Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti



Yüklə 60,2 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.01.2024
ölçüsü60,2 Kb.
#211880


Mirzo Ulug‘bek nomidagi 
O‘zbekiston Milliy universiteti 
Biologiya fakulteti Biologiya 
(TB) yo‘nalishi 4-kurs 402-
guruh talabalari Hosilbekov 
Jasurbek va Ochilov 
Lochinbeklarning Yosh 
fiziologiyasi va gigiyenasi 
fanidan tayyorlagan 
Prezentatsiyasi 
Mavzu: Bolalar va o‘smirlar 
salomatligini himoya qilish 
Qabul qildi: M.To‘xtayeva 



Salomatlik
(sog’lik) — har qanday tirik 
organizmning o’zi va uning barcha a’zolari o’z 
vazifalarini to’liq bajara oladigan holati: 
nuqsonlar, 
kasalliklarning
yo’qligi. Salomatlikni 
o’rganadigan fanlarga 
dietologiya

farmakologiya, biologiya, 
epidemiologiya,  
psixologiya
 (salomatlik 
psixologiyasi, rivojlanish psixologiyasi, eksperimental 
va klinik psixologiya, ijtimoiy (sotsial) psixologiya), 
psixiatriya, pediatriya, tibbiy sotsiologiya va tibbiy 
antropologiya, psixoxigina, defektologiya va 
boshqalar kiradi. Inson salomatligini muhofaza 
qilish (sog’liqni saqlash) — davlatning vazifalaridan 
biridir. Dunyo miqyosida inson salomatligini saqlash 
bilan 
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti
(JSST) 
shug’ullanadi. 


SALOMATLIK TUSHUNCHASI VA 
TA’RIFI HAQIDA 

JSST nizomiga ko’ra, «salomatlik — nafaqat 
kasallik va jismoniy nuqsonlarning yo’qligi, 
balki to’liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlik 
holatidir». Biroq, bu ta’rifni populyatsion va 
individual miqyosda salomatlikni baholash 
uchun ishlatib bo’lmaydi. JSST ma’lumotlariga 
ko’ra, mediko-sanitar statistikada salomatlik 
tushunchasi ostida insonda kasalliklar va 
buzilishlar aniqlanmasligi, populyatsion 
miqyosda esa — o’lim, kasallanish va 
nogironlik ko’rsatkichining pasayishi jarayoni 
tushuniladi. 



P. I. Kalyu «Salomatlik tushunchasining asosiy 
xususiyatlari va sog’liqni saqlashni qayta 
tuzishning ayrim masalalari: batafsil ma’lumot» 
nomli ishida dunyoning turli mamlakatlarida, 
turli davrlarda va turli ilmiy me’yorlar 
tomonidan tuzilgan salomatlikning 79 ta’rifini 
ko’rib chiqdi. Ta’riflar orasida quyidagilar 
uchraydi: 



Sog’lik — organizmning barcha darajalarda 
normal faoliyat ko’rsatishi, shaxsiy yashab qolish 
va nasl qoldirishga imkon beradigan biologik 
jarayonlarning normal kechishi. 

Organizm va uning funktsiyalarining atrof muhit 
bilan dinamik muvozanati. 

Ijtimoiy faoliyatda va jamoat foydali ishlarida 
qatnashish, asosiy ijtimoiy funktsiyalarni to’liq 
bajarish qobiliyati. 

Kasalliklar, kasal holatlar va o’zgarishlar 
bo’lmasligi. 

Organimzning doimo o’zgarib turadigan atrof-
muhit sharoitlariga moslashish qobiliyati. 


TIBBIY-IJTIMOIY TADQIQOTLARDAGI SALOMATLIK 
DARAJALARI 

Individual salomatlik — bu alohida insonning sog’lig’i. 

Guruh salomatligi — ijtimoiy va etnik guruhlarning salomatligi. 

Mintaqaviy (regional) salomatlik — ma’muriy hududlar 
aholisining salomatligi. 

Jamoat salomatligi — populyatsiya salomatligi, umuman 
aholining sog’ligi; «kasalliklarni oldini olish, hayot davomiyligini 
uzaytirish va tashkiliy sa’y-harakatlar orqali sog’lomlashtirish, 
jamiyat, tashkilotni o’z fikriga binoan tanlash (davlat yoki 
xususiy, jamoat yoki individual) ilmi yoki san’ati» deya 
ta’riflanadi. Jamiyat sog’lig’ining profilaktikasi usullari — ta’lim 
dasturlarini joriy etish, siyosatni, xizmat ko’rsatishni ishlab chiqish 
va ilmiy tadqiqotlar o’tkazishdir. Emlash tushunchasi jamoat 
salomatligi tushunchasi bilan bog’liq. Davlat sog’liqni saqlash 
dasturlarining ulkan ijobiy ta’siri keng e’tirof etilgan. XX asrdagi 
sog’liqni saqlash siyosati natijasida qisman, chaqaloqlar va 
bolalar o’limining pasayishi kuzatildi va dunyodagi ko’plab 
odamlar hayot davomiyligi barqaror o’sdi. Misol uchun, 
amerikaliklarning o’rtacha umr ko’rish darajasi 1900 yildan 
boshlab 30 yilgacha, butun dunyoda olti yilga ortganligi qayd 
etildi. 


SALOMATLIK DARJASINI ANIQLASH, UNING KO’RSATKICHLARI 

Inson salomatligi — sifat ko’rsatkichi bo’lib, u miqdoriy 
parametrlar: antropometrik (bo’y, vazn, ko’krak qafasi 
hajmi, a’zolar va to’qimalarning geometrik 
shakli); jismoniy (yurak urish tezligi, arterial qon bosimi, 
tana harorati); biokimyoviy (tanadagi kimyoviy 
elementlar, eritrotsitlar, leykotsitlar, gormonlar va 
boshqalar miqdori); biologik (ichak florasining tarkibi, 
virusli va infektsion kasalliklar mavjudligi) va boshqa 
biomarkerlardan tashkil topadi. 

Inson organizmi holati uchun «norma» tushunchasi 
mavjud bo’lib, bunda parametr qiymatlari tibbiyot fani 
va amaliyoti bilan belgilanadigan diapazonga to’g’ri 
kelishi inobatga olinadi. Qiymatning berilgan 
diapazondan og’ishi, salomatlik yomonlashuvining 
belgisi va dalili bo’lishi mumkin. Tashqi tomondan, 
sog’likni yo’qotish tananing tarkibiy tuzilmalari va 
funktsiyalarida o’lchanadigan buzilishlarda, uning 
moslashuvchanligi o’zgarishida ifodalanadi. 


JSST nuqtai nazaridan, odamlar sog’lig’i 
ijtimoiy sifat hisoblanadi va shu munosabat 
bilan aholi salomatligini baholash uchun 
quyidagi ko’rsatkichlar tavsiya etiladi: 

Yalpi ichki mahsulotni sog’liqni saqlashga 
sarflash; 

Birlamchi tibbiy yordamning mavjudligi; 

Aholining immunizatsiya darajasi; 

Homilador ayollarni malakali xodimlar 
tomonidan tekshirilishi darajasi; 

Bolalarning oziqlanish holati; 

Bolalar o’limi darajasi; 

O’rtacha umr ko’rish davomiyligi; 

Aholining gigienik savodxonligi. 


Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi muammolari 
mamlakatimiz aholisining salmoqli qismini qamrab 
oladi. Bolalar kattalarga nisbatan boshqacharoq 
shart sharoitda yashaydilar, shuning uchun ham 
o‘qitish va tarbiyalashning gigiyenik prinsiplari 
kattalarning professional mehnati yoki ijtimoiy 
mehnatidan tubdan farq qiladi. Bolalarning biologik 
o‘ziga xosligi kattalardan nafaqat miqdor, balki sifat 
jihatidan ham keskin ajralib turadi va ular uchun 
«kattalar gigiyenasi»dan farqlanuvchi boshqa 
gigiyenani talab qiladi. Bundan bir asrdan ko‘proq 
muqaddam (1898) mashhur pediatr N.P.Gundobin 
o‘zining Harbiy-tibbiyot akademiyasi talabalariga 
o‘qigan ma’ruzasida «Bolalar yoshidagi gigiyena, 
organizmning anatomik-fiziologik o‘ziga xosligi 
sharofati bilan kattalarnikidan butkul o‘zgacha 
bo‘ladi», degan edi.



Bolalar va o‘smirlarning asosiy o‘ziga xosligi 
shundan iboratki, ularning organizmi kattalarnikidan 
farqli o‘laroq hali yetilmagan, balki o‘sish va 
rivojlanish jarayoni davom etayotgan bo‘ladi. 
Gigiyenaning boshqa hech qaysi sohasi oldiga 
o‘sish va rivojlanish muammosi ko‘ndalang 
bo‘lmaydi va shu tufayli ham bolalar va o‘smirlar 
gigiyenasiga alohida o‘ziga xos xususiyat baxsh 
etadi. Bolalar va o'smirlar organizmining rivojlanishi 
tugallanmaganligi uning mutanosib bo`lishini 
ta’minlaydi. Bolalar va o`smirlar organizmi 
kattalarnikiga nisbatan ko‘proq darajada ijobiy, 
shuningdek, salbiy ta'sirlarga uchraydi. Shuning 
uchun ham, kattalar uchun sezilmas va ahamiyatsiz 
bo`lishi mumkin bo‘lgan (ko‘pincha, shunday 
bo`ladi ham) о`tа past intensivlikdagi, juda kam 
miqdordagi ta'sirlar ham gigiyenik ahamiyat kasb 
etadi. 


Hozirgi vaqtda ko‘pgina aholi yashash joylaridagi 
ekologik- gigiyenik vaziyat yomonlashgani oqibatida bu 
muammolar yanada chuqurlashmoqda. Bolalar va 
o‘smirlar organizmining katta odamlar organizmidan 
asosiy farqi shundaki, tashqi ta’sirlar uning nafaqat ayni 
paytdagi funksional holatida aks etibgina qolmay, balki 
uning rivojlanishi va kelgusidagi hayotiga ham juda 
qattiq ta’sir qiladi. Katta yoshdagi aholining sog`ligi 
salmoqli darajada bolalarning sog`ligi bilan belgilanadi, 
chunki organizmning normal holatdan chiqishi 
patologiyalarning ko'pgina ko'rinishlari bolalikda 
shakllanadi. Bu muammolaming barchasini bolalar va 
o‘smirlar gigiyenasi fani o'rganadi. Gigiyena — 
atrofimizdagi olam omillarining inson organizmiga ta’siri 
(tabiiy va ijtimoiy)ni o`rganuvchi va inson sog‘ligini 
saqlash va barqarorlashtirishga qaratilgan, ilmiy 
asoslangan me’yorlar va tavsiyalarni ishlab chiqaruvchi 
fandir. Sog‘liqni saqlash va barqarorlashtirish katta 
ahamiyatga ega bo‘lishiga qaramay, bolalar va 
o`smirlar uchun yetarli emas.



Ular uchun eng asosiysi - maqbul rivojlanishdir. 
Shuning uchun ham bolalar va o'smirlar gigiyenasida 
har bir muhit omili bolaning rivojlanishiga 
ko‘rsatadigan ta’siriga qarab baholanadi. Ta’lim-
tarbiya gigiyenasiga doir qarashlar birinchi bo‘lib xalq 
tabobati va oilalarida o`z aksini topib boradi. 
Kasalliklarning oldini olish va bolalar gigiyenasiga doir 
ilmiy qarashlar va izlanishlar pediatriya fanining 
rivojlanishiga zamin yaratadi, pediatrlar nafaqat 
bemor bolalarni davolash, balki bolani parvarishi va 
ta’lim-tarbiyasi to`g`risida maslaxatlar berishgan. 
Oqilona tuzilgan, bolalar yoshining o‘ziga xosliklariga 
mos bo‘lgan kun tartibi turli faoliyat ko‘rinishlarini 
almashtirishga, maqbul harakat tartibini (shu 
jumladan, ochiq havoda ham) ta’minlab, to`laqonli 
dam olishga, yetarlicha uxlashga imkon yaratadi, bu 
esa bolalarning to‘g`ri o‘sishi va rivojlanishiga 
yordamlashadi. 



Ular uchun eng asosiysi - maqbul rivojlanishdir. Shuning 
uchun ham bolalar va o'smirlar gigiyenasida har bir 
muhit omili bolaning rivojlanishiga ko‘rsatadigan 
ta’siriga qarab baholanadi. Ta’lim-tarbiya 
gigiyenasiga doir qarashlar birinchi bo‘lib xalq 
tabobati va oilalarida o`z aksini topib boradi. 
Kasalliklarning oldini olish va bolalar gigiyenasiga doir 
ilmiy qarashlar va izlanishlar pediatriya fanining 
rivojlanishiga zamin yaratadi, pediatrlar nafaqat 
bemor bolalarni davolash, balki bolani parvarishi va 
ta’lim-tarbiyasi to`g`risida maslaxatlar berishgan. 
Oqilona tuzilgan, bolalar yoshining o‘ziga xosliklariga 
mos bo‘lgan kun tartibi turli faoliyat ko‘rinishlarini 
almashtirishga, maqbul harakat tartibini (shu 
jumladan, ochiq havoda ham) ta’minlab, to`laqonli 
dam olishga, yetarlicha uxlashga imkon yaratadi, bu 
esa bolalarning to‘g`ri o‘sishi va rivojlanishiga 
yordamlashadi. 



Bolalar va o‘smirlarning kun tartibi yoshining 
o‘ziga xos tomonlaridan kelib chiqqan holda 
quyidagi majburiy tarkibiy qismlarini qamrab 
olmog‘i lozim: • ovqatlanish tartibi (ovqat 
tanavvul qilishlar orasidagi vaqt va 
ovqatlanishlar soni); • kun davomida toza 
havoda bo‘lish; • uxlash muddati va miqdori; • 
muassasalar sharoitidagi, shuningdek, uydagi 
majburiy mashg‘ulotlar vaqti va joyi; • bo‘sh 
vaqt, bolaning o‘z ixtiyoriga ko‘ra harakat 
faolligini ta’minlash imkoniyati. 


Kun tartibiga rioya qilish, uning barcha tarkibiy 
qismlarining boshlanishi va oxiri, faoliyat turlarining 
doimo ayni bir paytda amalga oshirilishi bolalarda 
vaqtga nisbatan yetarlicha mustahkam shartli 
reflekslarni hosil qiladi. Vaqtga nisbatan refleks 
yaratilishi oqibatida bolaning organizmi doimo 
oldindagi faoliyat turi uchun tayyor turadi. Shu 
bilan birga barcha faoliyat jarayonlari (mashqlar, 
ovqatlanish, uxlash va hokazo) kamroq «fiziologik 
narx» bilan (tezroq va osonroq) kechadi. Bunda 
kun tartibiga rioya qilish, hayot bir xildaligini saqlab 
qolish asosiy gigiyenik ahamiyatga ega. Bola 
hayotining majburiy qonuni to‘g‘ri tuzilgan va 
doimo amal qilinadigan kun tartibidir.


Gigiyenik jihatdan oqilona tuzilgan kun tartibida hayot 
faoliyatlarining barcha zarur tarkibiy qismlari uchun yetarlicha 
vaqt ajratish va to‘liq uyg‘oqlik davri mobaynida yuksak 
mehnat qobiliyatiga ega bo‘lishni ta’minlash nazarda tutiladi. 
To‘g‘ri tuzilgan kun tartibi bir maromdagi ko‘tarinki kayfiyatni, 
o‘qishga va ijodiy faoliyatga, o'yinlarga qiziqish hosil qiladi, 
bolaning normal rivojlanishiga ko‘maklashadi. Bolaning ruhiy 
holati, shodliklari va muvaffaqiyatsizliklari o‘sish va rivojlanish 
jarayonida o‘z aksini topadi. Ruhiy zo‘riqish, ruhiy zichlik 
holatlari, ruhiy jarohatlanishlar doimo o‘sish to'xtab qolishiga 
olib keladi. Bolalar bog‘chasi yoki maktabga borish kabi bola 
uchun ruhiy jihatdan murakkab vaziyatlar o‘sishni bir necha 
haftagacha to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Maktabdagi 
omadsizliklar yoki oiladagi janjallar ham sezilarli darajada 
o‘sishdan ortda qolishiga olib keladi. Bu — tashvishli va ruhiy 
zichlik holatlari kuchlilik qilganida bolaning o‘sish jarayonini 
cheklovchi neyroendokrin mexanizmlarining ishga tushishi 
balan bog`liqdir. Pediatrlar kun tartibining bolaning normal 
o‘sishidagi ikki yetakchi omilini e’tirof etishadi. 



Birinchisi — adekvat jismoniy harakatchanlik 
skeletga tushadigan hamda osteogenez va tog`ay 
suyaklari o‘sishini kuchaytiruvchi, yo`nalishi bo‘yicha 
vertikal va almashinib turuvchi mexanik yuklamani 
ta’minlaydi. Mushaklarning ishlashi bo‘y o‘stiruvchi 
gormonlar ajralib chiqishini ham faollashtiradi. Shu 
bilan birga, haddan ortiq vertikal yuklama, aytaylik, 
og'irliklarni tashish teskari samara beradi — bo`y 
o`sishini to`xtatib qo‘yadi. Shuning uchun ham 
shifokorlar bolalarning kun tartibini muntazam 
nazorat qilishlari, gipokineziya, ya’ni kam harakatli 
va o`sishga zararli ta’sir qiluvchi sport turlari yoki 
mehnat bilan shug`ullanishga yo`l qo‘ymasliklari 
kerak. Kun tartibidagi ikkinchi muhim qism — 
to`laqonli uyqudir. Aynan uyqu paytida bola 
skeletning shakllanishini belgilaydigan barcha 
metabolik va hujayraviy qayta qurilishlar yuz 
beradi. Hayotining birinchi oylarida markaziy asab 
tizimini (MAT) funksional zaifligi bilan ajralib turadi. 



Tashqi qo`zg`atuvchilar bolaning asab tizimi uchun 
kuchlilik qiladi va uni tez charchatib qo`yadi. Shu 
tufayli ham bolaning uxlamaydigan faol davri ozgina 
(5— 7 soat) bo`lib, har 1,5— 2 soatda bola uxlab 
qoladi. Bola hayotini to`g`ri tashkillashtirilsa, 
hayotining l-oyi oxiriga kelib uning bir kechakunduzlik 
bedor va uxlash tartibi shakllanadi. Uyquga eng 
ko‘proq ijobiy ta’sir qiluvchi omil — toza havodir. U 
teriga, burun va yuqori nafas yo`llarining shilliq 
pardasiga ta’sir qilib, uyqu tezroq kelishiga sabab 
bo'ladi. Ochiq havoda uxlash sayrning o`rniga 
o`tadi, ayniqsa, yilning sovuq va fasllar 
almashinayotgan davrida bu juda muhim. Uyqu va 
uyg‘oqlik qonuniyatlari rivojlanishini hisobga olgan 
holada, bola hayotining dastlabki yillaridagi 
differensiyalangan tartiblar ishlab chiqilgan. 



Bolalarni o`qitish gigiyenasining asosiy 
muammolarini atoqli gigiyenist, bolalar va o'smirlar 
gigiyenasining asoschisi F.F.Erisman jiddiy va ifodali 
qilib, shunday ta’riflagandi: «Biz o`quvchi!ar o`quv 
muassasalarining tashqi sharoiti orqali to‘qnash 
keladigan salomatlik buzilishlari haqida so'zladik, 
biz bolada qon almashinishi izdan chiqayotganini, 
uning ovqat to`laqonli emasligini, u borgan sari 
qiyshayib va shapko`r bo`lib borayotganini 
ko`rdik. Afsus, shuni ham e’tirof etishimiz lozimki, 
maktab hayoti davomida bolakay aqli noqis 
bo`lib qolishi ham kamyob hodisa emas...» 
F.F.Erismanning mulohazalari hozirgi kunda ham 
dolzarbligini yo‘qotmagan. Bundan tashqari 
bolalar salomatligi va jismoniy rivojlanishi 
holatlarining mushkul vaziyatdaligi bolaning 
maktabdagi uzluksiz o'qitishga funksional tayyorligi 
muammosi ham dolzarb ekanligini ko‘rsatadi. 

Yüklə 60,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin