MAVZU:Jamiyatning
ijtimoiy siyosiy va
ma'naviy tizimi
Reja:
1.
Jamiyat tushunchasi. Jamiyat haqidagi falsafiy
qarashlar
2.
Jamiyatni falsafiy anglash. Jamiyatning mohiyati
va o‘ziga hos jihatlari.
3.
Hozirgi zamon global muammolari .
4.
Korrupsiya va uning asosiy ko’rinishlari
•
Jamiyat – tabiatning bir qismi, ya’ni ijtimoiy
borliq bo’lib, odamlar uyushmasining maxsus
shakli, kishilar o’rtasida amal qiladigan juda
ko’plab munosabatlar yig’indisi. Jamiyat
muttasil ravishda rivojlanuvchi takomillashib
boruvchi murakkab tizimdir.
•
J
amiyat ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida
shuurga-ongga til va nutqqa ega bo’lgan,
birbirlarining ijtimoiy yordami, ko’magiga
ehtiyoj
sezuvchi
insonlar
ijtimoiy
uyushmasining eng umumiy ilmiy-falsafiy
atamasidir.
Jamiyat qonunlarining amal qilishi odamlar va ular uyushmalarining ongli faoliyati bilan
bog’lanib ketadi. Jamiyat qonunlarini ham eng umumiy, umumiy va xususiy (juz’iy) qonunlar
tipologiyasiga ajratish mumkin. Falsafa qonunlar va kategoriyalarida o’z ifodasini topgan o’zaro
aloqadorliklar, bog’lanishlar ijtimoiy hayotda ham namoyon bo’ladi.
Binobarin, bu eng umumiy qonunlar, kategoriyalar, tamoyillarni bilish jamiyatni ilmiy
boshqarish imkoniyatini tug’diradi. Insoniyat tarixiy takomilida, sosial, ealtlar, millatlar hayotida
o’xshash shart-sharoitlarda birdek amal qiladigan qonunlarni umumiy qonunlar deb atash
mumkin. Masalan, moddiy ishlab chiqarish bilan ma’naviy boyliklar yaratish o’rtasidagi
mutanosiblik qonuni bozor munosabatlarining ikki tomni o’rtasidagi yoki ehtiyojlar bilan
manfaatlar o’rtasidagi munosabatlarni anglatadi.
Muayyan jamiyat taraqqiyoti va tanazzulining aniq bir bosqichlari, holati to’g’risida ravshan
tasavvurga ega bo’lish uchun xususiy (juz’iy) ijtimoiy qonunlarni ham anglab olish zarur. Bunday
qonunlarning amal qilish darajasi malum bir makon va zamonda cheklanganligi va ular jamiyat
taraqqiyotining faqat ayrim bosqichlarigagina xos aloqadorliklarni ifodasi bilan farqlanadi.
Masalan, talab va taklif o’rtasidagi mutanosiblik qonuni, raqobatga asoslangan munosabatlar kabi
umumiy qonunlar O’zbekiston sharoitida o’ziga xos, betakror amal qilishi u qonunlarga xususiylik
baxsh etadi.
Markaziy Osiyoda zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» da,
Mazdakning qarashlarida mu’tadil jamiyatni barpo etishni olg’a surgan,
shunday jamiyatdagi davlat ideal davlat deb ta’kidlangan. Qadimgi turk
mifologiyasida ham adolatli, faravon jamiyat va davlat haqida e’tiborga
sazavor qarashlar mavjud. Qadimgi yunon faylasufi Aflotun
takomillashgan kishilik jamiyatini, ideal davlatni barpo qilish, lozim deb
hisoblagan. Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan Abu Nasr Forobiy
o’zining «Fozil odamlar shahri» asarida jamiyatning vujudga kelishi,
maqsadi va vazifalari haqida ta’limot yaratgan. Abu Rayxon Beruniy,
Abu Ali Ibn Sino kabi mutafakkirlar kishilik jamiyati paydo bo’lishi
sabablarini insonning boshqa mavjudotlarga nisbatan ojizligi birdamlik
hissining rivojlanganligi bilan izohlaganlar.
Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning mohiyati va rivojlanishiga
oid turli nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi I.Kant
jamiyatning vujudga kelishini axloqning shakllanishi bilan
izohlagan. G.Gegel esa jamiyatning shakllanishi va rivojlanishi
sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, L.Feserbax din bilan
bog’langan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong
taraqqiyotidan izlagan. Fransuz mutafakkiri O.Kant jamiyatning
rivojlanish sabablarini insoniyat ma’naviy taraqqiyotining uch
bosqichi (geologiya, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan. K.Markas jamiyatning
rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o’zgarishlar bilan bog’lagan, barcha ijtimoiy
hodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan
.
Jamiyat taraqqiyoti ko’p bosqichli jarayon ekani
to’g’risidagi qarashlar AQSh faylasufi O.Toffler
tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko’ra,
jamiyatlar taraqqiyotiga binoan agrar jamiyat, industrial
jamiyat, postindustrial jamiyatga ajratilgan.
Dostları ilə paylaş: |