Jamiyat tushunchasi. Jamiyat haqidagi falsafiy qarashlar Jamiyatni falsafiy anglash. Jamiyatning mohiyati va o‘ziga hos jihatlari



Yüklə 87,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü87,28 Kb.
#187081
  1   2   3   4   5
jamiyatning ijtimoiy siyosiy va ma\'naviy tizimi



MAVZU:Jamiyatning 
ijtimoiy siyosiy va 
ma'naviy tizimi 


Reja:
1.
 
Jamiyat tushunchasi. Jamiyat haqidagi falsafiy 
qarashlar
2.
 
Jamiyatni falsafiy anglash. Jamiyatning mohiyati 
va o‘ziga hos jihatlari.
3.
 
Hozirgi zamon global muammolari .
4.
 
Korrupsiya va uning asosiy ko’rinishlari
• 
Jamiyat – tabiatning bir qismi, ya’ni ijtimoiy 
borliq bo’lib, odamlar uyushmasining maxsus 
shakli, kishilar o’rtasida amal qiladigan juda 
ko’plab munosabatlar yig’indisi. Jamiyat 


muttasil ravishda rivojlanuvchi takomillashib 
boruvchi murakkab tizimdir.
• 
J
amiyat ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida 
shuurga-ongga til va nutqqa ega bo’lgan, 
birbirlarining ijtimoiy yordami, ko’magiga 
ehtiyoj 
sezuvchi 
insonlar 
ijtimoiy 
uyushmasining eng umumiy ilmiy-falsafiy 
atamasidir.
Jamiyat qonunlarining amal qilishi odamlar va ular uyushmalarining ongli faoliyati bilan 
bog’lanib ketadi. Jamiyat qonunlarini ham eng umumiy, umumiy va xususiy (juz’iy) qonunlar 
tipologiyasiga ajratish mumkin. Falsafa qonunlar va kategoriyalarida o’z ifodasini topgan o’zaro 
aloqadorliklar, bog’lanishlar ijtimoiy hayotda ham namoyon bo’ladi.
Binobarin, bu eng umumiy qonunlar, kategoriyalar, tamoyillarni bilish jamiyatni ilmiy 
boshqarish imkoniyatini tug’diradi. Insoniyat tarixiy takomilida, sosial, ealtlar, millatlar hayotida 


o’xshash shart-sharoitlarda birdek amal qiladigan qonunlarni umumiy qonunlar deb atash 
mumkin. Masalan, moddiy ishlab chiqarish bilan ma’naviy boyliklar yaratish o’rtasidagi 
mutanosiblik qonuni bozor munosabatlarining ikki tomni o’rtasidagi yoki ehtiyojlar bilan 
manfaatlar o’rtasidagi munosabatlarni anglatadi.
Muayyan jamiyat taraqqiyoti va tanazzulining aniq bir bosqichlari, holati to’g’risida ravshan 
tasavvurga ega bo’lish uchun xususiy (juz’iy) ijtimoiy qonunlarni ham anglab olish zarur. Bunday 
qonunlarning amal qilish darajasi malum bir makon va zamonda cheklanganligi va ular jamiyat 
taraqqiyotining faqat ayrim bosqichlarigagina xos aloqadorliklarni ifodasi bilan farqlanadi. 
Masalan, talab va taklif o’rtasidagi mutanosiblik qonuni, raqobatga asoslangan munosabatlar kabi 
umumiy qonunlar O’zbekiston sharoitida o’ziga xos, betakror amal qilishi u qonunlarga xususiylik 
baxsh etadi.
Markaziy Osiyoda zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» da, 
Mazdakning qarashlarida mu’tadil jamiyatni barpo etishni olg’a surgan, 
shunday jamiyatdagi davlat ideal davlat deb ta’kidlangan. Qadimgi turk 
mifologiyasida ham adolatli, faravon jamiyat va davlat haqida e’tiborga 
sazavor qarashlar mavjud. Qadimgi yunon faylasufi Aflotun


takomillashgan kishilik jamiyatini, ideal davlatni barpo qilish, lozim deb 
hisoblagan. Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan Abu Nasr Forobiy 
o’zining «Fozil odamlar shahri» asarida jamiyatning vujudga kelishi
maqsadi va vazifalari haqida ta’limot yaratgan. Abu Rayxon Beruniy, 
Abu Ali Ibn Sino kabi mutafakkirlar kishilik jamiyati paydo bo’lishi 
sabablarini insonning boshqa mavjudotlarga nisbatan ojizligi birdamlik 
hissining rivojlanganligi bilan izohlaganlar.
Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning mohiyati va rivojlanishiga 
oid turli nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi I.Kant 
jamiyatning vujudga kelishini axloqning shakllanishi bilan 
izohlagan. G.Gegel esa jamiyatning shakllanishi va rivojlanishi 
sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, L.Feserbax din bilan 
bog’langan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong 
taraqqiyotidan izlagan. Fransuz mutafakkiri O.Kant jamiyatning 
rivojlanish sabablarini insoniyat ma’naviy taraqqiyotining uch 


bosqichi (geologiya, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan. K.Markas jamiyatning 
rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o’zgarishlar bilan bog’lagan, barcha ijtimoiy 
hodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan
.
Jamiyat taraqqiyoti ko’p bosqichli jarayon ekani 
to’g’risidagi qarashlar AQSh faylasufi O.Toffler 
tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko’ra, 
jamiyatlar taraqqiyotiga binoan agrar jamiyat, industrial 
jamiyat, postindustrial jamiyatga ajratilgan.



Yüklə 87,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin