XABAR QILISh TARTIBI
2.1. O`tkir kasb kasalliklari (zaharlanishlar) haqida shoshilinch xabar qilish va uni yuborish hujjatini to`ldirish tartibi.
2.1.1. Har bir kasb kasalligi (zaharlanish) ro`y berganda ana shu xastalikni aniqlagan yoki shubha qilgan shifokor tomonidan shoshilinch xabarnoma (58-sonli shakl) to`ldiriladi.
2.1.2. Belgilangan shakldagi shoshilinch xabarnoma quyidagi idoralarda to`ldiriladi:
- vrachlik sog`liqni saqlash shoxobchalarida, ambulatoriyalar, poliklinikalar va dispanserlarda;
- barcha xildagi statsionarlarlarda, kasb kasalliklari klinikasida.
2.1.3. Xabarnoma 12 soat mobaynida kasb kasal ishlaydigan ob’ekt ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi sanitariya-еpidemiologiya stansiyasiga yuboriladi.
2.1.4. Shoshilinch xabarnomada O`tkir kasb kasalligining dastlabki (yakuniy diagnozi), tavsiya еtiluvchi zararli ishlab chiqarish omillari va kasallikni keltirib chiqargan sabablar nomlari ko`rsatiladi.
2.1.5. Diagnozni oydinlashtirgan yoki uni o`zgartirgan davolash-profilaktika muassasasi shoshilinch xabarnoma tuzadi va 24 soat mobaynida uni xodimning ishlash joyi sanеpidstansiyasiga yuboradi, ayni paytda o`zgartirilgan (oydinlashtirilgan) diagnoz, uni aniqlagan kuni, dastlabki diagnoz ko`rsatiladi.
2.1.6. Davolash-profilaktika muassasalari xabarnomani yuborishdan tashqari sanеpidstansiyaga telefon yoki telegraf orqali qo`yidagi har bir kasallik haqida shoshilinch xabar qiladi:
- 2 va bundan ko`ra ko`proq odam kasal bo`lgan (jabrlangan), ishlash qobiliyati yo`qolgan kishining O`tkir kasb kasalligi, brutsellyoz, qoqshol, quturish bilan kasallanishda va bemorning kasbiy faoliyati bilan bog`liq bo`lganida.
2.2. Surunkali kasb kasalliklari (zaharlanish hollari) haqida xabar qilish va axborot topshirish tartibi.
2.2.1. Surunkali kasb kasalligi (zaharlanish) to`g`risida xabarnomalar 151-sonli shakl quyidagi idoralarda to`ldiriladi:
- O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklar va 2-TOSHDavTI klinikasida.
2.2.2. Xabarnoma surunkali kasb (kasalligi)ga oxirgi diagnoz qo`yilgandan keyin 3 kun mobaynida bemor ishlovchi ob’ekt ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshirayotgan sanеpidstansiyasiga va kerak bo`lgan davolash - profilaktika muassasasiga yuboriladi.
2.2.3. Yuz bergan kasb kasalligi (zaharlanish) hodisasi to`g`risidagi navbatdan tashqari xabarnoma sanitariya-еpidemiologiya stansiyasi tomonidan tuzilib, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligiga belgilangan tartibda taqdim еtiladi.
3. KASB KASALLIKLARI HODISALARINI
Dostları ilə paylaş: |