, a’lo, adolatli bo‘lganliklari uchun emas, balki ularga nisbatan ko‘proq itoatgo‘y bo’lganliklari uchun qo‘yiladilar — ulami salgina itoatsizliklari uchun hech bir sudsiz qatl etish yoki qamoqqa tiqish mumkin. Partiya va hokimiyatning kuchi partiyaviy «ta’sir»ning (shunday ataganlar) hamma yerda mavjud bo'lganligidadir. Partiyadan haydalgan odam bepoyon mamlakatning biron-bir burchagida ham tazyiqdan panoh topish uchun joy topa olmas edi»66.

Partiya va sovet davlatining baravarlashtirish siyosati kishilardagi shaxsiy tashabbus, ijodiy fikrlash, siyosiy yoki ishlab chiqarishdagi muammolarni mustaqil tarzda yechish kabi qobiliyatlarini rivojlanishiga imkon bermadi.

Kommunistik partiya tomonidan O’zbekiston ulkan mamlakatning paxta xomashyosini yetkazib beruvchi bazasiga aylantirildi. Yetishtirilgan paxta hosiliga markaz egalik qila

boshladi. Respublikaning xomashyo o‘lkasiga aylantirilishi uning agrar mintaqa bo‘lishini taqozo etdi. Oqibatda respublika iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotning hamma sohalari boshqa ittifoqdosh respublikalardan bir necha marta orqada qolib ketdi. Markazning ko‘zga ko'rinmas, niqoblangan mustamlakachilik siyosati partiya faoliyatining barcha sohalarida sezilar edi.

Deyarli barcha ekin maydonlarini paxtaga moslashtirish, muttasil bir xil ekin ekilishidan charchagan dalalarga tobora ko‘proq kimyoviy va zaharli o‘g‘itlar solish misli ko'rilmagan darajada avj oldi. Buning natijasida havo, suv, oziq-ovqat, meva va poliz mahsulotlarining zararlanishi inson salomatligiga xavf solib, ko‘plab yangidan yangi kasalliklarni keltirib chiqardi. Bolalar oiimi nihoyatda ko‘paydi. Suvdan istiqbolsiz, o'rinsiz foydalanish Orol fojeasini keltirib chiqardi.

Turg‘unlik davrida ham ana shu eski siyosat madaniyroq va puxta niqoblangan ravishda davom etdi. Ittifoqning Yevropa qismida to'xtovsiz ravishda kuchayib borayotgan xomashyoga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida O’zbekistonda paxta yetishtirishning eng oxirgi imkoniyatlari ham ishga solindi. Natijada ekologik holat yanada yomonlashdi, paxtakor mehnati juda og‘irlashdi. Xalqning turmush kechirish darajasi qiyinlashib, iqtisodiy-ijtimoiy muam- molar yanada keskinlashdi.

Qayta qurish davrida qisman berilgan demokratik erkinliklar, oshkoralik, xalqning o‘zini o‘zi boshqarish kafolatlari xalq ahvolini tubdan yaxshilay olmadi. Chunki, boshqarish, ishlab chiqarish va mulkchilikning eski usullari bekor qilinib, yangisi barpo qilinmaganligi, ittifoqdosh respublikalar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar buzilganligi, markazning yana yakkahokimlik qilish siyosatidan qaytmaganligi, o'zaro ichki siyosiy kurashlar, RSFSR bilan ittifoq va uning tuzilmalari o‘rtasidagi hokimiyat uchun o‘zaro kurashlar va uning iqtisodiy oqibatlari xalqning moddiy ahvolini keskin yomonlashtirdi. Xalq iste'mol mollari, oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligi kuchayib bordi. Narx-navo ham to‘xtovsiz oshib bordi.

1989-yilda Prezident Islom Karimov respublika rahbari bo‘lgan davrda mamlakat siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ana shunday og‘ir siyosiy, iqtisodiy vaziyat va bo'xronlar mavjud edi. Bir tomondan, markazning ittifoqni saqlab qolish umididagi tazyiqlari, ikkinchi tomondan, o‘zini muholifatchi deb atagan turli guruh va oqimlar boshliqlarining xurujlari respublika hukumatini barqaror siyosat olib borishini xavf ostiga qo‘ydi.

Ana shunday qiyinchiliklar davrida markazdagi oliy hokimiyat — KPSS rahbarlaridan bir guruhning 1991-yil 19—21-avgust kunlari davlat to‘ntarishi qilishga urinishlari va uning oqibatlari shuni ko‘rsatdiki, endi O’zbekiston markazning vassali bo‘lib qola olmaydi. Markazda g‘alaba qilgan siyosiy kuchlarning ba'zi bir harakatlari, ittifoqning boshqarish tuzilmalarini boshqa respublikalar bOan hech bir kelishmay turib ishg‘ol qilishga urinishlar, KPSS oliy rahbariyati bir qismining davlat to‘ntarishida ishtirok etishi, KPSS faoliyatini rasman to‘xtatib qo‘yilishi kabi voqealar O’zbekistonning ittifoq tarkibida rivojlanishini shubha ostiga qo‘ygan edi67.

Ana shunday qiyin, taxlikali va murakkab sharoitlarda O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Umuman, milliy mustaqillikning dastlabki davrida sobiq totalitar jamiyat qoldirgan meros mamlakat ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotining barcha sohalarini o‘ziga qamrab olgan edi. Mamlakatda hali fuqarolik jamiyatining unsurlari shakllanmaganligi, bu sohadagi tajribalarning kamligi, demokratik qadriyatlar xalq mentalitetiga singmaganligi, yangi jamiyatning iqtisodiy asoslari shakllanmaganligi kabi yuzlab dolzarb muammolar o‘z yechimini kutmoqda edi.

  1. «o’zbek modeli»da fuqarolik jamiyati qurishning o‘ziga xos xususiyatlari


Sobiq ittifoqning inqirozga yuz tutishi natijasida agrar mintaqa bo'lgan O’zbekiston jar yoqasiga kelib qolgan edi. Xuddi shu davrda mamlakat rahbari bo‘lib kelgan I.A.Karimov ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy vaziyatni chuqur tahlil etib, hali mamlakat tarixi uchun butunlay yangi bo‘lgan rivojlanishning «o’zbek modeli»ni ishlab chiqishni boshlagan edi. Mazkur modelning mazmun-mohiyati mashhurbesh tamoyilda mujassamlashdi:


  1. iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish;


  2. qonun ustuvorligini ta’minlash;


  3. davlatning bosh islohotchi sifatidagi boshqaruvchilik rolini tan olish;


  4. mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish;


  5. siyosiy va iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat edi.


Mazkur tamoyillaming asosiy strategik pirovard maqsadi bozor iqtisodiyotiga o‘tish, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish, deb belgilandi.

«o’zbek modeli» asosida amalga oshirilgan islohotlar natijasida mustaqillikning o‘tgan 23 yili ichida iqtisodiyotda tub demokratik va bozor islohotlari amalga oshirildi, xususiy mulkka keng yoi ochib berildi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, qishloq xo'jaligi sohasida hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan fermerlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar, imtiyoz va preferensiyalar yaratildi, xususiy mulk va mulkdorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ko'plab qonun hujjatlari qabul qilindi. Shu borada jamiyatni erkinlashtirish, biznes yuritish uchun huquqiy va qonunchilik bazasi hamda zarur sharoitlarning muntazam ravishda takomillashtirib borilgani iqtisodiyotni izchil va barqaror rivojlantirishda, aholining hayot darajasi va sifatini yuksaltirishda katta o‘rin tutdi. Mamlakatda kichik biznes va tadbirkorlikning taraqqiyoti, xususiy mulkning jadal rivoji uchun g‘oyat qulay va ustuvor sharoitlarni yaratib berish natijasida iqtisodiyotning o‘sish sur'atlari tezlashdi, aholining ish bilan band bo‘lishi va daromad topishi bilan bir qatorda, mamlakatimiz uchun yangi bo‘lgan, demokratik islohotlarning asosiy tayanchi va harakatlantiruvchi kuchi — o‘rta sinf shakllantirildi.

Shu bilan birga, mamlakatda «o’zbek modeli» asosida fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etishga doir islohotlami rivojlangan demokratik mamlakatlar va xalqaro hamjamiyatlar tajribasidagi demokratik qadriyatlar asosida amalga oshirishga muhim ahamiyat berildi. Chunki, demokratik qadriyatlar nafaqat xalqaro tajriba va sinovlardan o'tganligi, balki o‘zbek xalqining milliy manfaatlariga mos kelganligi uchun ham islohotlar jarayonlariga tatbiq etila boshlandi. Mamlakatda fuqarolikjamiyati uchun muhim bo‘lgan demokratik qadriyatlarni Prezident I.A.Karimov quyidagicha baholagan edi: «Ma’lumki, demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e'tirof etilgan tamoyillari bor. Insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, barcha fu- qarolaming teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, davlatning asosiy organlari saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi, tayinlash yo‘li bilan shakl- lanadigan davlat organlarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi va boshqalar shular jumlasiga kiradi»68.

Shu bilan biiga, Prezident I.A.Karimovning fikricha, fuqarolik jamiyati nazariyasi va amaliyoti har bir mamlakatning milliy qadriyatlari, xalqning milliy mentaliteti va milliy an'analarini o‘zida ifodalashi zarur. Bu shuning uchun ham zarurki, fuqarolik jamiyati barpo etishda har bir xalq o‘z milliy manfaatlarini ifoda etilishini ham anglashi lozim. Bu kabi holatga ega bo'lish uchun milliylik yangi jamiyat mazmuni va shaklu shamoyili bilan uyg‘unlashishi lozim. O’zbekiston esa boshqa mamlakatlarga nisbatan adolatli va xalqchil jamiyat barpo etishga doir milliy meros va qadriyatlarga boyligi bilan ajralib turadi.

Shuningdek, mamlakatda yangi jamiyat qurish islohotlari inqilobiy yo‘lni ham qabul qilmaydi. Chunki, bu yo‘l o‘zining vayronagarchiligi, millionlab aholining ijtimoiy ahvolini pasayib ketishi, jamiyatning qutblashgan tomonlaiga bo’linib ketishi kabi salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham davlat tomonidan fuqarolik jamiyatining O’zbekiston mamlakati uchun o‘ziga xos quyidagi jihatini ilgari surildi: «Sharqda demokratik jarayonlaming qadimdan shakllangan o'ziga xos va o‘ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo’lmaydi. Ya'ni Sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy o‘zgarishlar yasashga urinishlar g‘oyat noxush, hatto fojiali natijalaiga olib keladi. Inqilobni G‘arb olimlari ham «ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli» deb ataganlar. Tabiiyki, bunday yo‘l bizga aslo to‘g‘ri kelmaydi...»69.

Shu bilan birga, Prezident I.A.Karimovning O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishga doir nazariy qarashlari rivojlangan mamlakatlarda amalga oshirilgan demokratik tamoyillar asosidagi tajribalarga hamohang tarzda rivojlandi. U fuqarolik jamiyatining asosini o‘zini o‘zi boshqarish organlarini o‘ziga munosib vakolatlar bilan ta’minlashda, deb bildi.

Shuningdek, Prezident I.A.Karimov O'zbekistonda fuqarolik jamiyatining yashashini ta’minlaydigan asosiy shart-sharoitlardan biri, bu — davlat hokimiyati vakolatlarini chegaralash, fuqarolik jamiyati institutlariga jamiyatda o‘zini o‘zi boshqarish uchun qanchalik zarur bo‘lsa, shunchalik yetarli vakolatlar berish ekanligi masalasini ilgari surdi. Prezident fuqarolik jamiyatining yashash qobiliyati fuqarolaming siyosiy jarayonlarda nechog‘lik ishtirok etishlari bilan uzviy bog‘liq ekanligini ham chuqur anglab yetgan edi.

Prezident I.A.Karimovdavlat vakolatlarinijamiyat institutlariga berish asosida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish maqsadida quyidagi vazifani qo‘ydi: «Ammo haqiqiy milliy ravnaqqa biz faqat davlat hokimiyati vazifalarini qat’iy va mukammal belgilab va shu bilan birga cheklanib qo‘yilgan fuqarolik jamiyati sharoitidagina erishmog'imiz mumkin. Bunday jamiyatda davlatning bosh vazifasi taraqqiyot strategiyasini aniq belgilash va uni hayotga joriy etish uchun qattiq nazorat olib borishdan iborat bo’ladi... Ana shunday davlat va jamiyatni qurish, haqiqiy demokratik qadriyatlarni vujudga keltirish — bizning bosh konsepsiyamiz va milliy ravnaqimiz asosidir»70.

Mamlakat Prezidenti I.A.Karimovning O’zbekistonda fuqarolik jamiyati barpo etishga doir nazariy qarashlari uning «O’zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida o‘z takomiliga yetganini kuzatish mumkin. Bu asarda fuqarolik jamiyatining eng asosiy institutlari O’zbekiston mamlakati shart-sharoitlari, milliy mentalitetini hisobga olgan holda talqin etiladi. Shuningdek, bu asarda yangi jamiyat qurish muammolari «shaxs-jamiyat-davlat» o‘zaro uyg'unligi asosida tahlil etiladi. Muhimi, davlatning shaxs va jamiyat manfaatlari asosida faoliyat yuritadigan siyosiy institut ekanligi, bu institutning doimo jamiyatni rivojlanishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlardan farovon bo'lishi hamda barqarorligi uchun mas'ulligini oshirib borish zarurligi asoslanadi.

Shuningdek, asarda fuqarolik jamiyatini inson erkinligi va huquqlarining eng asosiy himoyachisi ekanligiga ham muhim e’tibor beriladi. Asardagi quyidagi fikrlar fuqarolik jamiyatining yangi qirralarini ochib beradi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati — ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u inSonning o‘z-o‘zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro'yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlaming huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya'ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to'ldiradi va bir-birini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim. Shuning barobarida barcha odamlar qonunlaiga so'zsiz rioya qilishlari shart»71.

Prezident I.A.Karimov fuqarolik jamiyatining shakllanishini fuqarolaming davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirokini amalga oshirish bilan uzviy ravishda bog'laydi. Ayniqsa, yangi jamiyat xalq tomonidan demokratik qadriyatlami o‘z siyosiy madaniyatiga singdirib borishiga hamohang tarzda rivojlanib borishini e'tirof etgani holda quyidagi fikrlarni bildiradi: «Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor.

Bular — xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligidir. Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir»72.

Umuman olganda, Prezident I.A.Karimovtomonidan ishlab chiqilgan «o’zbek modeli»ni amalga oshirishning asosiy yo'nalishi bo‘lgan «Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoylli ilg‘or demokratik qadriyatlar bilan adolatli jamiyat qurishga doir milliy qadriyatlar va an’analarni uyg'unlashtirish asosida rivojlanib bordi.

Prezident O’zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish islohotlarini yanada chuqurlashtirish, unga mutanosib ravishda huquqiy davlat qurish maqsadlaridan kelib chiqib jamiyat- ning siyosiy sohasini erkinlashtirish (liberallashtirish) konsepsiyasini ishlab chiqdi va uning quyidagi yo'nalishlarini belgilab berdi: mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish;

mamlakat siyosiy hayotida haqiqiy ma'nodagi ko‘ppartiyaviylik muhitini qaror toptirish;

nodavlat notijorat tuzilmalar, fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish oiganlarining faoliyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish;

jamiyatda fikrlar xilma-xilligi va qarashlar rang-barangligi, ularni erkin ifoda etish sharoitini ta'minlash;

inson huquqlari va erkinliklarini, odamlar ongida demokratik qadriyatlami yanada mustahkamlash va rivojlantirish.

Prezident I.A.Karimovning quyidagi fikri mamlakatda fu- qarolik jamiyati'barpo etishning eng asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi: «Hammamizga ayonki, bu yo‘nalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog‘liq ko‘p masalalami hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalami bosqichma- bosqich jamoat tashkilotlariga o‘tkaza borishni taqozo etadi. Buning uchun, avvalambor, davlatning iqtisodiy sohaga, xo‘jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi galda, xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklash lozim... Hayotimizni erkinlashtirish yo‘nalishlarining yana bir muhim yo‘li — markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkaza borishni ta’minlashdir»”.

Mamlakatda «o’zbek modeli»dan kelib chiqib, fuqarolik jamiyati qurish maqsadlarida davlat hokimiyatining aksariyat vakolatlarini mahalliy hokimiyat organlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlariga berish jarayonlari boshlandi. Markaziy davlat hokimiyati tasarrufida esa asosan, faqat konstitutsion tuzumni, mamiakatning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish, huquq-tartibot va mudofaa qobiliyatini ta'minlash, inson huquqlari va erkinliklarini,- mulk egalarining huquqlarini, iqtisodiy faoliyat erkinligini himoya qilish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, samarali tashqi siyosat olib borish kabi vakolatlami qoldirish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, strategik ahamiyatga molik masalalar, muhim iqtisodiy va xo‘jalik masalaiari, pul va valuta muomalasi bo‘yicha qarorlar qabul qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining huquqiy shart-sharoitlarini yaratish, ekologiya masalalari, umumrespublika transport va muhandislik kommunikatsiyalarini rivojlantirish, yangi tarmoqlarni vujudga keltiradigan ishlab chiqarishni barpo etish masalalari markaziy davlat miqyosida hal etilishi, davlatning boshqa barcha vazifalari esa mahalliy davlat hokimiyati, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga berish uchun huquqiy asoslar va siyosiy shart-sharoitlar yaratishga doir islohotlar chuqurlashib bormoqda. Shu bilan birga, davlat organlari faoliyatini pazorat qilish vakolatlari ham asosan o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga o‘tkazish belgilandi.

Shu bilan birga, O’zbekiston jamiyati siyosiy tizimida ikki palatali parlament islohotlarining boshlanishi ham davlat hokimiyati tizimi va jamiyat institutlarini har tomonlama mo- demizatsiyalashtirish va isloh etish uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yanada kengaytirdi. Avvalambor, parlament islohotlari natijasida jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlar va guruhlaming manfaatlari va irodalarini ifodalovchi yangi institutlar — parlamentning Qonunchilik palatasi va Senatning shakllanishi natijasida bu turli-tuman manfaatlarni qonunlar va siyosiy qarorlarda ifodalana olish imkoniyatlari yaratildi. Albatta, bu o‘zgarishlar fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan qadriyatlardan biri — fuqarolar istaklari va manfaatlarini fuqarolik institutlari vositasida davlat irodasi hamda davlat vazifasi darajasiga ko'tarish amaliyotiga erishildi. Shuningdek, fuqarolikjamiyatigaxos bo'lgan qonunlar qabul qilishning o‘ziga xos imkoniyatlari yaratildi.

Prezident I.A.Karimovning quyidagi so‘zlari xalqning, butun bir mamlakatning dasturilamaliga aylandi: «Bizning bosh strategik maqsadimiz qat'iy va o‘zgarmas bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iboratdir»74.

Shunisi diqqatga sazovorki, Milliy mustaqillik yillarida O’zbekistonda yangi davlat va jamiyat qurish masalasida rivojlangan mamlakatlaming ilg'or tanxiy tajribasini chuqur o‘iganish natijasida fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi «o’zbek modeli»ning nazariy asoslari ishlab chiqildi. Uning nazariy qarashlari «Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual dasturda va O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish amaliyotida o‘z ifodasini topib bormoqda. Bu sohani rivojlantirish maqsadlarida qonunchilikni isloh etish, fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirishga imkoniyat yaratadigan huquqiy asoslar yaratishga muhim ahamiyat berila boshlandi.

Mamlakatda islohotlami yanada chuqurlashtirishda Prezident


  1. A.Karimov tomonidan ilgari surilgan «Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang», «Islohotlar - islohot uchun emas, avvalo inson uchun» degan shiorlar «o’zbek modeli»ni amalga oshirishning tamoyillariga aylanib ketishi barobarida ular mazkur modelning xarakteri va insoniy qiyofasini ham belgilab berdi.


  1. «O’zbek modeli»ga xos iqtisodiy rivojlanishning milliy jihatlari.


Rivojlanishning «o’zbek modeli» iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida ham ri'vojlangan mamlakatlar, milliy an’analar va tajribalar, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy holati kabi omiliarni e'tiborga olgan edi. Masalan, Germaniya, Shvetsiya va Janubiy Koreyada og‘ir sinovlardan o‘tgan mayda va o‘rta korxonalar, fermerlik xo‘jaliklarini davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab- quvvatlash, davlatning bosh islohotchilik o‘rniga muhim e’tibor berish, iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘naltirilganligi, mulkiy tengsizlik nisbatini o'sishiga yo‘l qo‘ymaydigan iqtisodiy siyosat olib borish, aholining kam ta’minlangan qatlamlarini kuchli ljtimoiy himoyalash, tashqi iqtisodiy sohada eksportni har tomonlama rag‘batlantirish sohalardagi islohotlar rivojlangan mamlakatlardagi demokratik rejimlar uchun xos bo’lgan tub o‘zgarishlar edi.

Shu bilan biiga, «o’zbek modeli»ning milliy, bektakror jihatlari ham borki, ular faqat bizning mamlakatimizdagi milliy-tarixiy rivojlanish va mustaqillik davridagi tajribalar asosida yuzaga keldi. Jumladan, yerga xususiy mulkchilikni, yoqilg'i-energetika majmuasini, transport vositalarini, aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalash tizimini, o'zini o‘zi boshqarish tizimini, mahalliy hokimiyat oiganlarini demokratik tamoyillar asosida rivojlantirishda milliy tajriba, milliy an'analar, mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatlar e’tiborga olindi. Shuningdek, sharqona vazminlik, bosqichma-bosqichlikka asoslangan izchillik, milliy manfaatlar asosida islohotlarni chuqurlashtirish kabi qadriyatlar «o’zbek modeli»ni muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirishga imkoniyatlar yaratdi. Rivojlangan mamlakatlarda bir necha o‘n yilliklar oldin amalga oshirilgan - davlat hokimiyati organlarini nomarkazlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, davlat mulkini xususiylashtirish, mamlakatni modemizatsiyalash kabi islohotlar aynan g‘arb mamlakatlari bosib o‘tgan tarixiy yo‘l tajribasi asosida emas, balki hozirgi globallashuv va fuqarolik jamiyati qurish jarayonlari bilan hamohang tarzda amalga oshirilmoqda. Bu holatlar ham «o’zbek modeli»ning o‘ziga xos milliy jihatlarini aks ettiradi.

O’zbekiston Respublikasi mustaqillik davrida «Olzbek modeli» asosida o‘z iqtisodiyotini hali hech bir MDH davlatlarida ro‘y bermagan yuksak taraqqiyotga erishishini ta'minlay oldi. Hattoki, Sharqiy Yevropa mamlakatlari ham O’zbekistondagi islohotlar darajasidan ancha ortda qoldi. Qisqa davr ichida oldingi davrdagi paxta xomashyosiga bog'liq bo‘lib qolishga barham berildi, daromadlar taqsimoti yuksak darajadagi bab-baravarlikka erishdi, davlat budjeti hattoki inqirozlar davrida ham profitsitni saqlab qolish salohiyatiga erishdi75. 2012-yilga kelib yalpi ichki mahsulot (YalM) o‘tish davrigacha bo‘lgan — 1989-yilga nisbatan 200 foizni tashkil etdi. Bu MDH va Sharqiy Yevropa da\ i ! ri ichida eng yuksak ko'rsatkich sifatida o‘zini namoyon qildi.

2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi ham O’zbekistonga salbiy ta’sir eta olmadi. Bu paytdan boshlab Boltiq bo‘yi mamlakatlarida ishlab chiqarish 15—20 %, Armaniston, Vengriya, Moldova, Rossiya, Sloveniya, Ukraina kabi mamlakatlarda esa 8—15 %ga kamaygani holda yOiga 8—8,3 % o‘sish kuzatOmoqda.

Mustaqillik davrida O’zbekiston o‘z iqtisodiyoti tuzilmalarini tubdan o'zgartirdi, paxta yakkahokimligiga barham berildi, oziq-ovqat va energetika mustaqilligiga erishdi, iqtisodiyotni divesifikatsiyalay oldi.

Hukumatning moliyaviy siyosati ham mustahkamligi bilan ajralib turadi. 2013-yil yakunlariga ko‘ra tashqi davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 17 foizni, eksport hajmiga nisbatan qariyb 60 foizni tashkil etdi76. 2000-yilda YalM tarkibida sanoatning ulushi 14,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2013-yilga kelib 24,2 foizga yetdi. Kichik biznes korxonalarining soni 190 mingtaga yetdi. Bugungi kunda mamlakatimiz YalMning 55,8 foizi'ayni shu sohada ishlab chiqarildi. Vaholanki, 2000- yil'da bu ko‘rsatkich 31 foizdan iborat edi. Jami sanoat mahsulotlarining 23 foizi, ko‘rsatilayotgan bozor xizmatlarining deyarli barchasi, mahsulot eksportining 18 foizi, iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band bo‘lgan aholining 75 foizi kichik biznes ulushiga to‘g‘ri kela boshladi. Jahon bozoridagi konyunkturaning beqarorligiga qaramasdan, 2013-yilda eksport hajmining o‘sishi 10,9 foizdan iborat bo‘ldi77.

Rivojlanishning «o’zbek modeli»ning muhim jihatlaridan biri uning eksportga yo‘naltirilgan mollar ishlab chiqarishni ustuvor vazifa sifatida belgilaganligidir. Shuning uchun ham eksportni rag‘batlantirish yo‘lini tutish nafaqat mamlakatda xorijiy texnologiyalarni kirib kelishini ko‘paytirishga, balki iqtisodiyotni rivojlanishiga ham sezilarli ta'sir eta boshladi.

Mamlakatda Janubiy Koreya va boshqa ba’zi rivojlangan mamlakatlarda bo‘lganidek sanoat siyosatining kuchli vositalari import boji, eksport qiluvchilar uchun soliq imtiyozlari, valuta qadrini tushirish kabi ta’sirchan vositalardan foydalanildi. Albatta, mustaqillikning dastlabki yillarida sobiq ittifoqdan meros bo’lib qolgan holat boshqacha yoi tutishga yoi qo‘ymas edi.

Shu bilan birga, paxta xomashyosi ishlab chiqarishga nisbatan davlat buyurtmasi keskin kamaytirildi, g‘alla, kartoshka va poliz ekinlari uchun yer maydonlari bir necha marta ko‘paytirildi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bilan import qilish holati o‘zaro muvozanatlashdi.

Mustaqillik davrida O’zbekiston energetika mustaqilligini qo‘lga kiritish barobarida uni eksport qiluvchi mamlakatga aylandi. Shu bilan birga, mamlakat MDH davlatlari ichida sanoat sohasini tezlik bilan rivojlantirgan, YalMda uning ulushini yuqori darajada oshirgan, sanoat tarkibida esa mashinasozlik va kimyoviy kabi yangi yo‘nalishlami yuksaltirgan birdan bir davlat sifatida ham tanildi. Avtomobil sanoatining raqobatbardoshligi butunlay bo‘shliqdan boshlangan bo’lsa, endi u milliy o‘sishning kuchli vositasiga aylandi. 2013-yilda 274 mingta avtomobil ishlab chiqarilib, undan 142 mingtasi tashqi bozorga chiqarildi. Toshkentda loyihaviy quvvati yiliga 2011-yildan boshlab 360 mingta avtomobil dvigateli ishlab chiqarishga mo'ljallangan zavod («Djeneral motors» bilan qo‘shma korxona) faoliyat yurita boshladi.

Mamlakatda 1998-yildan boshlab korxonalar uchun eksport bojlari bekor qilindi, 2004-yildan boshlab esa eksport qiluvchi korxonalar uchun daromad va mulk solig‘i, yagona soliq to‘lovi kabilarni to‘lash ular ishlab chiqargan mollaming eksport hajmi ko‘payib borishiga qarab katta imtiyozlar belgilab qo‘yildi. Agar korxona o‘zi ishlab chiqargan mollarni 15—30 foizini eksport qila olsa, soliqlar 30 foizga kamaytirildi, 30 va undan ortiq foizini eksportga chiqarsa, soliqlar 50 foizga kamaytirildi. Albatta, bu kabi soliq siyosati «o’zbek modeli»ning muhim jihatlaridan biri edi. 2012-yilga kelib xomashyoviy bo‘lmagan mollami eksport qilish 1990-yildagi 30 foizdan 70 foizga ko‘tarildi. Undagi uzoq xorijiy mamlakatlar ulushi 1992-yilda 40 foiz bo'lgan bo‘lsa, 2012-yilda bu ko‘rsatkich 60 foizni tashkil etdi78.

«o’zbek modeli»ni yanada rivojlanib va takomillashib borayotganligini Prezident I.A.Karimovtomonidan ilgari surilgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlami yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»ning* (2010-yil 12-noyabr) mazmun-mohiyatidan yanada teranroq anglash mumkin. Unga muvofiq, rivojlanishning «Olzbek modeli» mustaqillik davrida orttirilgan milliy tajribalar va rivojlangan mamlakatlarda sinovlardan o‘tgan farovon jamiyat va huquqiy davlat qurishning nazariy va amaliy jihatlari yanada boyitildi. Mazkur konsepsiya fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishning ustuvor maqsad va vazifalarini belgilab berish asnosida bu jarayonning huquqiy asoslar bilan ta'minlashning istiqbolli dasturi sifatida namoyon bo’ldi.
Takrorlash uchun savollar:

  1. «Rivojlanish modeli» deganda nimani tushunasiz?


  2. Rivojlanishning qanday o‘zini oqlagan modellarini bilasiz? Ularbir-biridan qaysi jihatlari bilan farqlanadi?


  3. «o’zbek modeli»ni ishlab chiqishga qanday zaruratlar bor


edi?

  1. Fuqarolik jamiyati qurishning «Olzbek modeli» nimalardan iborat?

  2. Iqtisodiy rivojlanishning «o’zbek modeli»ning mohiyati nimalardan iborat






Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin