4-mavzu: O‘ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISHDA O’TISH DAVRI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI
Bozor iqtisodiyotiga o'tish tushunchasi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari: umumiylik va o‘ziga xoslik.
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lini ishlab chiqilishi va uni amalga oshirish jarayoni.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri bosqichlari va olamshumul natijalar.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish tushunchasi
Hozirgi davrga kelib turli mamlakatlarda iqtisodiy o‘sishlar va o‘zgarishlaming borishi va mazmuni o‘zining turli-tuman ekanligi bilan keskin ajralib turishi bilan tavsiflanadi. o’tish davridagi iqtisodiy tizimlarni amal qilishini ifodalab beruvchi omillarni uch guruhga ajratib ko‘rsatish mumkin: tabiiy-iqlimiy, ishlab chiqarish-iqtisodiy, sotsiomadaniy.
Tabiiy-iqlimiy omillar jamiyatning tabiiy asosi bilan bog‘liqdir. Tarixiy tajriba ko‘rsatadiki, ijtimoiy hayotni tashkil etish shakllari insonlaming sayyorada qanday joylashganligi, xususan, iqlimning sovushi va kosmik halokatlar, ekvator va hosildor yerlarga yaqin yoki uzoq bp'lishi, suv va foydali qazilmalar bilan ta'minlanganligi kabilarga uzviy ravishda bog‘liqdir.
Ishlab chiqarish-iqtisodiy omillarga mehnat predmeti va vositalari, ilg‘or texnologiyalar, inson-ishchining bosh'ishlab chiqamvchi kuch va iqtisodiy munosabatlar subyekti sifatidagi professionalligi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari, ishlab chiqarish natijalari va mablag‘larni o‘zlashtirish xarakteri va shakllari — xususiy, ijtimoiy, kooperativ, xususiy mulkiy, iqtisodiyotning samaralilik darajasi kabilar taalluqlidir. Ayni o‘zgarishlar, avvalambor, ishlab chiqarish-iqtisodiy omillar iqtisodiy tizimni o‘zgarishga olib keladi, yoki o‘tish davrini, o‘tish iqtisodiyotini va o‘tish holatini boshlanishiga olib keladi.
Sotsiomadaniy omillar inson hayot faoliyatida ruhiy- onglilikni (ruhiy rivojlanish, ijtimoiy xulq, ijtimoiy mentalitet, madaniy an’analar, mafkura, din) paydo bo‘lishini ifodalaydi. Sotsiomadaniy omillar nisbatan mustaqil va barqaror ekanligi bilan ajralib turadi. Qachonki o‘tish iqtisodiyoti haqida so‘z ketganida, bu omillar o‘ziga xos tarzdagi cheklash rolini o‘ynab, uning doirasidan chiqish ma'qul kelmaydi yoki, hattoki, chiqish mumkin bo'lmay qoladi.
o’tish davri iqtisodiyoti o‘z mohiyatiga binoan tadrijiy iqtisodiyotning alohida bir holati bo‘lib, u jamiyatning bir tarixiy pog'onadan ikkinchisiga o‘tayotganida amal qiladi. o’tish davri iqtisodiyoti burilish davrini — tub iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy o'zgarishlarni xarakterlaydi.
o’tish davri iqtisodiyoti o'zining quyidagi asosiy xususiyatlari bilan tavsiflanadi:
o‘tish davrida iqtisodiyotning o‘zgarib turishi, uning beqarorligi. Turli nazariy oqimlar mazkur beqarorlik paytini, muvozanatga erishish muammolarini o‘z tahlillari markazlari sifatida qarash rusumga kirdi. o’tish davri iqtisodiyotida butunlay boshqacha tartibdagi o'zgarishlar ro‘y berib turadi, bunda tizim ma'lum vaqt oralig‘ida o'zining dastlabki holatiga qaytishi kutilmaydi. Tadrijiy o'zgarishlarning qaytib kelmasligi — uning xarakterli belgilaridan biridir. Mazkur beqarorlik shunga olib keladiki, bunda mavjud iqtisoiy tizim bora-bora o‘z joyini boshqasiga bo‘shatib beradi;
o‘tish davri iqtisodiyotining muqobillik xarakteri. Bunda muqobillik o‘tish davri iqtisodiyotining rivojlanishi turli-tuman yo‘llardan iborat bo‘lishini anglatadi. Bu holat o‘tish davri iqtisodiyotining xarakteridan kelib chiqib, unda o‘tmish qoldiqlari, hozirgi payt asoslari, istiqboldagi tadrijiy holat kurtaklari mavjud bo'ladi. Bunda so‘z ayni evolutsiyalar muqobillari to‘g‘risida, ya'ni oxir-oqibatda o‘tish davri iqtisodiyoti qandaydir boshqa yangi holatga o‘tishi to‘g‘risida ketmoqda. Bu jarayondagi o‘tishga moyillik oldingi holatga qaytishni istisno qiladi: «tizim o'zining o‘tmishini eslamaydi» qoidasi kuchga kiradi;
alohida o‘tish davri iqtisodiyoti shakllari vujudga keladi va unga amal qilina boshlaydi. o’tish shakli o‘zida eskiliklar va yangiliklar qorishmasi aralashmasidan iborat hayot tarzlarini ifodalagan holda oldingi tizimni barham topishiga zamin tayyorlaydi. o’tish shakllari evolutsiyaning yo‘nalishini ko‘rsatib beradi va uning ortga qaytmaslik belgisi sifatida namoyon bo‘ladi;
o‘tish davri iqtisodiyotidagi ziddiyatlar alohida xarakter kasb etadi. Bu ziddiyatlar iqtisodiy tizimga amal qilishni ifodalamaydi, balki uning tadrijiy xarakteriga ega ekanligini bildiradi, ya’ni, bu eskilik va yangiliklar o‘rtasidagi ziddiyatlar sifatida namoyon bo‘ladi;
o‘tish davri iqtisodiyotining tarixiyligi. Evolutsiya tarixiy xarakter kasb etadi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi va ijtimoiy tizilmalari o‘ziga xos bo'lganligi, mintaqaviy iqtisodiyot bilan mamlakat iqtisodiyoti o‘zaro farqlanganligi sababli ham hozirgi davr o‘tish jarayonlari o‘zining boshlang‘ich holati hamda oxirgi natijalariga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Bularning hammasi shuni anglatadiki, hattoki, evolutsiya qonuniyatlari turlicha shart- sharoitlarda amal qilsa ham ular o'ziga xos bo‘lgan shakllanishning tarixiy shakllariga ega bo'ladi.
Tarixda o‘tish davri iqtisodiyotining har xil turlari bolganligini bilamiz. Ular o‘tish jarayonlari xarakteri va miqyosi bo‘yicha bir-birlaridan ancha farqlanadi:
o’tish davri iqtisodiyotining lokal turi. U qandaydir mintaqa yoki alohida mamlakatning o‘tish holati miqyosini xarakterlaydi. Lokal tur asosida har bir iqtisodiyot rivojlanishining o‘ziga xos jihatlari, turli mamlakatlar va mintaqalar rivojlanishining notekisligi yotadi. Lokal o‘tish davri iqtisodiyotida o‘tish jarayonlaridagi umumiylik va alohidalik birligi mujassamlashadi. Angliya, Fransiya va Germaniya mamlakatlarida bozor iqtisodiyoti turli shakllarda va o‘ziga xos jihatlar asosida shakllandi. o’tish davri iqtisodiyoti turlarini miqyoslari bo‘yicha tasniflashtirishda lokal o‘tish davri iqtisodiyoti uning boshlang‘ich turi sifatida tahlil etiladi.
o’tish davri iqtisodiyotining global turi. U o‘zida o‘z- garishlarning yagona jarayonini, yoki butun dunyo xo‘jaligi miqyosini, yoki sivilizatsiya doirasidagi (Sharq, G‘arb) o‘z- garishlami ifodalaydi. Lokal darajadagi o‘zgarishlar megaiqtisodiy o‘tish jarayonlarini rivojlanishiga ta’sir qiladi. Bujarayonda paydo bo‘lgan moyilliklar mintaqalardagi jarayonlarga teskari ta'sir ko'rsatadi. Makroiqtisodiy jarayonlar mustaqil omillar ta'sirida rivojlanadi: xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashuvi, transnatsional korporatsiyalami paydo bo‘lishi, millatlararo ishlab chiqarish va o‘zaro almashuvlar.
o’tish davri iqtisodiyotining tabiiy-evolutsiyaviy turi. U o‘tish davri jarayonlarining xarakteri bo‘yicha (ayniqsa, global o‘tish jarayonlari uchun) ajralib turadi. Lekin, lokal o‘tish davri iqtisodiyoti ham evolutsiyaviy qonuniyatlar ta'siri ostida shakllanadi. Shuning uchun o‘tish davri iqtisodiyotining bu turi asosiy tur Tisoblanadi. Evolutsiyaning borishida — tarixiy taraqqiyotning birpog‘onasidan ikkinchisiga o'tishida u asosbo‘lib xizmat qiladi.
o’tish davri iqtisodiyotining islohotchilik-evolutsiyaviy turi. U ham o'tish jarayonlari xarakteri bo‘yicha ajralib turadi va jamiyatni isloh etish uchun ishlab chiqilgan dastur asosida ongli ravishda muvofiqlashtirish asosida kechadi. Bu jarayonda evolutsiyaning borish qonuniyatlari saqlanib qoladi. Lekin, bunda evolutsiya zo'rlik bilan emas, balki islohotchilik o'zgartirishlar uchun ishlab chiqilgan qonunlarga muvofiq tezlashtiriladi. o’tish jarayonining bu turida evolutsiyaning sotsiomadaniy omillari muhim ahamiyat kasb etadi. Unga misol tariqasida qator industrial mamlakatlarda amalga oshirilgan texnotron turga mansub bo’lgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning zamonaviy dasturlarini keltirish mumkin.
o’tish davri iqtisodiyotini amal qilish jarayoni ikkita qo- nuniyatga bogiiqdir: 1) takror ishlab chiqarish o'zgarishlarga moyilligining kamligi (inersiyaviyligi); 2) yangi shakllar va munosabatlarning ko‘proq intensiv rivojlanishi.
Takror ishlab chiqarish o‘zgarishlarga moyilligining kamligi o'tish davri iqtisodiyotini amal qilish muddatlarini cho'zilishini taqozo etadi, eski iqtisodiy munosabatlar va shakllarni saqlashga moyilligini namoyish etib turadi. Jamiyatning yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalari, amaldagi ijtimoiy institutlari, tarmoqlararo va ichki tarmoqlar o‘zaro aloqalari, xo‘jalik me- xanizmlari, kadrlar mentaliteti kabilami tezlik bilan o‘zgarishiga imkoniyatlai kam bo‘ladi.
o’zgarishlaiga moyillikning kamligi o‘tish davri iqtisodiyotini jamiyatning dastlabki holatiga merosiyligini davom ettirishga olib keladi, bu bilan o‘tish davrini cho‘zilib ketishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga, bu jarayonlarni mensimaslik evolutsiyaning obyektiv xarakterini inkor etishni anglatadi, va nihoyat, voluntarizm hukmronligiga olib keladi.
o’tish davrining yangi shakllari va munosabatlarini tezlik bilan rivojlanib borishi tarixiy evolutsiyaning bir pog‘onasidan boshqasiga o‘tish mexanizmini xarakterlaydi. Bu bilan mazkur qonuniyatlar o‘tish davri iqtisodiyotida evolutsion jarayonlarni orqaga qaytmasligini ta'minlaydigan tamoyilga aylanadi. Mazkur qonuniyatlar nuqtayi nazaridan qaraganda, shakllar mazmuni va munosabatlaming yangicha qirralari namoyon bo‘ladi, o‘tish davri shakllari va mo‘ljallari nazariy jihatlardan aniqlashib boradi, yangi shakllar o‘z umrini o‘tab bo‘lgan eskiliklarni siqib chiqaradi79.
XX asming o‘rtalaridan boshlab jahonda ko'plab mamlakatlar mustamlakachilik iskanjasidan qutilib, mustaqil taraqqiyot yo'liga kirdi. Shuningdek, yana bir guruh mamlakatlar eski totalitar jamiyatlardan yangi demokratik tuzumga o‘ta boshladi. Bu jarayonlar ma'lum bir tarbdy muddat ichida ro‘y beradigan o‘tish davrini boshladi. Bu davrda o‘tish davri iqtisodiyoti nazariya va amaliyot, shuningdek, yangi tajriba va model sifatida gavdalana boshladi. Jahon bo‘ylab yangi burilishlar davri boshlandi.
o’tish davri, deganda tarixiy uncha uzoq bo‘lmagan davr (bir necha o‘n yilliklar) tushunilib, bu davr ichida ma'muriy- buyruqbozlik tizimi tugatiladi yoki u tubdan o‘zgartiriladi, bozor iqtisodiyoti tizimi asoslari shakllantiriladi. Bozor iqtisodiyotiga xos bo'lgan «iqtisodiy tizim asosi» tushunchasi iqtisodiy agentlaming o‘zaro xo‘jalik aloqalarining o‘matilgan va nisbatan barqaror shaklini, shuningdek, ana shu tizimda ustunlik qiluvchi mulkchilik shaklini anglatadi. Modomiki, ma'muriy-buyruqbozlik tizimini o‘zgartirish bu tizim asosini o'zgartirishni anglatar ekan, boshqacha aytganda, uni boshqa sifatlisiga (bozor iqtisodiyotiga) almashtirish jarayoni kechar ekan, u holda bu kabi transformatsiyani tizimni o'zgartirishga doir islohotlar deb atash mumkin.
o’tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo'nalishlarl quyidagilardan iboratdir:
Iqtisodiyotni liberallashtirish (erkinlashtirish) — bu ta'qiqlar va cheklovlami keskin, shuningdek, xo‘jalik hayotining barcha sohalaridagi davlat nazoratini qisqartiradigan yoki bekor qilishga qaratilgan tadbirlar tizimidir. U hamma yo'nalishlarga tarqaladigan chora-tadbirlardan iborat bo‘lib, o‘z ichiga quyidagilarni oladi: xo'jalik faoliyatini olib borishdagi (jumladan, tashqi savdo sohasida ham) davlat monopoliyasiga barham berish, resurslarni markazlashgan taqsimotini to‘xtatish, asosan talab va taklifga muvofiq tarzda baholami shakllantirishga o‘tish, ichki va tashqi bozorlardagi transaksiyaviy munosabatlar va muomalalar ustidan davlat nazoratini kamaytirish.
Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish, barcha iqtisodiy agentlaming ish faolligini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar va teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan (aqobatli muhitni shakllantirish, bozorga xorijiy raqobatchilarning kirishiga sharoitlar yaratish, kichik biznesni rag‘batlantirish va tadbirkorlik uchun to‘siqlarni kamaytirish (ma'muriy to‘sqinliklarga barham berish, imtiyozli kreditlar berish vositalari bilan), tabiiy monopoliyalami baho va savdo siyosati bilan muvofiqlashtirish, ayrim hollarda yirik korxonalarni maydalash.
Institutsional o‘zgarishlar. Ular o‘z ichiga mulkchilik munosabatlaridagi o‘zgarishlar (xususiy sektorni shakllanishi), bozor infratuzilmalarini (tijorat banklari, mol va fond birjalari, investitsiyaviy fondlar va boshq.), davlat tomonidan iqtisodiyotni muvofiqlashtirishning yangi tizimini yaratish, bozor sharoitlariga aynan mos keladigan xo‘jalik yuritish qonunchiligini qabul qilish.
Tuzilmaviy o'zgarishlar. Ular birinchi navbatda xalq xo‘jali- gi va uning alohida sohalari tarmoqlar tuzilmalarida oldingi tizimdan meros bo‘lib qolgan nomutanosibliklami yo‘qotish yoki yumshatishga qaratiladi. Bu iqtisodiyot tuzilmalarini qayta qurishning asosiy maqsadi — ichki va tashqi bozorlarda amal qilayotgan to‘lov qobiliyatiga talablar asosida mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirishdan iboratdir.
Makroiqtisodiy barqarorlik (asosan moliya sohasida). Albatta, bu tizimni o'zgartirish islohotlariga unchalik taalluqli bo’lmasada, kamdan kam hollarda bozor iqtisodiyoti kirib kelgan mamlakatlarda amalga oshiriladi. Uning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma'muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi asosan moliyaviy sohada, ayniqsa, ko‘proq yuqori inflatsiya shaklida yuz beradi. Uni uzoq vaqt saqlanib qolishi oqibatlari bozor munosabatlarini vujudga kelishiga to‘siq bo‘ladi. Shuning uchun inflatsiyani to‘xtatish o‘tish davri iqtisodiyoti uchun hayotiy muhim hodisadir. Makroiqtisodiy barqarorlik chora-tadbirlari tizimiga yana pul emissiyasini cheklash, davlat budjeti defltsitini kamaytirish, foydali protsentli ish haqi bilan ta'minlash kabilar kiradi.
Bozor xo‘jaligi uchun mos bo’lgan aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini shakllantirish. Bu tizim aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamlarini manzilli ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga qaratiladi.
Bu bozor tizimining unsurlarini shakllantirish va o‘tish davrining tugaganligini anglatadi.
o’tish davri iqtisodiyotini o‘z boshidan kechirayotgan mamlakatlardagi islohotlarning borishi va ulaming natijalarini qanday bo‘lishi dastlabki boshlang‘ich shart-sharoitlaming qanday bo'lishiga bogiiqdir. o’zgarishlaming muvafaqqiyatli kechishida quyidagi boshlangich shart-sharoitlar muhim o‘rin tutadi:
- ma'muriy-buymqbozlik tizimi mavjudligining davomliligi;
xususiy sektorning iqtisodiyotdagi ulushi;
tuzilmaviy nomutanosibliklarning hajmi, xalq xo'jaligini militarlashish darajasi;
ichki va tashqi makroiqtisodiy muvozanat darajasi (xususan, inflatsiya va tashqi qarzlar hajmi va boshq.);
aholining mehnat etikasi va ustunlik qiladigan xo'jalik yuritish mentaliteti;
jamiyat va iqtisodiyotning bozor tizimidagi mamlakatlarga nisbatan ochiqligi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish yoMlari: umumiylik va o‘ziga xoslik
o’tish davri iqtisodiyotiga mansub mamlakatlar guruhi.
Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida bir-birlaridan farqlanadigan uchta mamlakatlar guruhlari shakllandi.
Birinchi guruhga bozor tizimiga o‘tishi ko‘proq sezilayotgan mamlakatlar kiradi. Ular Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Sloveniya, Boltiq bo‘yi mamlakatlaridan iboratdir. Ulaming bozor iqtisodiyotiga o‘tishi nisbatan ko'proq sezilayotganligiga qator omillar sabab bo'lmoqda: ma’muriy-buyruqbozlik tizimi davrida bozor iqtisodiyoti asoslari shakllanganligi, G'arbiy Yevropa bilan yaqin aloqalari, tarixan yaqin turishi, xalq xo‘jaligini nisbatan muvozanatlashganligi yoki nomutanosibliklarning nisbatan kamligi, bozor tizimiga o‘tish zamriyati masalasida aholining barcha qatlamlari o‘rtasida o‘zaro konsensusning mavjudligi.
Ikkinchi guruhga bozor iqtisodiyotiga o‘tish qator mashaqqatli qiyinchiliklar bilan kechayotgan, bu jarayon birinchi guruh mamlakatlarga nisbatan sekinroq amalga oshayotgan mamlakatlar — Rossiya, aksariyat MDH mamlakatlari, Bolgariya, Ruminiya, Albaniya, Mo‘g‘iliston kabilar kiradi. Bu mamlakatlar bozor iqtisodiyotining barqaror an'analariga ega bo‘lmaganligi, ma’muriy- buyruqbozlik tizimini shakllanishi an'anaviy tizimlar asosida kechganligi bilan ajralib turadi. Bu mamlakatlarda iqtisodiyot tuzilmalaridagi nomutanosibliklar, kuchli baravarlashtirishga moyilliklar, bozor iqtisodiyotiga o‘tish masalasida jamiyatda konsensusning kamligi, rivojlangan mamlakatlardan nisbatan ajralib turishi, harbiy mojarolar xavfming ko'pligi kabi omillar ulami bozor iqtisodiyotiga o‘tishini qiyinlashtirmoqda.
Uchinchi guruhga Sharqiy Osiyo (Xitoy va Vyetnam) mamlakatlari kirib, ulaiga ma’ muriy-buyruqbozl iktizimi hukmronligi qisqa davrda kechganligi, bozor iqtisodiyotiga o‘tish an'anaviy patriarxal tizirri asosida boshlanganligi, o‘tish boshida sanoatining kam rivojlanganligi, jiddiy nomutanosibliklami yo‘qligi, shuningdek avtoritar siyosiy hokimiyatni saqlab qolganligi, aholi mentaliteti bozor munosabatlarini rivojlanishiga moyilligi kabilar xos edi.
Bu mamlakatlarda bozor islohotlarini yengillashtiruvchi qator omillar mavjud edi. Qishloq xo‘jaligi asosini qo‘l mehnati tashkil etganligi uchun jamoaviy xo‘jaliklardan mayda xo'jalikka o‘tish yengil kechdi. Og‘ir sanoat va harbiy-sanoat majmuasi bu mamlakatlar iqtisodiyotida kam ulushlarni tashkil etganligi bu mamlakatlar sanoatini iste’mol bozori ehtiyojlariga moslashishini yengillashtirdi. Bu mintaqada rejali iqtisodiyot 25—30 yil (Sharqiy Yevropada 40 yil, sobiq ittifoqda 70 yil) davom etgan edi. Aholining tadbirkorlikka moyil bolgan an'anaviy tarzdagi yuqori mehnat etikasi ham bozor iqtisodiyotiga o‘tishni ancha osonlashtirdi. Va nihoyat, boy mamlakatlardagi Xitoy va Vyetnam diasporasi o‘z kapitali, kadrlari va tadbirkorlik tajribasi bilan bu mamlakatlardagi o‘tish islohotlariga ancha yordam berdi.
Dostları ilə paylaş: |