Jahon iqtisodiyotni globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari, belgilari va shakllari. Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqichlari



Yüklə 6,37 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü6,37 Kb.
#205477
Jahon iqtisodiy-WPS Office


Jahon iqtisodiyotni globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari, belgilari va shakllari. Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqichlari
Jahon iqtisodiyotni globallashuvini harakatlantiruvchi kuchlari: kapitalning kontsentratsiyalashuvi va markazlashuvi, xo’jalik hayotini transnatsionallashuvi – yirik transnatsional kompaniyalar va moliya guruhlarining rivojlanishi, jahon va milliy darajadagi bozor raqobati, ilmiy texnika taraqqiyotini rivojlanishi, texnologik innovatsiya taraqqiyoti, xo’jalik hayotini erkinlashuvi, tovar, xizmat va kapital bozorlarini tartibga solishni qisqarishi. Jahon xo’jaligini erkinlashuvi jarayonini kuchayishi. Jahon iqtisodiyotini globalizatsiyalashuvining asosiy mexanizmlari: 1. Jahon savdosida raqobatni kuchayishi 2. Ko’p millatli ishlab chiqarishni shakllanishi 3. Xalqaro moliya bozorlarining integratsiyalashuvi.
Jahon iqtisodiyotni globallashuv jarayonlarini vujudga kelish va rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar: mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy bog’liqlikni keskin kuchayishi; milliy iqtisodiyotlarni iqtisodiy ochiqligini jadal sur’atlar bilan oshishi; xalqaro savdo va kapitalni mamlakatlararo harakati asosida Jahon iqtisodiyotini milliy iqtisodiyotga ta’sirini intensivlashuvi. Xalqaro mehnat taqsimotini yangi sifatin shakllanishi; Jahon moliya bozorini milliy segmentlari o’rtasidagi aloqalarni kuchayishi va global moliya bozorining shakllanishi; infomatsion va telekommnikatsion inqilob; transmilliy korporatsiyalarning faoliyatini global kengayshi; rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyoti mamlaktlarini xalqaro savdo, xalqaro kredit, xalqaro mehnat migratsiyasi jarayonlariga jalb etilishi; jahon iqtisodiyotni sub’ektlari tarkibining keskin murakkablashuvi; jahon iqtisodiyotiga yangi rivojlanib borayotgan yirik shaharlarni (alfa shahar) ta’sirini kuchayishi (Nyu-York, London, Tokio). Jahon iqtisodiyotini globallashuvining belgilari: xalqaro mehnat taqsimotidagi sifat o’zgarishlari; TMK kabi jahon iqtisodiyoti sub’ektlarini miqyosi va ta’sir yo’nalishini o’sishi; xalqaro va milliy darajada iqtisodiyotni tartibga solish tizmini o’zgarishi; xalqaro iqtisodiy takshilotlar tizmini shakllanishi va bajaradigan funktsiyalarini o’zgarishi; xalqaro iqtisodiy aloqalarni jahon xo’jaligini harakat qilishini muhim shakliga aylanishi.
Jahon iqtisodiyotni globallashuvning belgilari. TMKlarni jahon iqtisodiyotida etakchi rol o’ynashi. Jahon xo’jaligi munosabatlarini ichki iqtisodiy munosabatlarga nisbatan etakchiligi (ustuvorligi). Global informatsion-texnolgik revolyutsiyani chuqurlashuvi. Ilmiy-texnika taraqqiyotini ishlab chiqarishni internatsionallashuvini hamma tomonlariga universal, keng qamrovli ta’siri. Standartlarni uyg’unlashuvi (texnologik, ekologik, statistik, buxgalter, moliyaviy va boshqalar). Xalqaro ishlab chiqarishni ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi qamrovini turli shakllarda jahon miqyosida kengayishi va intensivlashuvi. Kapitalning internatsionallashuvi shakl va mexanizmlarini global miqyosda kengayishi. Xalqaro iqtisodiy va moliya tashkilotlarini Jahon iqtisodiyotini global tartibga solish rolini vujudga kelishi (Umumjahon Savdo Tashkiloti, Xalqaro miqyosda valyuta fondi,Umumjahon banki guruhi va boshqalar). Jahonning hamma muhim iqtisodiy mintaqalarini hududiy integratsiya bilan qamrab olinishi. Jahon iqtisodiyotida integratsion jarayonlarni jadal sura’tlarda rivojlanishi. Globallashuv jarayonini rivojlanish yo’nalishlari: bozorlarni globallashuvi va tovarlarni globallashuvi.
Yüklə 6,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin