Jamiyat falsafasi va inson borlig`I



Yüklə 54,07 Kb.
səhifə5/5
tarix18.12.2023
ölçüsü54,07 Kb.
#184083
1   2   3   4   5
JAMIYAT FALSAFASI VA INSON BORLIG`I

Jamiyat sohalari


Jamiyat hayoti iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-maʼnaviy sohalarga ajraladi.

  • Iqtisodiy soha moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol qilishni oʻz ichiga oladi. Unda mamlakatning xoʻjalik hayoti tashkil etiladi, uning turli tarmoqlarining oʻzaro bogʻlikligi hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi. Bu jamiyat taraqqiyoti uchun eng asosiy sohadir.

  • Ijtimoiy soha jamiyatdagi ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, toifalar hamda milliy birliklar, ularning ijtimoiy hayoti va faoliyatini uygʻunlashtiradi (qarang Ijtimoiy guruhlar).

  • Siyosiy soha turli ijtimoiy toifa va guruhlar, milliy birliklar, siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlarning oʻz siyosiy faoliyatini amalga oshiruvchi makondir. Ularning faoliyati jamiyatdagi oʻrnatilgan siyosiy munosabatlar asosida oʻz siyosiy manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi (qarang Jamiyatning siyosiy tizimi).

  • Maʼnaviy sohada kishilar turli maʼnaviy qadriyatlarni yaratadi, tarqatadi va jamiyatning turli qatlamlari tomonidan oʻzlashtiriladi. Bu sohaga adabiyot, sanʼat, musiqa asarlari bilan bir qatorda kishilarning bilim saviyasi, fan, axloqiy meʼyor va umuman olganda, jamiyat hayotining maʼnaviy mazmunini tashkil qiluvchi narsalar kiradi 


JAMIYAT — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyat dagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va b.) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular i. ch., oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir. Jamiyat moddiy i. ch. siz boʻlmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va b. qa boʻlgan ehtiyojlari qondiriladi. I. ch. da jamiyatning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri namoyon boʻladi. Odamlar oʻzining moddiy i. ch. faoliyatida irodasi va ongiga bogʻliq boʻlmagan holda ishlab chiqarish munosabatlarita kirishadi. Jamiyat taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir. Moddiy i. ch. J. ning ijtimoii tuzilishi, yaʼni muayyan ijtimoii qatlam, toifa va guruhlarning rivojlanishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Jamiyatda turli qatlam va toifalarning mavjudligi mehnat taqsimoti, shuningdek, i. ch. vositalariga boʻlgan mulkchilik munosabatlari, jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklardan oladigan ulushiga bogʻliq. Bular Jamiyat dagi kishilarning faoliyati hamda daromadiga qarab turli kasbiy va ijtimoii gypyxlapga ajralishining negizidir. Jamiyat hayoti iqtisodiy, ijtimoii, siyosiy, madaniy-maʼnaviy sohalarga ajraladi. Iqtisodiy soha moddiy boyliklarni, taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol qilishni oʻz ichiga oladi. Unda mamlakatning xoʻjalik hayoti tashkil etiladi, uning turli tarmoqlarining oʻzaro bogʻlikligi hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi Bu J. taraqqiyoti uchun eng asosiy sohadir. Ijtimoiy soha Jamiyat dagi ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, toifalar hamda milliy birliklar, ularning ijtimoiy hayoti va faoliyatini uygʻunlashtiradi (q. Ijtimoiy guruhlar). Siyosiy soha turli ijtimoiy toifa va guruxlar, milliy birliklar, siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlarning oʻz siyosiy faoliyatini amalga oshiruvchi makondir. Ularning faoliyati Jamiyat dagi oʻrnatilgan siyosiy munosabatlar asosida oʻz siyosiy manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi (q. Jamiyatning siyosiy tizimi). Maʼnaviy sohada kishilar turli maʼnaviy qadriyatlarni yaratadi, tarqatadi va Jamiyatning turli qatlamlari tomonidan oʻzlashtiriladi. Bu soxaga adabiyot, sanʼat, musiqa asarlari bilan bir qatorda kishilarning bilim saviyasi, fan, axloqiy meʼyor va umuman olganda, Jamiyat hayotining maʼnaviy mazmunini tashkil qiluvchi narsalar kiradi (q. Maʼnaviyat).
Hozir Oʻzbekistonda Jamiyat taraqqiyotining eng asosiy muammosi insonlarning, ayniqsa yosh avlodning maʼnaviy dunyosini shakllantirish va boyitish, ularni istiqlol mafkurasi asosida tarbiyalash, oʻzbek xalqining boy madaniy va maʼnaviy merosi, qadriyatlari, anʼanalari va urf-odatlarini egallashlari uchun shart-sharoit yaratishdir. Oʻzbekistonda fuqarolik, huquqiy, demokratik, dunyoviy Jamiyat barpo etilmoqda.
Yüklə 54,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin