Jamiyat siyosiy tafakkuri shakllanishining tarixiy



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix27.09.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#149487
  1   2


SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI
http://t.me/ScienceBox_official

JILD:02 NASHR:03 2023 yil
 
JAMIYAT SIYOSIY TAFAKKURI SHAKLLANISHINING TARIXIY 
ILDIZLARI 
 
Saidkulov Nuriddin Akramkulovich 
Guliston davlat pedagogika institute “Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasi dotsenti v.b.
 
 
Annotatsiya: 
Sharq mutafakkirlari ta‟limoti markazida farzand tarbiyasi, ijtimoiy-siyosiy 
tafakkuri muhim ahamiyat kasb etgan. Ular o„z asarlarida insoniylik, vatanparvarlik g„oyalarini 
ulug„lashgan, xalqni har tamonlama komil inson bo„lishga undaganlar. Ma‟naviy merosimiz 
asoslaridan bo„lgan o„gitlarda hamda allomalar ilmiy merosida axloqiy, huquqiy va siyosiy 
masalalarga keng o„rin berilgan. Ulardagi hayotiy tajribalar, jamiyatda insonning tutgan o„rni haqidagi 
purma‟no fikrlaridan samarali foydalanish bugungi kundagi har bir yosh avlod siyosiy madaniyatining 
shakllanishida ahamiyatlidir. 
Калит сўзлар:
siyosiy madaniyat, tafakkur, ma‟naviy meros, jamiyat, sharq mutafakkirlari, 
vatanparvarlik, Avesto. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sharq donishmandlarining: “Eng katta 
boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu 
bilimsizlikdir”[1], degan hikmatli so„zlarini misol keltirib, zamonaviy va keng tafakkurli yoshlar 
avlodini shakllantirish, aniq fuqarolik pozitsiyasiga ega bo„lgan, jamiyat va davlat manfaatlarini 
himoya qiladigan, chinakam ma‟rifat va yuksak ma‟naviyat egasi bo„lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga 
aylanib borayotganligi hech kimga sir emas. Buyuk o„tmish va shonli tarixga ega xalqimiz dunyo 
tamaddunida o„zining yuksak ilm-ma‟rifati va aql-zakovati bilan doimo e‟tirofga sazovar bo„lgan. 
Tarixdan ma‟lumki, donishmand xalqimiz yoshlarning tarbiyasiga juda ham nozik va jiddiy masala 
sifatida alohida e‟tibor qaratib kelgan. Buning asosiy sababi: yoshlarga berilayotgan e‟tibor va tarbiya 
tufayli kelajakda ularning qanday odam bo„lib etishishi mamlakatning bevosita iqtisodiy, siyosiy, 
ijtimoiy, madaniy va ma‟naviy taraqqiyotini belgilab bergan.
O„tmishdan ma‟lumki, xalqimiz yoshlarni tarbiyalash sohasida o„zining boy tarixiy qadriyatlari va 
an‟analariga ega. Mazkur tarixiy qadriyatlar va an‟analar “Avesto” kitobida va boshqa ko„plab 
qadimgi yozma manbalarda o„z ifodasini topganligini ko„rishimiz mumkin. Bundan tashqari, ijtimoiy-
falsafiy asarlarda, allomalar ilmiy merosida axloqiy masalalarga keng o„rin berilgan, bu esa, yoshlar 
madaniyati shakllanishida muhim o„rin tutgan. Ulardagi hayotiy tajribalar asosidagi ta‟limotlar hamda 
insoniyat va jamiyat taraqqiyotida muhim o„rin tutgan g„oyalar bugungi kunda yoshlar siyosiy 
madaniyatining shakllanishiga xizmat qilmoqda. 
Bashariyat rivojiga ulkan hissa qo„shgan yurtimiz mutafakkirlarining bizga qoldirgan boy ilmiy 
merosini chuqur o„rganish hamda yoshlar tarbiyasiga yo„naltirish davlatimiz siyosatining ustuvor 
yo„nalishlaridan biriga aylandi. Zero, diyorimiz allomalarining yoshlar siyosiy madaniyatini 
tarbiyalash haqidagi fikrlari hamda o„gitlari yoshlarimizda ko„plab insoniylik fazilatlarini 
shakllantirishga zamin yaratmoqda. Bu, o„z navbatida, o„z dunyoqarashi va siyosiy madaniyatiga ega 
bo„lgan erkin fikrlovchi avlodni yetkazib berishda muhim ahamiyat kasb etadi.


SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI
http://t.me/ScienceBox_official

O„tmishdan ma‟lumki, Sharq xalqlarida tarbiya borasida ulkan ma‟naviy meros yaratilgan. Bu meros 
asrlar davomida ajdodlardan avlodlarga o„tib, sayqallanib, yosh avlodning barkamolligini ta‟minlash 
uchun xizmat qilib kelmoqda. Mana shunday an‟analarimizdan biri - yosh avlodni tarbiyalash masalasi 
millat kelajagi uchun mas‟uliyat hisoblangan.
Shu sababli avlod tarbiyasiga barcha davrlarda ham eng muhim vazifa sifatida alohida e‟tibor 
qaratilgan. Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida insoniylik, vatanparvarlik g„oyalari yetakchi 
o„rinda turadi. Shuningdek, ular xalqni bilimli, ma‟rifatli, intellektual kamolotini yuqori darajaga 
ko„tarishni millat ravnaqini belgilovchi omil sifatida e‟tirof etishgan. Ma‟lumki, barcha zamonlarda 
ham bilim ulug„langan. Buning boisi, insonning kamolati bilim orqali o„zining yuqori cho„qqisiga 
chiqadi.
Insonning bilimi ortgani sari olijanob, adolatli, yuksak va erkinroq bo„lib boradi. Bu haqda Azizuddin 
Nasafiy yozadi: “Insonning vazifasi uzluksiz ma‟rifatga intilish va o„z borlig„ini nur bilan to„ldirish, 
ilm topib musaffolikka etishishdir”[2]. 
Bilimga intilishning o„zga xos xususiyatlaridan biri - borliqning siru asrorlarini o„rganish, izlanish 
bo„lib, inson o„zi va o„zi kabilarning hayotini avvalgidan ko„ra teranroq tasavvur etishdir. 
Ma‟rifat sohibi bo„lgan bilimdon inson kek, xusumat, adovatdan baland bo„ladi, boshqalarning boshiga 
musibat-iztirob solmaydi, siyosiy madaniyatning tamoyillari bo„lgan insonparvarlik, tinchliksevarlik 
va vatanparvarlikni o„ziga shior qilib yashaydi.
Johilda vahshiylik unsurlari ustunroq, ayonki, vahshiylar tildan, kalomdan, turli ixtiloflarni murosa 
bilan hal etish imtiyozidan mahrumlar.
Oqil esa, o„z ehtiyoji, e‟tiqodi, millati, vatanini suygani yanglig„ o„zgalarning ehtiyoji-tuyg„ularini 
ham hurmat qiladi. U o„ziga ato etilgan so„zlash, tinglash, anglash, shafqatli bo„lish kabi fazilatlardan 
foydalanib, adovatdan, qon to„kishdan qochadi – murosa yo„lini tanlaydi. Suqrot aytganidek: “Haqiqiy 
ma‟rifatga erishgan inson udirki, undan nafaqat do„stlari osoyishta, balki dushmanlari ham tinch hayot 
kechiradilar”[3]. 
Ilmu ma‟rifatga intilish erkka, hurlikka intilish hamdir, haqsizlik, zulmu istibdodning har qanday 
ko„rinishiga qarshi isyondir.
Bilim barcha dunyoviy va diniy masalalarda hal qiluvchi rol o„ynaydi. Uning samarali ta‟siri tufayli 
axloq-odob, iymon-e‟tiqod hosil bo„ladi va mustahkam mavqega ega bo„ladi. Bilimni rad etuvchi 
axloq va e‟tiqod kemtikdir, ular hayot sinovlariga bardosh bera olmaydi. Inson zoti xotira, nafsiy-
hissiy va aqliy quvvatlarga ega ekan, mazkur ma‟naviy quvvatlar tufayli har bir shaxs haqni 
nohaqlikdan, adolatni adolatsizlikdan, chinni yolg„on-yashiqdan, donolikni nodonlikdan, do„stni 
dushmandan, xayrni gumrohlikdan, yaxshilikni yomonlikdan farqlay oladi.
Shunday ekan, bunday ne‟matni tan olmaslik, uning xolisona xizmatidan voz kechish yoki undan sust, 
samarasiz foydalanish gunohi azim va axloqiy notovonlikdan o„zga narsa emas, degan fikr-mulohaza 
yuzaga keladi. 
Ilm-ma‟rifat va axloqiy fazilatlar asosi bo„lgan siyosiy madaniyat manbai haqida Sharqning zabardast 
mutafakkiri Abu Nasr Forobiy ulkan meros qoldirgan. Forobiy o„z zamonasininggina emas, balki 
barcha zamonlarning buyuk allomasidir. Zamondoshlari tomonidan qayd etilishicha, Forobiydan oldin 
bunchalik o„tkir zehnli, bilimli alloma bo„lmagan.
Forobiy inson ijtimoiy-siyosiy takomiliga, baxt-saodatga ilm, ma‟rifat vositasida hosil qilinadigan 
aqliy va axloqiy fazilatlarning mushtarakligi orqali erishishi mumkinligi, ilm-hikmatni egallab olish 
esa o„ta murakkab, mashaqqatli ekanligi haqida ogohlantirib shunday yozadi: “Kimki hikmat ilmiga 
kirishmoqchi bo„lsa u, avvalo, yosh bo„lishi, yaxshi mijozli, har tomonlama odob ilmini o„rgangan 
odam bo„lishi kerak”. Avvalo, unday kishi Qur‟on, til va qonunshunoslik ilmini egallashi kerak. 
Unday kishi odamlarga mehribon, pokiza, to„g„riso„z bo„lishi, fisq-fujur, gina, xiyonat, makr va 
hiyladan xoli bo„lishi kerak”[4], - deydi.
Sharqning buyuk mutafakkiri Ibn Sino ilm asoslarini o„rganishning ahamiyati xususida dasturiy yo„l-


SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI
http://t.me/ScienceBox_official

yo„riqlar yaratgan. Uning barcha asarlarida adolatlilik, kamtarlik, saxiylik, sodiqlik, shijoat, 
hushmuomalalik, sabr, muloyimlik, hayo, do„stlik, insonparvarlik va vatanparvarlik kabi ulug„vor 
fazilatlarga ta‟rif va tavsif berilgan. Ibn Sino o„z hayoti va faoliyatida har doim yaxshilik va ezgulikka 
intilgan hamda ezgulik va adolat g„oyalarini talqin qilgan. 
Ibn Sinoning fikricha, inson amaliy faoliyati ilm asosida yuksaladi. Demak, bilim, iste‟dod, tajriba, 
malaka asosida shakllangan madaniyat inson faoliyatiga o„ziga xos yo„nalish, imkoniyat beradi. 
Ibn Sino garchi ilm va siyosiy madaniyatning o„zaro aloqadorligi xususida alohida to„xtalmagan 
bo„lsa-da, uning axloqiy qarashlarining mantiqiy yechimi muayyan darajada ma‟naviyat masalasi bilan 
bog„liq ekanligini anglash mumkin. 
Abu Rayhon Beruniy buyuk ma‟rifatparvar sifatida jamiyat taraqqiyoti bilim orqali ravnaq topishini 
uqtiradi. “Hukmronning ilm ahlini ko„proq maqtab, ulardan xursand bo„lishi ham ilmlarning 
ko„payishiga sabab bo„ladi. Demak, odamlarning qalbi buni sevishi uchun va buning teskarisiga esa, 
nafrat bildirish uchun yaratilgandir”[5]. 
Bu fikr orqali Beruniy ilmga rag„bat beruvchi hukmdorning ibrati oddiy kishilar uchun naqadar ta‟sirli 
ekanligini alohida uqtirishga harakat qiladi.
Mutafakkir insonning axloqiy kamoloti, jamiyatning ma‟naviy ravnaqiga to„la ishonadi. Uningcha, 
odam jussasi, suratini o„zgartirib bo„lmaydi, chunki ular tabiiy jarayonlar, sharoitlar va ularning 
tadrijiy o„zgarishlarining mahsulidir. Ammo uning qalbini, ichki dunyosini cheksiz bir tarzda isloh 
qilib borish, salbiy jihatlarini bartaraf etib, ijobiy tomonlariga keng yo„l ochib bergan holda unda 
axloqiy fazilatlarni asta-sekin shakllantirish mumkin.
Sharq musulmon allomalari adolatli jamiyat, ijtimoiy tenglikka asoslangan tuzum haqida ko„p fikr-
mulohaza yuritganlar. Bu haqda ulug„ alloma Zamahshariy: “Haqiqat va adolat bilan to„g„ri siyosat 
yurgizmagan har bir rahbar va boshliq qattiq azob-uqubat va baloga griftor bulur”[6] degan fikri orqali 
siyosiy jihatdan ham yetuk bo„lishni talab etgan. 
Kimlarningdir o„nlab yillar davomida mashg„ul bo„lgan “faoliyatlari” natijasi oddiy bir siyosiy 
burilishning o„zidayoq “aravadan tushib qoladi” yoki “qumga quyilgan suvdek” yo„q bo„lib ketadi. 
Vaholanki, biz bitilganiga ming yillar bo„lganiga qaramay, falsafaning asl manbasi bo„lmish abadiy 
qadriyatlarni tarannum etgan ajdodlarimiz merosini ko„hna tarix qa‟ridan misqollab terib olishga hozir 
ham katta ehtiyoj his etmoqdamiz. 
Yusuf Xos Hojib qalamiga mansub XI asr turkiy xalqlarining noyob yozma yodgorligi bo„lmish 
“Qutadg„u bilig” (“Saodatga boshlovchi bilim”) asarida ilm-ma‟rifat, odob-axloq, davlatni boshqarish 
yo„l-yo„riqlari, milliy-madaniy qadriyatlar haqidagi keng qamrovli qarashlar, mulohazalar o„z aksini 
topgan. Uning mazmun-mohiyatini inson muammosi tashkil etadi. 
Ilmu hikmat xususida, ilmli kishining fazilatlari, bilim va ibratning mushtarakligi masalalari to„g„risida 
Ahmad Yugnakiy o„zining “Hibat ul-haqoyiq” (Hikmatlar tuhfasi) asarida batafsil to„xtaladi. Asarning 
“Ilm manfaati, jaholatning zarari haqida” deb atalgan birinchi faslida: “Bilim bilan saodat yo„li 
ochiladi, shunga ko„ra ilmli bo„l, baxt yo„lini izla”, – deb yoziladi. 
“Bir ilmli kishi mingta ilmsizga tengdir, tenglovchi (tangri) ilm nasib etgan kishiga o„lchab berdi, 
mana, boqib sinab ko„rgin, ilmdan ziyoda nima bor. Ilm orqali odam yuqorilab yuksaladi, nodonlik 
quyiga qarab tubanlashtiradi, erinma, ilmli bo„l”[7], – deb uqtiradi Ahmad Yugnakiy. 
Darhaqiqat, ilm egasida farosat, fasohat, andisha, oriyat kabi insoniy fazilatlar nisbatan mukammal 
shakllanganligi bois, atrofdagi voqea-hodisalardan, kishilararo muloqotlardan, insoniy munosabatlar 
turfa xilligidan ham o„ziga tegishli g„oyaviy-siyosiy namunalarini ajrata oladi. 
Tarixdan ma‟lumki, Amir Temur yoshlar qalbi va ongida siyosiy madaniyatni shakllantirishga alohida 
e‟tibor qaratgan. Amir Temurning “Tuzuklari”, bizning nazarimizda, mamlakatda yoshlar siyosiy 
madaniyatini shakllantirishda muhim nazariy manba sifatida bugungi kunda ham o„z ahamiyatini 
yo„qotmagan. Unda buyuk hukmdor davlat siyosati masalalariga o„zining qat‟iy munosabatini noziklik 
bilan teran bayon qilgan. U o„z “Tuzuklar”ida sulton sifatida kishilik jamiyati taraqqiyoti mazmunini, 


SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI
http://t.me/ScienceBox_official

uning obyektiv qonunlari va ularning o„zaro aloqadorligini chuqur anglaganini namoyon qilgan. 
“Tuzuklar”da adolatli hukmdor, adolatli davlat siyosati ustunlari qanday bo„lishi kerakligini bayon 
etish bilan bir qatorda, buni o„z davlatining faoliyatida amaliy ko„rsatib berganligi bilan ahamiyatlidir. 
Ammo, Temur rahbarlarda qizg„anchiqlik, qasoskorlik va shu kabi salbiy illatlarning namoyon 
bo„lishini qoralab, bunday kishilar hurmatga loyiq emasligini alohida ta‟kidlagan. 
Bularning barchasi Sharq o„rta asrlarining buyuk davlat rahbari faoliyatida xulq-odob va siyosiy 
madaniyat me‟yorlari islom falsafasi negizida o„ziga xos tarzda namoyon bo„lgani va davlatchilik 
amaliyotida yaxshi samaralar berganini anglatadi. 
Umuman olganda, ulug„ ajdodlarimiz Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, Alisher 
Navoiyning “Xamsa”, Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”, Sharafuddin Ali Yazdiyning 
“Zafarnoma”, Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asarlaridagi davlatni boshqarish san‟ati va shu san‟at 
orqali siyosiy madaniyatni shakllantirish borasidagi fikrlari bugungi kun uchun ahamiyatlidir.
Jadid ma‟rifatparvarlarining qarashlariga e‟tibor qaratadigan bo„lsak, ularning aksariyati oilada 
tarbiyani to„g„ri yo„lga qo„yishga jiddiy e‟tibor qaratganlar.
Ulug„ jadid ma‟rifatparvari Abdurauf Fitrat qayd etganidek: “Ota-ona o„z farzandining tarbiyasi bilan 
jiddiy shug„ullanishi kerak, ammo farzand tarbiyasi bilan shug„ullanadigan ota-onaning o„zlari avvalo, 
tarbiya ko„rgan, farzand tarbiyasi haqida muayyan bilimga ega bo„lishlari kerak, ularning har ikkisi o„z 
vazifasini, ota-onalik burchini mukammal ado etishlari, toki ular farzandni jisman, aqlan va axloqan 
kamolga yetishtirib, hayot maydoniga kuchli, aqlli va yaxshi axloq bilan chiqarishi zarur”[8]. Zero, 
ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bebaho didaktik meros yoshlar ta‟lim-tarbiyasida muhim omil 
vazifasini o„taydi. Bugungi kunda ular tomonidan yaratilgan ta‟lim-tarbiya usullarini xorijiy ilg„or 
tajribalar bilan uyg„unlashtirish va ta‟lim jarayonida unumli foydalanish, o„z navbatida, ta‟lim 
jarayonida kutilgan samaradorlikka erishish imkonini beradi.
Bugungi kunda globallashuvning tobora avj olishi tarbiyaga yangicha va tizimli yondashuvni taqozo 
etmoqda. Hozirgi paytda dunyo miqyosida keskin tus olib borayotgan shiddatli raqobatga faqat 
innovatsion-kreativ yutuqlarini keng targ„ib qilish hamda ajdodlarimiz qoldirgan ma‟naviy meros 
orqali munosib javob berish strategik vazifa sifatida bizning faoliyatimizda ustuvor yo„nalishga 
aylanmoqda. Binobarin, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma‟naviy meros, yosh avlodni 
tarbiyalashda biz avlodlarga g„urur bag„ishlaydi va insonlar qalbidagi Vatan mehri oliy qadriyat 
ekanligini anglatadi. 
Vatan bu – Alloh inoyati bilan har bir millat, elatga berilgan bebaho ne‟matdir. Jonajon vatanimizga 
fidoyi bo„lib xizmat qilish bu har bir insondan doimo xushyor, sergak, ogoh bo„lishni taqozo etadi. 
Vatan – muqaddas qadriyat. Vatan mehrini, Vatan sehrini uning ulug„vorligini ta‟riflashga so„z ojizdir. 
Inson uchun na davlat, na saltanat, na toju taxt - hech bir narsa Vatanga, el-yurt mehriga aslo teng 
kelolmaydi. 
Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi uchun fidoiylik tuyg„usi - ajdodlarimizdan bizgacha 
etib kelgan buyuk meros, axloqiy qadriyatdir. Vatanga muhabbat, imonga sadoqat Temur Malik, 
buyuk sarkarda Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi ulug„ yurtparvarlar, Vatan ozodligi yo„lida 
qo„lida tig„ va tug„ ila jon bergan Shayx Najmiddin Kubro, Vatan hajri va dog„ida yonib o„tgan Bobur 
Mirzolar ibrati bizga yurt mustaqilligi va xalq ozodligi yo„lida aziz jonini, muborak qonini fido qilgan 
vatanparvar, xalqparvar insonlarning muhabbati naqadar ulug„, imonlari qanchalik mustahkam ekanini 
yana bir bor namoyon etadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, quyidagi xulosaviy fikr-mulohazalarni ilgari surish mumkin: 
1.
Ma‟naviy merosimiz asosidan joy olgan o„gitlar va odobnomalarda, allomalar ilmiy merosida 
axloqiy masalalarga keng o„rin berilgan. Ulardagi hayotiy tajribalar, jamiyatda insonning tutgan o„rni 
haqidagi purma‟no fikrlaridan samarali foydalanish bugungi kundagi har bir yosh avlod siyosiy 
madaniyatining shakllanishida ahamiyatli hisoblanadi. 
2.
Sharq mutafakkirlari ta‟limoti markazida farzand tarbiyasi alohida mavzu sifatida o„rin egallagan. 
Ular o„z asarlarida insoniylik, vatanparvarlik g„oyalarini ulug„lashgan, xalqni har tamonlama komillik 


SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI
http://t.me/ScienceBox_official

bo„lishga undaganlar. Mutafakkirlarimiz mazkur mavzu yuzasidan bildirgan g„oyalari yoshlar ongida 
siyosiy madaniyatni shakllantirishda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
3.
O„rta Osiyo mutafakkirlarining yoshlarni tarbiyalash haqidagi fikrlari imon-e‟tiqodli, g„ururli, 
odob-axloqli, siyosiy madaniyatga ega bo„lgan barkamol avlodni voyaga yetkazishning muhim 
vositasi sifatida xizmat qiladi.
4.
O„tmish mutafakkirlarining komil inson haqidagi fikrlari, insonparvarlik, bunyodkorlik g„oyalari 
bugun ham g„oyaviy-siyosiy madaniyatimizni shakllantirishda muhim hisoblanib, ulardan oilada, 
ta‟lim muassasalarida, ma‟naviy-ma‟rifiy tadbirlarda samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin