Kalit soz: AQSH, Lloyd, Amerika Interneyshnl Grupp (AIG)
Bunday assotsiatsiyalar faqat huquqiy tomondan amalga oshirilmasdan, balki iqtisodiy jihatdan ham amalga oshirilmoqda. Bunday assotsiatsiyalarni shakllanishida qayta sugurtalash muhim rol oynamoqda. Ushbu mavzuda bunday sugurta birlashmalarining barcha turlari xaqida ma`lumot berish qiyin, shu sababli ayrim mamlakatlar sugurta tizimlari haqida, asosan ularni tashkiliy tomonlari, boshqarish usullari bilan tanishib otamiz.
AQSH sugurta biznesi uslubiy jihatdan Buyuk Britaniyadan keyin rivojlangan bolsa ham jahon miqyosida tutgan orni jihatidan tengi yoq hisoblanadi. Uning sugurta monopoliyalari rivojlangan industrial mamlakatlar sugurta bozorining taxminan 50% ni nazorat qiladi. AQSH da 8000 dan ortiq mulk va 2000 ga yaqin hayotni sugurtalash kompaniyalari faoliyat korsatadi.
AQSH sugurta tizimining oziga xos xususiyati shundan iboratki, mamlakat miqyosida yagona birlashgan markaziy sugurta boshqarmasi bolmasada,
sugurtani boshqarish xar bir shtat miqyosida tashkil qilingan va xar bir shtatning oz sugurta qonunlari mavjud.
Birinchi xususiyati shundan iboratki, AQSH da 3 shakldagi sugurta mavjud. Bularning birinchisi, Bikifit (shaxsiy sugurtasi) bu sugurta faqat shaxsiy sugurtadan iborat bolmasdan, tibbiyot sugurtasi, omonatlar, pensiya sugurtasini ham qamrab oladi.
Ikkinchisi tijorat sugurtasi xisoblanadi, u sanoat tarmoqlari boyicha tashkil qilinadi. Sugurta turlarining umumiy kollami xaqida gapirganda, barcha sugurta kompaniyalarining aktivlari 1,6 trln. bolib, ushbu korsatkich xar bir kompaniya boyicha 950 mln. dollarni tashqil qiladi. Bolar orasida 2 yirik sugurta kompaniyasi boyicha aktiv 45 mlrd. dollarga teng keladi. Barcha sugurta kompaniyalarining faoliyati 3 konsalting kompaniyasi tomonidan taxlil qilinadi.
Bu taxlilda tolanadigan qoplama, daromadlar va foyda koeffitsienti debitorlik qarzlari markaziy orin tutadi, taxlilda elektron bank markaziy orin tutadi.
Uchinchi xususiyati shundan iboratki, pensiya tolovlari sugurta kompaniyalarining obrosi yuqori bolganligi sababli pensiya ta`minotini boshqarish ularning ixtiyoriga berilgan. Pensiya fondlarini boshqargani uchun sugurta tashkilotlari tegishli xizmat xaqi oladilar. Bundan tashqari oz mablaglaridan investitsiya maqsadlari uchun foydalaniladi.
Sugurta kompaniyalari Amerika sanoat kompaniyalari bilan birgalikda ishlaydilar. Tashqiliy jixatdan sugurta ishlari aktsiyadorlik jamiyatlari bilan xamkorlikda sugurtalash jamiyatlari bilan birgalikda ish olib boradilar. Ularning asosiy vazifalarini anderrayter va sugurta brokerlari amalga oshiradilar. Masalan Prodneshnl jamiyatida 22 ming sugurta brokeri xizmat qiladi. Steyd, Signa, Amerika Interneyshnl Grupp (AIG) sugurta kompaniyalari jaxon miqyosida faqat sugurta operatsiyalarinigina emas, balki kredit, xisob-kitob operatsiyalarini xam boshqaradilar.
Buyuk Britaniya sugurta tizimi.
Buyuk Britaniya sugurta bozorining markazi London xisoblanib, shaxar ozining kop qirrali sugurta faoliyati bilan jaxonda mashxur. Unda jaxondagi yirik sugurta kompaniyalarining vakolatxonalari mavjud, ular faqat sugurtalash bilangina emas, balki qayta sugurtalash bilan xam shugullanadilar. Bolar orasida
«Lloyd» sugurta kompaniyasi markaziy orin egallaydi.
Buyuk Britaniya sugurta bozorining xususiyati quyidagilardan iborat:
Axoliga xizmat korsatadigan pensiya, investitsiya kompaniyalari faqat avtomobillargina emas, balki boshqa uy-rozgor mol-mulklari, javobgarlik, fuqarolik sugurta va sugurtaning boshqa turlari bilan xam shugullanadilar.
Aktsiyadorlar jamiyati xamkorlik sugurtasi yoli bilan ozlariga tegishli sugurta turlarini amalga oshiradilar.
Sugurta tashkilotlari orasida Lloyd sugurta tashkiloti markaziy orinni egalaydi, unga 400 sugurta sindikatlari qaraydi. Ular anderrayterlar tomonidan boshqariladi. Bundan tashqari brokerlar tomonidan oddiy va qayta sugurta shartnomalari tuziladi.
Sugurta tashkilotlari ustidan savdo va sanoat departamentining sugurta nazorat bolimi nazorat ornatadi. Sugurtaning ayrim turlari boyicha ruxsat olish uchun departament bolimiga qator xujjatlar taqdim etiladi.
Qayta sugurta xajmi cheklangan bolib, 10 dan 20% gacha olingan majburiyat xisobidan qayta sugurtalanadi.
Savdo va sanoat departamenti xuzurida sugurtalanganlar xuquqini ximoya qilish bolimi bolib, bolim ixtiyorida maxsus fond tashqil qilingan, uning xisobidan zarar korgan sugurta tashkilotlariga dotatsiya beriladi.
Buyuk Britaniyada fuqarolik javobgarligining majburiy sugurtasi mavjud. Transport, uy xayvonlari bundan tashqari buxgalterlar, advokatlarning kasb javobgarligi boyicha sugurta shartnomalari tuziladi.
Moliyaviy xisobot auditor tekshiruvidan otadi.
Sugurta tashkilotlari oz foydasidan mol-mulk uchun soliq tolaydilar.
Germaniya sugurta bozori.
Germaniya sugurta bozorida mol-mulk sugurtasi 51%, shaxsiy sugurta 37%, tibbiyot sugurtasi 12% ni tashqil qiladi. Bu sugurta tolovlari faqat fuqarolarga tegishli bolmasdan balki yuridik shaxslarga xam tegishlidir. Xammasi bolib sugurta tashkilotlari faoliyati fuqarolarga xizmat korsatish boyicha 87%, xuquqiy shaxslarga esa 13% ni tashqil qiladi.
Foydaanilgan adabiyotlar:
Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Toshkent 1992 y.
Ozbekiston Respublikasi «Sugurta faoliyati xaqida»gi qonuni Toshkent 2002 y.
Dostları ilə paylaş: |