Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Traditions of non-writing in Turkish literature
Odilova SHOHSANAM
1
Xolmatov OLIMJON
2
Termez state university
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2021
Received in revised form
28 March 2022
Accepted 20 April 2022
Available online
15 May 2022
In this article, we cover the history of the noma genre, the
factors that led to its origin, its entry into Turkish literature, and
its acquisition of a certain tradition. There is also talk of artists
who have made invaluable contributions to the development of
this genre. In particular, in connection with the subject, more
emphasis is placed on the art of composition, compositional
structure, writing reasons of Yusuf Amiri's "Dahnoma". The
development of this genre will also focus on the work of Ubaydi,
known for several of his names.
2181-1415/© 2022 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4/S-pp3
79-384
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Turkish literature,
non-fiction,
traditions
Turkiy adabiyotda nomanavislik an’analari
АННОТАЦИЯ
Калит сўзлар:
turkiy adabiyot,
nomanavislik,
an’analar
Biz ushbu maqolamizda noma janri tarixi, uning kelib
chiqishiga asos bo’lgan omillar, turkiy adabiyotga kirib kelishi
hamda ma’lum bir an’anaviylik kasb etishi o’z aksini topgan.
Bundan tashqari, bu janr rivojiga o’zlarining beqiyos hissalarini
qo’shishgan ijodkorlar to’g’risida ham so’z boradi. Xususan,
mavzu bilan bog’liq ravishda Yusuf Amiriyning “Dahnoma”si
badiiyati, kompozitsion qurilishi, yozilish sabablariga ko’proq
urg’u beriladi. Shuningdek, bu janr takomilida o’zining bir
qancha nomalari bilan mashhur Ubaydiyning ijodi ham
muhokamaga tortiladi.
1
II stage master, Literary studies: Uzbek literature, Termez state university, Termez, Uzbekistan
2
II stage master, Literary studies: Uzbek literature, Termez state university, Termez, Uzbekistan
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 04 (2022) / ISSN 2181-1415
380
Традиции неписьма в турецкой литературе
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Турецкая литература,
документальная
литература,
традиции
В этой статье мы освещаем историю жанра нома,
факторы, которые привели к его возникновению, его
проникновению в турецкую литературу и обретению им
определенной традиции. Также говорят о художниках,
внесших неоценимый вклад в развитие этого жанра. В
частности, в связи с сюжетом больше внимания уделяется
искусству композиции, композиционному строю, мотивам
написания «Дахномы» Юсуфа Амири. Развитие этого жанра
также будет сосредоточено на творчестве Убайди,
известного под несколькими именами.
KIRISH
O’zbek adabiyoti tarixiga nazar tashlar ekanmiz, uzoq taraqqiyot yo’lini bosib
o’tgan ko’plab janrlar bilan tanishamiz. Xalq og’zaki ijodiyotiga mansub qo’shiqlardan
tortib, qissa va dostonlar, g’azal va ruboiylar, tuyuq va qit’alar shular jumlasidandir.
O’zbek adabiyotining ana shu xilma-xil janrlari o’rtasida noma ham o’z tarixi, taraqqiyot
yo’li va adabiyot tarixida munosib o’rniga egadir. Bu janr zamonlar o’tib, janrlar
o’zgarishi bilan u ham takomil topdi, mavzu ko’lami ham kengaydi, turli yo’nalishlardagi
namunalari yaratildi. Ayniqsa, Xorazmiyning “Muhabbatnoma”sidan so’ng o’zbek
adabiyotida ishqiy nomalar yozish an’anasi paydo bo’ldi va keyingi ijodkorlar uchun asos
bo’lib xizmat qildi.
MUHOKAMA
Sharq adabiyoti tarixida “Shohnoma”, “Qobusnoma”, “Iskandarnoma”,
“Boburnoma”, “Shayboniynoma”, “Sayohatnoma” kabi asarlarni yaxshi bilamiz. “Noma”
atamasi bilan qo’shilib kelgan bu asarlar bir holatda biror tarixiy yoki afsonaviy
shaxsning sarguzashtlaridan iborat bo’lsa, ikkinchi bir o’rinda ibratli hikoyatlardan
tashkil topadi. “Sayohatnoma”larning mundarijasi esa uning atamasidan ham anglashilib
turadi. Sharq adabiyoti, jumladan, o’zbek adabiyoti tarixida noma atamasi bilan keladigan
asarlarning yana bir turi mavjud. Masalan, “Muhabbatnoma” yoki “Dahnoma” kabi. Bu
asarlar muhabbat mavzuidagi lirik nomalardan iborat alohida janrni tashkil
etadi.Avhadiyning “Dahnoma” asari oshiq va ma’shuqaning o’zaro sevgi-muhabbat
mavzusidagi yozishmalari – nomalaridan tuzilgan o’ziga xos g’oyaviy-badiiy mundarijaga
egadir. Unda muqaddimadan tashqari o’nta she’riy noma berilgan. Odatda bunday
asarlarda qahramonlarning nomi ko’rsatilmaydi, ular “oshiq” va “ma’shuqa” deb
yuritiladi. Ular o’rtasidagi nomalarni yetkazishda sabo yoki tong nasimi elchilik qiladi.
Shu tariqa Sharq, xususan, o’zbek adabiyotiga “Nomabar”, ya’ni xat, maktub, noma
yetkazuvchi obrazi ham kirib keldi.Avhadiydan keyin “Dahnoma” yozish an’anaga
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 04 (2022) / ISSN 2181-1415
381
aylandi. 1322 yilda Xoja Kirmoniy “Muhabbatnomai sohibdilon” yoki “Dahnoma” asarini
yaratadi. Bu asar Avhadiy an’anasining davomi bo’lib, unda ham muqaddima va o’nta
noma mavjud.XIV asr oxirlarida Xoja Kirmoniyning o’g’li ibn Imod o’zining “Dahnoma”
asarini yaratadi. Bu ham Avhadiy asarining ta’sirida yuzaga kelgan. Asar mazmunidan
anglashilishicha, go’zal bir qizni ko’rib qolgan yigit unga oshiqona xat-noma yozadi. Qiz
esa yigitni bu yo’ldan qaytarishga urinib, unga ta’na to’la javob yozadi. Ammo yigit o’z
ahdida sobit turib, sevgisidan qaytmaydi. Oqibatda, ma’shuqa oshiq bilan uchrashuvga
rozilik beradi.
Shunday qilib, XIV asrda fors-tojik tilida ketma-ket uchta “Dahnoma” yaratiladi.
Natijada, noma maxsus adabiy-badiiy janr sifatida shakllanadi.
Fikrimizcha, noma janri o’z xarakteriga ko’ra ikki guruhga ajraladi:
1. Katta epik asarlar tarkibidagi nomalar. (Yuqorida aytganimizdek, Faxriddin
Gurgoniyning “Vis va Romin”, Nizomiyning “Xusrav va Shirin”, Xusrav Dehlaviyning
“Shirin va Xusrav”, Alisher Navoiy asarlari tarkibidagi nomalar shular jumlasiga kiradi).
2. Masnaviy yo’lida yozilib, maxsus ishq-muhabbat mavzusidagi nomalardan
tashkil topgan asarlar. (Avhadiyning “Dahnoma”, Xoja Kirmoniyning “Muhabbatnomai
sohibdilon”, ibn Imodning “Dahnoma” asarlari).
Bu kabi nomalarda umumiy oshiq obrazi bo’lib, uning turlicha
qarashlari,ma’shuqaga bo’lgan hislari,samimiy muhabbati masnaviy tarzida shoir
tomonidan she’riy tarzda ochib beriladi. O’zbek mumtoz adabiyotida noma janrining ilk
namunasi va bu an’anani boshlab bergan eng mashhur asar Xorazmiyning
“Muhabbatnomasi”dir. Undan so’ng yaratilgan eng mashhur asarlardan Shohruh
Sultonning katta o’g’li Boysung’ur mirzoga atab yozilgan Amiriyning “Dahnoma”si,
Xo’jandiyning “Latofatnoma”, Sayyid Ahmadning “Taashshuqnoma” asarlaridir. Noma
janrining nodir namunalari sanalgan bu kabi asarlarda umumiy bir jihatni, ya’ni oshiq va
ma’shuqa,raqib,sabo kabi obrazlarni uchratamiz.
Nomachilikda lirik tasvir bilan epik ifodaning uyg’unlashib borishida XV asrning
birinchi yarmida yashab ijod etgan Yusuf Amiriy “Dahnoma”sining ahamiyati
alohidadir.“Dahnoma” shoir ijodida muhim o’rin tutadi. Amiriy bu asari orqali o’zbek
nomachiligini yangi bosqichga ko’tardi. Bu asar Shohruh Sultonning katta o’g’li
Boysung’ur mirzoga atab yozilgan. Asar muqaddimasi va xotimasida Boysung’ur mirzoga
qasidalar bag’ishlangan.Amiriy o’z nomasini yaratishda ko’proq Nizomiyga ergashadi.
Asar oxiridagi ushbu misralar ham buni tasdiqlaydi:
Nizomiydek ishin bedardu ranj et
Aning “Dahnoma”sin “panj ganj” et.
Boshqa nomalar bilan Amiriy “Dahnoma”sini qiyosiy tekshirish shuni ko’rsatadiki,
shoir o’zbek adabiyotida noma janrining an’anasini davom ettirgan bo’lsa ham asar
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 04 (2022) / ISSN 2181-1415
382
kompozitsiyasini tuzishda butunlay yangi yo’l tutgan. U Nizomiyning “Xusrav va Shirin”
va Avhadiyning “Dahnoma” asaridan ta’sirlanib, kompozitsion tuzilishi va mazmuni
jihatdan original, noma janrining yangi pog’onasi bo’lgan nodir liro-epik asar yaratishga
erishadi.Yusuf Amiriyning “Dahnoma” asari muqaddima, asosiy qism va xotimadan
tashkil topgan. Muqaddimada munojot, naht, Sulton Boysung’ur mirzo madhi, Horun ar-
Rashid hikoyati, sababi nazmi kitob qismlaridan iboratdir.
Noma janrining mavzu ko’lami juda ham keng. Adabiyotda uning tasavvufona va
irfoniy, pandnoma, didaktik ruhida bitilgan namunalarini ham uchratishimiz mumkin.
Albatta, bunday ruhda yozilgan asarlarni adabiyotda anchaginasini ko’rishimiz mumkin.
Tasavvufiy ruhda yaratilgan asarlaning anchaginasi ramziy-allegorik timsollar asosida
yozilgandir. Bu kabi ruhda yozilgan eng mashhur asarlar Fariduddun Attor hazratlari
tomonidan yaratilgandir. Bu kabi asarlari qatoriga “Bulbulnoma”, “Ushturnoma”,
“Asrornoma”, “Musibatnoma”larini kiritib o’tishimiz mumkin. Bu singari dostonlari
bevosita muhokama-mushohada, fikriy-shuuriy bayonlar tarzida bitilgandir. Bundan
tashqari, “Xusravnoma”ga o’xshab majoziy ishqni kuylagan romantik-sarguzasht asari
ham bor. Alloh o’z borlig’ida ham pinhon-u ham paydo, barcha ashyolar yolg’iz javhardan
kelib chiqqan. “Asrornoma”da bu fikr yanada aniqroq ifodalangan. Bundan tashqari,
Fariddun Attor “Pandnoma”, “Besarnoma”, “Vuslatnoma” kabi didaktik ruhdagi asarlari
mavjuddir. Uning “Ilohiynoma”si ham ham masnaviy yo’lida bitilgan ishqiy-ma’rifiy,
falsafiy-axloqiy dostondir. Masnaviyda 282 ta rivoyat, hikoyat va qissalar bayon etilgan.
Bu kitobning muqaddima qismi an’anaviy ravishda “Basmala” hamda Allohni ulug’lash,
hamd aytish bilan boshlanadi. Allohga hamd aytish muqaddimaning 110 baytini tashkil
etadi. Ammo bu baytlarning aksariyat qismini pand-u nasihat, bu dunyoning o’tkinchiligi,
uning hoyu havaslariga uchmaslik ta’kidlanadi.
Shoh hamda shoir Ubaydiy ijodida ham noma janriga oid namunalarni uchratamiz.
Ubaydiy nomalarida yuqoridagi ijodkorlardan farqli ravishda tamomila yangicha
mavzu,g’oya va xususiyatlarni shakl hamda mazmunni ko’rishimiz mumkin.
“Ubaydiy,albatta,noma janrida yaratilgan mazkur asarlardan yaxshi xabardor
bo’lgan,lekin u “G’ayratnoma”, “Shavqnoma”, “Sabrnoma”, “Omonatnoma” deb atalgan
manzumalarni yaratar ekan, nisbatan boshqacha yo’l tutgan. Ubaydiy hajman uncha katta
bo’lmagan bu manzumalarda axloqiy,ta’limiy,diniy xarekterdagi mavzulardan baxs
yuritadi. Ularning birortasida ham biz oshiqona fikr-mulohazalarga duch kelmaymiz.
Ubaydiyning bu nomalarini yozishdan ko’zlagan maqsadi inson kamolatini ta’minlashga
xizmat qiladigan axloqiy masalalarni yoritish bo’lgan”. Masalan, ““Omonatnoma”da
insondagi go’zal xulqlarni va insonni insonlik sharafiga yuksaltiradigan xususiyatlarni
ham bu dunyoning, ham oxiratning omonati sifatida talqin qiladi va ularni asrab-
avaylashga da’vat etadi”.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 04 (2022) / ISSN 2181-1415
383
Mazmuniy va g’oyaviy yangilanishni ijodkorning har bir nomasida ko’rishimiz
mumkin. Diniy-ma’rifiy mazmunda yozilgan “Salavotnoma” asarini ham shular
jumlasiga kiritishimiz mumkin. Boshqa ijodkorlarning muqaddima qismida uchratishimiz
mumkin bo’lgan Allohni ulug’lab yozilgan “Hamdnoma”lar, Payg’ambarimiz Muhammad
Mustafo sollallohu alayhi vasallam nomiga yo’llangan “Me’rojnoma”larda ko’proq siyrat
hamda tarixiy jarayonlar, me’roj va unga bog’liq hodisotlar, kofir qavmlarga ko’rsatgan
mo’jizalari o’z aksini topgan bo’lsa, “Salavotnoma” esa to’g’ridan to’g’ri o’quvchiga
murojaat va salavot aytib qolishga chorlov, har bir damni g’animat bilib foydalinib qolish
hamda salavot aytishning foydalari, butun ummatga o’rnak bo’lib o’tib ketgan buyuk
sahobiylar, Rasullullohning nabiralari nomlari kabilar mavjuddir. Musaddas shaklida
bitilgan, 30 misradan iborat bu noma o’zida olamlarga rahmat bo’lib kelgan
payg’ambar,ikki olam sarvari,sayyidimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi
vasallamga salavot yo’llashning foydalari,barokati to’g’risidadir. Asar islomda muqaddas
va mo’tabar hisoblangan oylar sultoni mohi Ramazonning kirib kelishi va uni qanday
o’tkazish bilan boshlanadi:
Keldi mohi Ramazon,zimnida yuz ming hasanot,
Topqumuzdur hasanotidin oning toza hayot.
Kechalar shavq ila bedor o’lib,aylang toot,
Muttasil g’aflat ila hayfdur o’tgan avqot…
Ushbu misralar orqali Ubaydiy Ramazonning naqadar buyuk oy ekanligi, bu oyda
ko’plab yaxshilik va xayr-u ehson qilib qolishlik,bu amallar esa hayotimizning yanada
go’zal bo’lishiga sababchi ekanligini ta’kidlab o’tadi. So’ng bu oyni g’animat bilib,
kechalari zavq-u shavq, iymon bilan g’ofillardan bo’lib qolmasdan vaqtni foydali
o’tkazishga chaqiradi.
Ubaydiyning “Sabrnoma”si tuzilish jihatidan 50 misradan iborat bo’lib, sabrning
xosiyati, insoniyatga foydalari va unga ega bo’lganlarning darajotlari xususida so’z
boradi. Bilamizki Alloh ham O’zining Kalomi bo’lmish Qur’oni Karimda mo’min bandlarini
ko’p bora sabr qilishga chaqirgandir. Ushbu chaqiriqning mazmun-mohiyatini bu nomada
ham kuzatishimiz mumkin:
Sabrdan hosil o’lur barcha murod,
Sabrdindur bori ishlarga kushod.
Sabrning martabasi oliydur,
Kim bori dag’dag’adin xolidur.
Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish mumkinki, noma janri fors adabiyotida paydo
bo’ldi, rivojlandi va xalqlar o’rtasidagi aloqalar tufayli turkiy xalqlar adabiyotiga ham
kirib keldi. Turkiy qavmlar orasida keng shuhrat topdi va yangi bir pog’onaga ko’tarildi,
an’anaviylik kasb etdi. Vaqtlar o’tib, zamonlar o’zgarishi bilan bu janr ham rivoj topdi,
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 04 (2022) / ISSN 2181-1415
384
yangi mavzu va yo’nalishlari paydo bo’ldi. Hatto hozirgi kunimizga qadar noma janrining
zamonaviylarini uchratishimiz fikrimizning yaqqol dalilidir.
Библиографические ссылки
1. Жамолова М. Ўзбек адабётида нома жанри. - Т.: “Фан”,1992.
2. АБДУЛЛАЕВ М. Убайдий ҳаёти ва адабий фаолияти. Номзодлик
диссертацияси. – Т.: 2009
3. AZIMOVA O’. Noma janrining o’zbek mumtoz adabiyotidagi o‘rni. Magistrlik
dissertatsiyasi. - Farg’ona.:2017
4.
http://ziyouz.com
5.
http://dic.academic.ru
6.
http://natlib.uz
7.
http://slovar.lib.ru
Dostları ilə paylaş: |