Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning roli. - Bozor iqtisodiyotini tartibga solish zarurligi va uning
amalga oshirilishi to`g`risidagi nazariy qarashlar.
- Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi, maqsadi va vazifalari.
3. Davlatning iqtisodiyotini tartibga solish usullari va vositalari.
4. Aholi daromadlari uning tarkibi va manbalari.
Daromadlar tengsizligi , uning omillari va darajasi.
5. Davlatning ijtimoiy siyosati va uning asosiy yo`nalishlari.
Reja:
Iqtisodiyotni tartibga solish yo`llari.
1. Bozor iqtisodiyotini tartibga solish zarurligi va uning amalga oshirilishi to`g`risidagi nazariy qarashlar.
- O`z –o`zini tartibga solishning bozor mexanizmlari amal qilishi.
- Iqtisodiyotni markazlashgan tarzda ma` muriy usullar yordamida tartibga solish.
- Tartibga solishga davlatning aralashuvini bozor mexanizmlari bilan uyg`unlashtirish orqali erishish.
Davlatning iqtisodiyotdagi rolini oshirish to`g`risidagi qarash Djon Meynard Keynsga tegishli. U “Ish bilan bandlik, prosent va pulning umumiy nazariyasi”(1936 yil.) kitobida iqtisodiy inqiroz va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiyotga aralashuvini taqozo qiladi. Shu sababli davlat fiskal va monetar tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag`batlantirishi va aholining ish bilan bandligini ta`minlashi zarur degan g`oyani ilgari suradi.
A.Smitning iqtisodiyotini tartibga solishning bozor mexanizmi xususidagi uchta asosli qoidasi.
- Bozorni tartibga solishga davlat aralashmasligi lozim uning vazifasi tinchlikni saqlash, me`yorida soliqlar belgilash, adolatli sud qilishni ta`minlash bilan cheklanishi zarur
- Bozorni tartibga soluvchi asosiy kuch – bu “ ko`rinmas qo`l”, ya`ni talab, taklif va raqobat .
- Bozor o`z- o`zini boshqaradi. Buni bozor talabi va tovar taklifining o`zaro bog`liqligini ta`minlaydi.
Davlatning iqtisodiyotdagi rolini cheklash va tartiblashda bozor mexanizmiga ustuvorlik berish masalasi birinchi marta A. Smit tomonida asoslab berilgan .
(“Xalqlar boyligining tabiati va sabablari xususida tadqiqot ”asarida)
Dostları ilə paylaş: |