Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mohiyati va shakllari. Jahon iqtisodiyotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan bog‘liq. Ushbu bog‘liqlik asosida xalqaro iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mohiyati va shakllari. Jahon iqtisodiyotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan bog‘liq. Ushbu bog‘liqlik asosida xalqaro iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar — bu rezidentlar va norezidentlar o‘rtasidagi xo‘jalik munosabatlaridan iborat. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni shakllari bo‘ yicha guruhlash mumkin.
An’anaviy tarzda xalqaro tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk savdosi alohida shakl sifatida ajratiladi. Ishlab chiqarish omillarining harakati xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xalqaro kapital harakati, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi, texnologiyalarni xalqaro uzatish kabi shakllari asosida yotadi.
Kapital, mehnat va texnologiyadan tashqari boshqa iqtisodiy resurslardan biri
hisoblangan tabiiy resurslar harakatchan emasligi bois, jahon xo‘jalik aloqalarida
qazib chiqarilgan va ular asosida tayyorlangan mahsulotlarning xalqaro savdosi
orqali qatnashadi. Tadbirkorlik qobiliyati omili odatda, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalar
bilan birgalikda harakatlanadi, shu sababli xalqaro iqtisodiy munosabatlarning
alohida shakli sifatida qatnashmaydi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning keyingi shakli xalqaro valyuta-kredit
va moliya munosabatlari xalqaro savdo, ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati
hosilasi hisoblansa-da, jahon xo‘jaligida alohida ahamiyatga ega mustaqil iqtisodiy
munosabatlar sifatida tan olingan.
Jahon iqtisodiyotining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari
Jahon xo‘jaligining rivojlanish jarayoni xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish
evolyutsiyasi bilan uzviy bog‘liq. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar jahon xo‘-
jaligining shakllanishi jarayonida alohida o‘rin tutadi.
Milliy iqtisodiyotning baynalminallashuvida xalqaro savdo tarixiy ahamiyat kasb
etadi. Savdo aloqalari quldorlik tuzumida ham olib borilgan. Misol tariqasida Rim
imperiyasi davridayoq yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan xalqaro savdo-sotiqlarning
o‘tkazilganligini keltirish mumkin. Bu turdagi savdo-sotiqlar feodalizm tuzumida
ham mavjud bo‘lgan. Biroq mazkur ijtimoiy-iqtisodiy tizimlardagi natural xo‘jalik
yuritishga xos xususiyatlar tufayli xalqaro ayirboshlashga ishlab chiqarilgan tovarlarning
juda oz qismi (qimmatbaho gazlamalar, javohirlar, ziravorlar, mineral xomashyolarning
ba’zi bir turlari, shirinliklar va h. k.) kelib tushgan. Natural xo‘jalik yuritishdan
tovar ishlab chiqarishga o‘tish asosida kapitalistik munosabatlarning yuzaga kelishi
xalqaro savdo va jahon xo‘jalik aloqalarining rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar asta-sekin jahon xo‘jaligining tarkibiy elementiga
aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni jahon xo‘jaligining
rivojlanishi natijasida shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash
mumkin. Bu kabi tasdiqlar jahon xo‘jaligining rivojlanish jarayoni va uning bosqichlarida