Jamiyat falsafasi va inson borlig`I



Yüklə 54,07 Kb.
səhifə4/5
tarix18.12.2023
ölçüsü54,07 Kb.
#184083
1   2   3   4   5
JAMIYAT FALSAFASI VA INSON BORLIG`I

Taʼrifi


Jamiyat tirik sistemalar rivojlanishining maxsus, yuksak pogʻonasi boʻlib, ijtimoiy tashkilotlar, institutlar, guruhlar faoliyati va rivojlanishida, sinfiy va boshqa ijtimoiy qarama-qarshiliklarning harakatida namoyon boʻladi.
Tor maʻnoda, jamiyat deganda ijtimoiy sistemaning tarixan aniq turi (kapitalistik jamiyat), ushbu turga tegishli maʼlum bir ijtimoiy organizm (yapon feodalizmi) yoki ijtimoiy munosabatlarning maʼlum bir formasi (Gegeldagidek davlatni jamiyat qarshisiga qoʻyish) tushuniladi.
Jamiyat tabiyatini va aloqalarini (va mos ravishda insonning ijtimoiy tabiyatini) tushuntirish ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixi mobaynida jamiyat haqidagi barcha teoriyalarning markaziy problemasi boʻlib kelgan; uning bu yoki boshqa yechimi koʻp jihatdan jamiyat faoliyatining alohida turlari, shu jumladan individual harakatlarni ham, talqin qilinishini aniqlaydi. Chinakam ilmiy teoriyani marksizm-leninizm asoschilari yaratishgan.

Jamiyat mazmuni


Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir.
Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz boʻlmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqaqa boʻlgan ehtiyojlari qondiriladi. Jamiyatda jamiyatning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri namoyon boʻladi. Odamlar oʻzining moddiy ishlab chiqarish faoliyatida irodasi va ongiga bogʻliq boʻlmagan holda ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadi.
Jamiyat taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, yaʼni muayyan ijtimoiy qatlam, toifa va guruhlarning rivojlanishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Jamiyatda turli qatlam va toifalarning mavjudligi mehnat taqsimoti, shuningdek, ishlab chiqarish vositalariga boʻlgan mulkchilik munosabatlari, jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklardan oladigan ulushiga bogʻliq. Bular jamiyatdagi kishilarning faoliyati hamda daromadiga qarab turli kasbiy va ijtimoiy guruhlarga ajralishining negizidir.

Yüklə 54,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin