Jamiyat va inson falsafasi Reja



Yüklə 55,04 Kb.
tarix28.12.2021
ölçüsü55,04 Kb.
#48147
Jamiyat va inson falsafasi


Aim.uz

Jamiyat va inson falsafasi

Reja:

1. Jamiyat tushunchasining mohiyati va mazmuni. Jamiyat to`g’risidagi nazariyalar.

2. Taraqqiyotning o`zbek modeli va sivilizatsiyalashgan jamiyatni barpo etish hamda barkamol insonni shakllantirish vazifalari.

3. Inson - falsafaning bosh mavzusi. Inson, shaxs va individ tushunchalari.

4. Antropologiya - inson to`g’risidagi fan. Uning falsafiy muammolari. Insonning jamiyatdagi o`rni.

"Jamiyat" tushunchasi, uning mohiyati, mavjudligi va taraqqiyoti qonunlari. Jamiyat - insoniyatning umumiy oilasi. Jamiyat mavjudligining moddiy va ma`naviy omillari. Jamiyat taraqqiyotining turli xil nazariyalari. Jamiyat rivojida tadrijiylik va vorislik. Jamiyat tarixi va taraqqiyotiga sinfiy qarash hamda ijtimoiy ziddiyatlarni mutlaqlashtirishning zarari.

Taraqqiyotning o`zbek modeli-jamiyat rivojining tadrijiy rivojlanish konsepsiyasi. Uning asosiy tamoyillari, milliy va planetar ahamiyati, iqtisod va ma`naviyat. Iqtisodiy rivojlanishning ma`naviy taraqqiyotga bog’liqligi. Zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish vazifalari. Iqtisodni boshqarish va mafkuraviy jarayonlar.

Jamiyat falsafasi va taraqqiyotning o`zbek modelini o`rganishning ahamiyati. Yosh avlodda ijtimoiy-falsafiy bilimlarni shakllantirish va taraqqiyotimizning tamoyillari to`g’risida ilmiy xulosalar xosil qilish zarurati.

Inson olamning tarkibiy qismi. Odam, inson, individ va shaxs tushunchalari. Inson tarixning yaratuvchisi va eng ulug’ ijtimoiy qadriyat. Antropologiya - inson to`g’risidagi fan. Insonning jamiyatdagi o`rnini zamonaviy talqinlari. Insonning tabiati va mohiyati. Inson mavjudligi: tana (jism) va ruh (ma`naviyat uyg’unligi). Inson borlig’i: tabiiy jonzot, biologik zot, ijtimoiy vujud. Insonning ma`naviy - ruhiy olami. Shaxsning tabiiy, ijtimoiy va ma`naviy - psixologik xususiyatlari. Maqsad va manfaatlar inson borlig’ining tamoyillari sifatida.

Mustaqil O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish, inson qadri va erkinliklari. Inson manfaatlari, uning moddiy va ma`naviy ehtiyojlari. Islohotlar - inson manfaatlarini ko`zlab amalga oshirilayotgan jarayon. Bozor munosabatlariga o`tish sharoitida ijtimoiy himoya qilish tamoyili.

Inson muammosini o`rganishning tarbiyaviy zarurati va ahamiyati. O`zbekistonda ozod Vatan va erkin hayot qurish vazifalarining yoshlar ma`naviy kamoloti bilan uyg’unligini ta`minlash - zamonaviy ta`lim-tarbiya ishining mezoni sifatida.

1-ko`rgazma


2-ko`rgazma



3-ko`rgazma

Er, oila, ota-ona, bolalar, qarindosh-urug'lar, qo'ni- qo'shnilar, xalq, vijdon, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, erkinlik- ma`naviyatning ana shunday ma`nosi keng.

I. A. Karimov





4-ko`rgazma



Tayanch tushunchalar

Inson, shaxs, individ, antropologiya, inson-biologik mavjudot, inson-ijtimoiy mavjudot, inson faolligi, inson huquqi, barkamol inson, jamiyat taraqqiyotning o`zbеk modеli, fuqarolar jamiyati, oila.


Takrorlash uchun savollar

  1. Inson nima uchun falsafaning bosh mavzusi dеb qaraladi?

  2. Shaxs dеganda nimani tushunasiz?

  3. Antropologiya fanining ma'nosi va vazifalari nimalardan iborat?

  4. Istiqlolning insonparvarlik mohiyati nimalarda ko`rinadi?

  5. Jamiyat dеganda nimani tushunasiz?

  6. Jamiyatga xos bеlgilarni sanang.

  7. Jamiyatning kеlib chiqishi to`g’risida qanday nazariyalarni bilasiz?

  8. Jamiyatning tadrijiy rivojlanishi dеganda nimani tushunasiz?




Aim.uz


Yüklə 55,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin