O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
_______________
Rektor prof. K.Sharipov
202___ yil “___”___________
JAHON MINTAQALARI IQTISODIYOTI
FAN SILLABUSI
Bilim sohasi:
|
300 000 –
|
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
|
Bilim yo‘nalishi:
|
310 000 –
|
Iqtisod
|
Ta'lim yo‘nalishi:
|
60411900 –
|
“Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar”
|
Toshkent – 2023 yil
FAN TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
Fan shifri: WREGECO6
Fan nomi: Jahon mintaqalari iqtisodiyoti
Semestr/Yil: 1-semestr/ 2023-2024 o‘quv yili
Kafedra: Jahon iqtisodiyoti kafedrasi
Soatlar/kreditlar miqdori: 6 ECTS (72 auditoriya soati)
Ma'ruza
|
Amaliy mashg‘ulot
|
Laboratoriya
|
Mustaqil ta’lim
|
Jami
|
34
|
38
|
0
|
108
|
180
|
Fan bo‘yicha mashg‘ulotlarning joylashuvi:
Auditoriya vaqti: Dars jadvaliga asosan
Talablar:
Fan uchun mas'ul kafedra: Jahon iqtisodiyoti
O‘QITUVCHI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
O‘qituvchi: Zirkiyoev A.S.
Kafedra joylashgan joyi: TDIU, 1-o‘quv binosi, 422-xona
Telefon: ish telefoni
E-mail: a.zikriyoev@tasue.uz
Ish vaqti: Uchrashuvga ko‘ra
Talablarni qabul qilish vaqti: Talabalar darsdan tashqari vaqtda o‘qituvchi bilan uchrashish uchun o‘qituvchi elektron pochtasiga xat bilan murojaat qilib, uchrashuv vaqtini belgilab olishlari mumkin.
I. Fan tavsifi
Hozirgi kun jahon xo‘jaligida mamlakatlarning rivojlangan darajasiga ko‘ra tasnifi, ularning rivojlanish bosqichlari va davlari, ko‘plab yetakchi va rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy mo‘'jiza yaratishidagi asosiy omillari, rivojlangan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotida tutgan o‘rni hamda ularning bugungi kundagi iqisodiy ahvoli va holatini tahlil qilish hozirgi kun xaqaro aloqalarning dolzarb masalalari hisoblanadi. Xorijiy mamlakatlarning barcha jabhalarida integratsiya va globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan bir davrda mazkur fan mintaqalarda turli rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi asosiy rivojlanish tendensiya va yonalishlarini aniqlash, o‘rganish va tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
II. Fanning maqsadi
Mintaqalar iqtisodiyot fani talabalarda mintaqaviy mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanish tarixi, bugungi holati va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish, mintaqaviy mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanish darajasini baholashda tahliliy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarning jahon iqtisodiyotida tutgan o‘rnidan kelib chiqqan holda ularni muayyan guruhlar bo‘yicha tasniflash bilimlarinin oshirish, shuningdek O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro iqtisodiy munosabatlarni baholash bilimlarini rivojlantirishdan iborat bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |