dunyodagi barcha mamlakatlarni jahon xo‘jalik jarayonlariga jalb etish;
dunyodagi barcha mamlakatlarni jahon xo‘jalik jarayonlariga jalb etish;
• ishchi kuchi, texnologiya, kapital, tovarlar va xizmatlarning global bozorlarinibarpo etish;
• jahon xo‘jalik aloqalarining (transport, axborot, bank, aloqa va boshqalar) global infratuzilmasini yaratish;
• mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida yalpi ichki talablarga qaraganda tashqi talablarning ustunligi;
• milliy hukumat iqtisodiy funksiyalarining ko‘proq xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga vakilligini topshirish;
• mamlakatlarning tan olishicha, iqtisodiy rivojlanishning eng maqbul shakli bozor xo‘jaligi prinsiplaridir;
• xalqaro iqtisodiy aloqalar bilan xo‘jalik hayotining qoidalarini universallashtirishni mukammallashtirish;
• xalqaro raqobat va xalqaro hamkorlikning global xususiyatga ega ekanligi;
• juda katta ishlab chiqarish kuchlariga asoslangan xalqaro ishlab chiqarishni
yuzaga keltirish.
Jahon xo‘jaligining rivojlanishi to‘g‘risidagi ilmiy konsepsiyalar
To‘lig‘icha jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga bag‘ishlangan ilmiy nazariyalar
mavjud emas. Ammo jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilgan
ko‘psonli iqtisodiy, sotsiologik va ijtimoiy-madaniy nazariyalar mavjud. Ushbu
nazariyalarga quyidagi rivojlanish nazariyalarini kiritish mumkin:
• Iqtisodiy rivojlanish bosqichlari nazariyalari.
• Yagona industrial va yangi industrial jamiyat nazariyasi.
• Postindustrial jamiyat nazariyalari.
• Yagona sivilizatsiya nazariyasi.
• Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi nazariyasi.
Iqtisodiy rivojlanish bosqichlari nazariyalari. Amerikalik iqtisodchi, sotsiolog va tarixchi Uilyam Rostou 1960-yilda «Iqtisodiy o‘sish bosqichlari: nokommunistik manifest» deb nomlangan kitobida iqtisodiy o‘sish bosqichlari nazariyasini
Iqtisodiy rivojlanish bosqichlari nazariyalari. Amerikalik iqtisodchi, sotsiolog va tarixchi Uilyam Rostou 1960-yilda «Iqtisodiy o‘sish bosqichlari: nokommunistik manifest» deb nomlangan kitobida iqtisodiy o‘sish bosqichlari nazariyasini
yaratdi. Unda iqtisodiy o‘sishning quyidagi besh bosqichi ajratib ko‘rsatiladi:
• an’anaviy jamiyat;
• o‘sish uchun shart-sharoitlarni yaratish bosqichi;
• o‘sish (siljish, ko‘tarilish);
• yetuklikka intilish bosqichi;
• yuqori ommaviy iste’mol davri.
Iqtisodiy o‘sish bosqichlarini ajratishda, quyidagi mezonlardan foydalanildi: texnikaning rivojlanish darajasi, iqtisodiyotning tarmoq tarkibi, jamg‘armaning milliy daromaddagi ulushi, iste’mol tarkibi va h. k.